Endokrin tizimi Ayol va erkak inson endokrin tizimlarining asosiy bezlari
Download 75.58 Kb.
|
Endokrin tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Instinkt
- Sinaps
- Dendrit
- Shartsiz reflekslar
- Retseptorlar
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Nerv tizimi- Tirik mavjudotlarning evolyusiya natijasida o‘zini takomillashtirib borishi bilan ularning organizmlarida o‘z zimmasiga rivojlanish, hulq-atvor va yaratish kabilarning boshqaruvi vazifasini olgan maxsus organ Neyronlar- nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi Miya-yuqori tashkil etilgan materiya Endokrin tizimi-Markaziy nerv tizimining tor aloqasida ikkinchi aloqa tizimi ya`ni endokrin tizimi joylashgan. Instinkt- U yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor. Ong- Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Sinaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o’rtasidagi kichik oraliq. Irsiyat- organizmlarning o‘z belgi va hususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir. Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo’lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o’simtalari bo’lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi. Psixika – bevosita kuzatilmaydigan, lekin qo‘shimcha ifodalar orqali aniqlanadigan yaqqol bo‘lmagan voqelik. Jins – psixologiyada biologic va ijtimoiy omillarning ta’siri va erkak yoki ayol farqlarini aniqlashtirish xususiyatidir. Testosteron-asosiy erkak gormon. U erkaklarda hamda ayollarda uchraydi. Agar testosterone ayol organizmida ko’payib ketsa, u holda bu homilada erkak jinsiy a’zolarining rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, o’g’il bolalarda jinsiy yetilish davrida tashqi jinsiy belgilarning rivojlanishi tezlashishi kuzatiladi Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va shunga o‘xshashlar)ga nisbatan tug‘ma reaksiyasi. Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug‘ma bo‘lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Retseptorlar – hissiy yoki sensor hujayralar bo‘lib, ular, ya’ni, bu ta’sirlanish, ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo‘lishidan qat’iy nazar, u haqidagi axborotni qabul qilgandan so‘ng, o‘zgartirib, asab tizimiga etkazib beruvchi maxsus tuzilmalardir. Download 75.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling