Endemik buqoqning kelib chiqishi shart-sharoitlari va muhitga bog'liqligi


Jarrohlik va radioaktiv yod. Buqoq (zob) ni oldini olish


Download 37.25 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi37.25 Kb.
#1556196
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Endemik buqoqning kelib chiqishi shart-sharoitlari va muhitga

Jarrohlik va radioaktiv yod. Buqoq (zob) ni oldini olish
Qalqonsimon bezda jarrohlik aralashuvini o’tkazish juda qiyin, chunki u juda ko’p qon tomirlarni o’z ichiga oladi. Bu jarrohlikni yanada muammoli qiladi. Biroq, ayrim hollarda jarrohlik o’tkazmasdan boshqa iloj bo’lmaydi, shuning uchun buqoqda jarrohlik aralashuvi eng ko’p qo’llaniladigan davolash usullaridan biridir.
Jarrohlikda narkoz ostida bezning katta tugunlari yoki potentsial xavfli qismlari olib tashlanadi. Eng murakkab va e’tibordan chetda qolgan hollarda qalqonsimon bezning bir qsimini yoki uni butunlay olib tashlash talab qilinadi. Shu bilan birga, hatto bir yoki bir nechta tugunlarni olib tashlashda ham dori-darmonlar bilan tiklanish zarurati mavjud.
Buqoq kasalligini davolashning muqobil usullaridan biri radioaktiv yoddan foydalanishdir. Bu eritma qalqonsimon bezning to’qimalarini yo’q qilish uchun ishlatiladi. Optimal dozani tanlash juda qiyin. Ushbu maqsad uchun qo’shimcha tahlillar amalga oshiriladi. Bunday amaliyot qo’llangach, birinchi yilda 25% odamlarda gipotireoz paydo bo’ladi. Ammo radioaktiv yod hozirgi vaqtda muqobil shakllari mavjud bo’lmagan yagona vositadir.
Buqoq kasalligini oldini olish uchta shaklda amalga oshirilishi mumkin — ular ommaviy, guruh va individual bo’lishi mumkin. Eng samarali chora birinchisi hisoblanadi, u har bir shaxs iste’mol qiladigan mahsulotlarga kichik miqdorda yod qo’shish orqali amalga oshiriladi. Gap yodlangan tuz haqida bormoqda.
Ushbu usulning afzalliklari shundaki, bunday mahsulot juda arzon, biroq ta’sir samarasi aniq. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, bunday profilaktik chora natijasida har yili buqoq kasalligining rivojlanishi 20%ga ​​kamaymoqda. Profilaktik ommaviy yodlash uchun boshqa mahsulotlar, masalan, non yoki suv ham ishlatiladi.
Buqoq kasalligini oldini olishda guruhli choralarni qo’llashda bu xastalikka chalinish xavfi yuqori bo’lgan shaxslar orasida yod preparatlarini ishlatish tushuniladi. Bu birinchi navbatda bolalar va o’smirlarni o’z ichiga oladi.
Fiziologik jihatidan eng yaqin shakl kaliy yodid bo’lib, u turli dozirovkalarda ishlab chiqariladi va muayyan algoritm bo’yicha ishlatiladi. Bunday oldini olish maqsadlari uchun yodga boy oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish ham mumkin.
Buqoq shakllanishi uchun xavf guruhining alohida toifasi har qanday homiladorlik davrida bo’lgan ayollardir. Ularda ushbu komponentga eng yuqori talab mavjud bo’ladi — kuniga 200 mkg. Shu munosabat bilan homilador ayollar uchun alohida profilaktik choralarni amalga oshirish kerak. Bundan tashqari, homiladorlikni rejalashtirish bosqichida ayollarga tireoid holatini aniqlash tavsiya etiladi.
Kasallikni oldini olishda individual choralar ham yod preparatlarini qo’llashni anglatadi. Kerakli doza shaxsiy xususiyalar asosida, shuningdek yosh guruhiga qarab belgilanadi. Endokrinolog tavsiyasisiz bunday profilaktik choralarni mustaqil qo’llash tavsiya etilmaydi.
Ko’pchilik, kuniga yodga bo’lgan ehtiyojni o’zida yod saqlagan ayrim mahsulotlar bilan parhez tutish orqali bilan qoplash mumkinligiga amin. Biroq, bu 100% to’g’ri emas, chunki mavjud bo’lgan tanqislikni bartaraf etish uchun ratsionga muhim o’zgartirishlar kiritsh talab etiladi. Ikkinchidan, bunday o’zgarishlar juda qimmatga tushadi. Bunga qo’shimcha ravishda, yoddan foydalanishda qat’iy ravishda miqdorga e’tibor berish kerak. Nima bo’lganda ham, har qanday o’zgarish: ko’payishdan tortib to yetishmasligi endokrin bez va umuman salomatlik bilan bog’liq muammolarga olib keladi.
Xulosa.
Shunday qilib, qalqonsimon bezning buqoq kasalligi eng ko’p uchraydigan sog’liq muammolaridan biridir. Bu holatni deyarli mutlaq davolab bo’lmaydi, shuning uchun doimiy ravishda profilaktik choralarni qo’llash va yoddan to’g’ri foydalanish zarur. Bu odatiy hayotiy faoliyat va sog’lig’ingizni saqlashga yordam beradi. Bez faoliyatining pasayishi, yod miqdorining yetishmasligi quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:Homiladorlikda og‘ir asoratlarga sabab bo‘ladi, bolalarda o‘sish jarayonini kechikishi va aqliy qobiliyatni pasayishi, yurak-qon tomir kasalliklari, Gipertoniya, Gipotoniya, Ateroskleroz, Oshqozon-ichak kasalliklari, qabziyat va ich ketishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, depressiya, jinsiy bezlar faoliyati susayishi, suyaklar rivojlanishinining pasayishi, past bo‘ylik va osteoporoz. Ayrim holatlarda bu xastalik qalqonsimon bezda saraton bo‘lmagan va yoki saraton o‘simtalarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Hatto yod tanqisligining eng yengil shaklida ham mintaqa aholisining intelektual salohiyati 15-20 foizga kamayadi.
Yoshlarimizning benuqson, sog‘lom rivojlanishida, homilador ayollar farzandlarini bekam-u ko‘st dunyoga keltirishlarida qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati nihoyatda katta.



Download 37.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling