Endemik buqoqning kelib chiqishi shart-sharoitlari va muhitga bog'liqligi
Ayrisimon (buqoq) bezi haqida tushuncha
Download 37.25 Kb.
|
Endemik buqoqning kelib chiqishi shart-sharoitlari va muhitga
Ayrisimon (buqoq) bezi haqida tushuncha
Ayrisimon bez yana timus ham deb yuritiladi. Bu juft a’zolar b o iib to'sh suyagining orqasida joylashadi. Hozirgacha timusni endokrin bezlar qatoriga kiritish munozarali b o iib qolmoqda, chunki bezning gormoni toza shaklda ajratib olinmagan. Ko'pchilik tad qiqotchilar ayrisimon bezni endokrin bezlar qatoriga kiritishmoqda. Bu bez o'zining eng yuqori darajadagi rivojlanishiga 11-13 yoshda erishadi va bu paytda uning massasi 35-40 g ga yetadi, shundan keyin uning teskari rivojlanishi kuzatiladi. Voyaga yetgan odamlarda esa, endokrin funksiyasiga ega bo'lgan ayrim qismlarigina yog'to’qimalari orasida saqlanib qoladi. Taxmin qilishlaricha, ayrisimon bezning gormoni limfositlarning yetilishida ishtirok etadi. Ayrisimon bezi olib tashlangan hayvonlarning qonidagi limfositlaming miqdori 60—70 % gacha kamavadi, limfa tugunlari va taloqning oicham i 2 martaga kichrayadi. Tug'ilganidan keyingi birinchi kundanoq ayrisimon bezni olib tashlanishi, organizmning immun xususiyatlarini keskin zaiflashishini chaqiradi, antitanalar hosil boim aydi. Ayrisimon bezi tug'm a holda rivojlanmagan bolalarda keskin limfositlar yetishmasligi rivojlanadi, qonda antitanalar hosil b o iishi bilan bog'liq boigan gamma-globulin boim aydi. Bunday bolalar. odatda, 2-5 oylik yoshida halok boiadilar. Ta'kidlashlaricha, ayrisimon bez bilan jinsiy bezlar orasida m aium darajadagi o‘zaro bogiiqlik mavjud: ayrisimon bez jinsiy bezlar faolligini tormozlaydi, jinsiy gormonlar esa ayrisimon bezning massasini sekin-asta kichiklashishini, uning funksiyasining keskin pasayishini chaqiradi. Ayrisimon bez (buqoq bezi, timus – thymus, 163-rasm) ikki bo‘lak (lobus dexter o‘ng va lobus sinister – chap bo‘lak) dan tuzilgan bo‘lib, biriktiruvchi to‘qimalar vositasida o‘zaro qo‘shilgan. Bez ko‘krak qafasining tepa qismida (to‘sh suyagi dastasining orqa tomonida) o‘ng va chap mediastinal plevra oralig‘ida joylashgan. Bezning yuqori, o‘tkir qismi bo‘yinning kekirdak oldi fastsiyasi oralig‘idan (bolalarda 1–1,5 sm) chiqib turadi va to‘sh-til osti hamda to‘sh-qalqonsimon muskullar orqasida joylashadi. Ayrisimon bezning oldingi sirti qavariq holda bo‘lib, to‘sh suyagining dastasi va qisman tanasining orqasida (II–IV qovurg‘alar tog‘ay sathida) joylashgan. Bezning orqasida perikardning yuqori qismi, aorta va o‘pka stvoli, aorta ravog‘i va undan tarqaluvchi yirik tomirlar, chap yelka-bosh va yuqori kovak venalar joylashgan. Ayrisimon bez tashqaridan yupqa nozik biriktiruvchi to‘qimadan iborat kapsula (capsula thymi) bilan o‘ralgan bo‘lib, undan bez ichiga bir qancha to‘siqlar (septa interlobulares) o‘tadi va bez parenximasini mayda bo‘lakchalarga bo‘ladi. Har bir bo‘lakchaning tashqi qismi po‘stloq modda (cortex thymi) dan iborat bo‘lib, to‘q rangda, mag‘iz moddali (medulla thymi) markaziy qismi esa och rangda. Bo‘lakchalarning asosini ikki xil to‘r – epitelial va retikulyar to‘r hosil qilishi ayrisimon bezning farqli belgilaridan biridir. Bu to‘rda limfotsitlar (bu yerda timotsitlar deb ham yuritiladi) joylashgan bo‘lib, ular miqdori po‘stloq moddada mag‘iz moddaga nisbatan birmuncha ko‘p. Shuning uchun bu to‘q rangda. Bez bo‘lakchalarining markazida konsentrik joylashgan yassi epiteliy hujayralar to‘dasi – timus tanachalari (corpusculum thymi yoki Gassal tanachalari) joylashgan. Ayrisimon bez embrional taraqqiyotda asosan III jabra cho‘ntaklaridan juft o‘siqlar sifatida rivojlanadi. Timus kurtaklari kaudal tomon o‘sib yo‘g‘onlashadi, cho‘ziladi va bir-biri bilan yaqinlashadi. Kurtakning ingichka, uzun, yuqori «ductus thymopharyngeus» deb ataluvchi qismi asta-sekin yo‘qolib, pastki qismidan ayrisimon bez rivojlanadi. Embrional taraqqiyotning 5-oyida ayrisimon bez bir qancha bo‘lakchalardan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Bezning massasi yoshga qarab o‘zgaradi. Jumladan yangi tug‘ilgan bolada 12 g, balog‘atga yetish oldida 30–40 g gacha bo‘ladi. Balog‘atga yetgach, bez asta-sekin qayta kichrayib boradi. 25 yoshda 25–30 g. 60–70 yoshlarda burishib, 6–15 g bo‘lib qoladi va yog‘ to‘qimasiga aylanadi, lekin tamomila yo‘q bo‘lib ketmay, mayda orolchalar kabi to‘sh suyagining orqasida saqlanib qoladi. Download 37.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling