Еndokrin kasalliklar. Reja


Download 24.25 Kb.
bet3/5
Sana11.05.2023
Hajmi24.25 Kb.
#1454692
1   2   3   4   5
Bog'liq
ЕNDOKRIN KASALLIKLAR.

Gipotireoz (miksedema)-qalqonsimon bez faoliyati pasayishi tufayli yuzaga keladigan kasallik.
Sababi. Ovqat tarkibida uzoq vaqt davomida yod moddasining yetishmasligi, gripp va boshqa kasalliklarning asorati, toksik bo‘qoq kasalligida qalqonsimon bezning ko‘p qismini jarrohlik usulida olib tashlanishi.
Belgilari. Gipotireoz katta odamlarda miksedema kasalligi sifatida kechadi. Bemorning aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi, u doim bo‘shashgan, garangdek, uyqusiragan holatda bo‘ladi, xotirasi pasayadi, harakatlari sekin, atrofdagi voqeyalarga befarq bo‘ladi.
Bemorning tashqi ko‘rinishi xuddi shishgandek bo‘ladi, lekin terisiga barmoq bilan bosganda iz qolmaydi (shish bo‘lsa iz qoladi). Bemorning shishgandek yoki semirgandek ko‘rinishiga sabab teri ostida shilimshiqsimon moddaning to‘planishidandir. Shu bois, yuzi niqob (maska) kiygandek tekis bo‘ladi, uning xursand yoki xafa bo‘lganini mimikasi orqali aniqlab bo‘lmaydi. Lablari qalinlashadi, tili kattalashadi, ba‘zida og`ziga sigmay chiqib turadi. U bo‘g`in va muskullari og`rishidan shikoyat qiladi.
Tibbiy yordam. Endokrinolog shifokor nazoratida tireoidin, triyodtironin, tireotom, eutiroks, novotirol dorilarini muntazam qabul qilib turadi.
Tug`ma gipoterioz. Homilador ayol ovqatida yod yetishmasligi tufayli homila tug`ma gipotireoz kasalligi bilan tug`iladi. Bolaning chaqaloqlik davridayoq yuzlari, tanasi shishgandek bo‘ladi, bolaning yoshi ulgaygan sari kattalarning miksedema kasalligida kuzatiladigan, yuqorida aytib o‘tilgan belgilari namoyon bo‘la boshlaydi. Eng muhim belgilari shundan iboratki, bolaning yoshligidan aqliy va jismoniy rivojlanishi sust bo‘ladi, qad-qomatini tik tutishi, o‘tirishi, yurishi, gapirishi sog` bolalarga nisbatan orqada qoladi. Ba`zi bolalar 3-5 yoshda ham yurmaydi, gapirmaydi.
Tibbiy yordam. Bemor bola endokrinolog shifokori nazoratida davolanadi.
Qalqonsimon bez faoliyatini kuchaytiruvchi quyidagi dorilar qo‘llanadi: tireoidin gormoni bolaning yoshiga qarab ½ -1 tab. kuniga 1-2 mahal muntazam beriladi. Tireoidinning o‘rniga triyodtironin, tireotom, eutiroks, novotirol kabi dorilar qo‘llanilishi mumkin.

Download 24.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling