Energetik korxonalarda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari normalari. Reja
Download 25,25 Kb.
|
Energetik korxonalarda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari normalari.
Energetik korxonalarda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari normalari. Reja: 1. Energetik korxonalarida yong‘in xavfsizligi 2. Energetik korxonalariday‘in xavfsizligi
1 Umumiy qoidalar. 1.1.1 Ushbu Qoida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 17-maydagi 227-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Davlat Yong‘in nazorati to‘g‘risidagi Nizomi” ning 21-bandiga asosan ishlab chiqilgan; 1.1.2.Ushbu qoida O‘z.R. hududida joylashgan barcha korxona, muassasa va tashkilotlarning (ularning mulkchilik shaklidan, olib borilayotgan ish faoliyatidan va qaysi korxona yoki tashkilotlarga qarashli ekanligidan qat’inazar) ishchi, xizmatchilari va fuqarolari tomonidan bajarilishi ustidan umumiy talablarni o‘rnatadi; Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan shaxslar amaldagi qonunlarga asosan javobgarlikka tortiladilar. 1.1.3.Yong‘in xavfsizligini ta’minlashda, ushbu qoida bilan birgalikda qurilish me’yor va qoidalari, texnologik loyihalash me’yoriga, standartiga, hududiy va tarmoqli, boshqa Yong‘in xavfsizligini belgilovchi qoidalardan foydalanish tavsiya etiladi; Hududiy va tarmoqli Yong‘in xavfsizligi qoidalari, shuningdek, Yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘ruvchi boshqa belgilangan qoidalar, me’yoriy hujjatlar, ushbu qoida talablaridan past bo‘lmasligi shart; 1.1.4.Har bir maskanda Yong‘in vaqtida odamlar xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, Yong‘in xavfi bor bino va qurilmalar uchun 1-ilovaga muvofiq yong‘inni oldini olish yo‘riqnomalari ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak; 1.1.5.Barcha muassasalarning ishchi va xizmatchilari Yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma (ma’lumot) olganlaridan keyin ishlash faoliyatiga ruxsat beriladi, ishlash turi o‘zgargan vaqtda yong‘inning oldini olish va uni o‘chirish to‘g‘risida rahbar belgilagan tartibda qushimcha yo‘riqnoma (ma’lumot) olishlari kerak; 1.1.6.Elektr, muhandislik qurilmalari, alohida bino, inshoot, xona va boshqalarning Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha javobgar shaxslarni ushbu maskan rahbari tayinlaydi. 1.1.7.Yong‘in xavfsizligini ta’minlashdagi umumiy javobgarlik amaldagi qonunlarga asosan muassasalarning rahbarlariga yuklatiladi; Shaxsiy maskanlarida (shaxsiy uylar, dala hovlilari, garajlar va boshqalar) Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgarlik ularning egalariga yuklatiladi. Bino, inshoot, xona, uskunalar ijaraga olingan holda, agarda shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha javobgarlik ijarachiga yuklatiladi. 1.1.8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 iyun 243-son qaroriga asosan, maskanlarda yong‘inlarni oldini olish va o‘chirishga ko‘maklashish maqsadida ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilar drujinalari, yong‘in-texnik komissiyalari, yosh o‘t o‘chiruvchilar drujinalari tuziladi. 1.2. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Tashkiliy tadbirlar 1.2.1.Barcha ma’muriy ishlab chiqarish, ombor va yordamchi binolarning ko‘rinadigan joylarida o‘t o‘chirish xizmatining telefon raqamlari ko‘rsatilagan yo‘riqnoma osib quyilgan bulishi shart. 1.2.2. Barcha muassasalarda buyruq (farmoyish) asosida Yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan tartib o‘rnatilishi kerak, ular jumlasiga: - chekish uchun maxsus joy ajratilishi; - bir vaqtning o‘zida saqlanishi mumkin bo‘lgan yonuvchi materiallarning saqlanish joyi va ularning miqdori; - yonuvchi chiqindi va changlardan tozalash tartibi, maxsus kiyimlarning saqlanishi; - Yong‘in vaqtida va ish kuni tugashi bilan elektr uskunalarini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish tartibi; - vaqtinchalik ochiq olovdan foydalanish, payvandlash yoki boshqa turdagi Yong‘in chiqish xavfi bor ishlarning bajarish tartibi va vaqti; - ish kuni tugaganidan so‘ng xonalarni ko‘zdan kechirish va eshiklarni qulflash; - Yong‘in vaqtida xizmatchilarning harakati; - Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnoma berish yong‘in-texnik minimumiga asosan darslar o‘tkazish tartibi va vaqti, shu tadbirlarni o‘tkazish uchun javobgar shaxslarni tayinlanishi. 1.2.3. Bir vaqtning o‘zida qavatida 10 kishidan ortiq odamlar bo‘ladigan bino va inshootlarda (yashash uylaridan tashqari) Yong‘in haqida xabar beradigan moslama o‘rnatilishi hamda Yong‘in vaqtida binoni tark etish rejasi ishlab chiqilib ko‘rinadigan joyga o‘rnatilishi zarur. Aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar rahbari (50 kishidan ko‘p) Yong‘in vaqtida binoni tark etish chizmali rejasi bilan birgalikda xizmatchilarning tez va qulay holda binoni tark etishiga ko‘maklashadigan yo‘riqnoma ishlab chiqishlari hamda ishga jalb etilgan barcha xizmatchilar ishtirokida ushbu yo‘riqnoma bo‘yicha kamida yarim yilda 1 marotaba amaliy mashg‘ulot o‘tkazishlari kerak. Tungi vaqtda aholi ko‘p bo‘ladigan maskanlarda (kasalxonalar, bolalar bog‘chalari, maktab-internatlar va boshqalar) yo‘riqnoma ikki xil turda, kunduzgi va tungi variantda bo‘lishi kerak. 1.2.4. Maskanlarning ishchi xizmatchilari hamda fuqarolar quyidagilarga amal qilishga majburlar: - uylarida, xizmat joylarida amaldagi qonunlarga asosan tasdiqlangan Yong‘in xavfsizligi qoidalarida, me’yorlarida, standartlarida belgilangan yong‘inga qarshi tartiblarga rioya etishlari; - gaz, elektr asboblaridan, maishiy-kimyoviy vositalardan foydalanayotganlarida tez va engil yonuvchi suyuqliklar hamda boshqa yonuvchan materiallar bilan ishlayotganda Yong‘in xavfsizligi choralarini ko‘rishlari; - sodir bo‘lgan Yong‘in haqida o‘t o‘chirish qismlariga xabar berishlari va iloji boricha odamlarni, jihozlarni qutqarish va yong‘inning bartaraf etish choralarini ko‘rishlari kerak. 1.2.5. Aholining ko‘p yig‘ilishi bilan bog‘liq (kechalar, tomoshalar, barcha atrofidagi tomoshalar va boshqalar) tadbirlarni o‘tkazishga javobgar shaxslar, tadbir tashkillashtirishni boshlashdan avval xonalarni nazoratdan o‘tkazib, Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tayyor ekanligiga ishonch hosil qilishlari kerak. Download 25,25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling