Energetik qurilmalar faniga kirish va energetika sohasida tutgan o'rni


Geotermal energiya manbalari va ulardan samalari foydalanish


Download 46.43 Kb.
bet14/15
Sana02.06.2024
Hajmi46.43 Kb.
#1834877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Energetik qurilmalar faniga kirish va energetika sohasida tutgan-fayllar.org

17. Geotermal energiya manbalari va ulardan samalari foydalanish
Yer osti geotermal - issiq suvlaridan issiqlik energiyasining manbai sifatida foydalanish atrof – muhitni toza bo'lishida juda katta ahamiyatga ega. Sobiq ittifoq hududida 50 dan ortiq er osti suv havzalari topilgan edi.
Topilgan har bir er osti issiqlik manbalari har kuni kamida 15 mln m3 issiqlik bug'i va suv olish mumkin. Bu esa bir yilda olinadigan 100-150 mln. t ko'mir demakdir. Uning 3 km chuqurligidan 8*1017 kdj geometral energiya olish mumkin.
Yer osti issiqlik suvlari hisobida birinchi elektrostansiya asrimizning boshida Italiyaning Toskana Provinsiyasida, keyinchalik esa Yangi Zellandiya, AQSh, Yaponiyada qurilgan.
Dunyo bo'yicha 100 dan ortiq geotermal elektrostansiyalar bor. Ularning umumiy kuchi 3 mln.kvt ga teng. Qurilgan bu turdagi elektr stansiyalar tabiiy qulay erlarda joylashgan, ya'ni erdan issiq suv o'zi oqib chiqadi. Undan tashqari erdan chiqadigan ko'pchilik issiq suvlar sho'r turli tuzlarga boy. Qazib chiqarilgan suv tejamkorlik bilan ishlatilmasa, atrof-muhitni, ayniqsa, tuproqni sho'rlab, atrofdagi ko'kalamzor erlarni turli foydali o'simlik va hayvonlarni yo'qolib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
Vodorod energiyasi. Vodorod energetikasini keng qo'llash atrof-muhit tozaligida katta ahamiyatga ega. Vodorod yonishidan ajraladigan issiqlik 28000 kkal/kg ga teng. Bu neft va neft mahsulotlarining issiqlik energetikasidan 2 barobar, ko'mirnikidan esa 4 barobar yuqoridir. Dunyo bo'yicha vodorod bir yilda 200 mlrd. m3 ishlab chiqariladi. Shuning yarmi ammiak va 30% ga yaqini neftni qayta ishlash zavodlariga ishlatiladi. Vodorod asosan suvdan olinadi. Dunyoda birinchi bo'lib, 1986-yili Yaponiyada oddiy suvdan vodorod olish tajriba zavodida 35 soatlik siklda 18 l vodorod va 9 l kislorod olingan. Shu davr ichida termoximik metod yordamida magniy oksidi, oltingugurt ikki va yod ishlatish balan suv vodorod va kisloroddan ajratilgan. U ekologik tomondan atrof-muhit ifloslanishi, turli zaharli moddalar, chang va tutun tarqalishi, ishlab chiqarish qoldiqlari topilishiga sabab bo'lmaydi.
Quyosh energetikasi. Kuyosh energetikasi cheksiz, tamom bo'lmaydigan energiyadir. Bu energiya, atrof-muhit, biologik hayot, tirik organizmlarga xeya qanday zarar qilmaydigan energiyadir. Quyosh energiyasidan keng foydalanish sayyoraning million-million yillar davomida to'plangan energiya zahirasiga ziyon keltirmaydi.
Har yili quyoshdan erga kelayotgan energiya, er qa'ridagi turli manbalarni issiqligidan 10 barobar ko'pdir. O'rta Osiyoning cho'l hududining 1/10 qismiga tushadigan quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyati bo'lsa, u hamdo'stlik mamlakatlari elektrostansiyalar quvvatidan 30 barobar ko'p bo'lgan bo'lar edi.

Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling