Energetik sharoitlari


 – bob. GAZ VA GAZ KONDENSAT KONLARINI


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

8 – bob. GAZ VA GAZ KONDENSAT KONLARINI 
ISHGA TUSHIRISHNING XUSUSIYATLARI VA ULARGA 
GEOLOGIK SHAROITNING TA’SIRI 
 
Gaz konlarini ishlatish neft konlarini qazib chiqarishdan 
anchagina farq qiladi. Bunda avvalo qatlamga ta’sir etmasdan, uning 
tabiiy rejimlaridan oqilona foydalangan holda ishlatiladi. Agar gaz 
rejimi bg’lsa, aksariyat qazib chiqarish davomida bosimning pasayishi 
bir tekis va olinayotgan mahsulot hajmiga qarab tezgina davom etadi, 
elastik suv siquvi rejimida esa bu jarayon biroz sekinroq (rejimning 
aktivligiga qarab) sodir bg’lishi rg’y beradi. 
Bunday hollarda uyumning g’zidan tashqari bilan yaxshi 
bog’langan bg’lganda qatlamdan olinayotgan mahsulot ta’siri boshqa 
qg’shni uyumlarda ham namoyon bg’lishi mumkin. Buni biz 
olinayotgan mahsulotga nisbatan bosimning pasayishi darajasi-ning 
mos kelmasligidan eezamiz. 
YAna bir xususiyat shundan iboratki, gaz konlarida ma’lum bir 
sharoitda quduq kg’p muddat ishlashi mumkin, buni ba’zan qatlam va 
quduq tubi bosimlari orasidagi farq bir tekis bg’lishiga qaramasdan, 
quduqning mahsuldorligi kamayi-shi mumkin. Bu kuduq tubi atrofida 
tezlikning nihoyatda oshib ketishi natijasida, u erda sodir bg’ladigan 
harakatning chiziqli harakatdan turbulent harakatga aylanishi 
natijasidir. Undan tashqari uyum atrofida bosimning keskin kamayishi 
unga geostatik bosim ta’siri g’z kuchini kg’rsatishiga va bu ba’zan 
qatlam g’ovakliklarining siqilishi va uning tuzilishining biroz 
g’zgarishiga olib kelishi mumkin. 
Gaz konining yana bitta ahamiyatga molik xususiyati shundan 
iboratki, u butun bir gazodinamik tartibni tashkil qilgan bg’lib, 


51 
uyumning biror qismidagi g’zgarish ikkinchi qismiga aks-sado beradi, 
shuning uchun uyumni g’zimiz istagai muhitga mos sharoitda 
boshqarishimiz mumkin, demak lozim bg’lgan joyda undan 
olinayottan mahsulotni oshirish yoki kamaytirish mumkin va shu 
tariqa qazib chiqarish jarayonini oqilona davom ettirish imkoni 
mavjud bg’ladi, 
Gazning g’ta harakatchanlik xususiyati bir xil kollektor-lik 
xossalarga ega bg’lgan kollektorlarda neftga nisbatan mahsulot olishni 
taxminan ikki tartibga oshirish imkonini beradi, shuning uchun ham 
gaz konlarida oz miqdor quduqlar bilan anchagina mahsulot olish 
mumkin, natijada uni qazib chiqarish muddatini lozim bg’lgan 
darajada tezlatish g’z qg’limizdadir. SHuning uchun ham gaz konlarida 
quduqlar joylashishi ancha siyrak, mahsulot olinishi ancha yuqori. 
Gaz konlarida bosimning kamayishi natijasida quduqlardan 
olinadigan mahsulotning (umuman, uyumdan ham) kamayishi tufayli 
vaqt g’tishi bilan uyumga qazilgan quduqdar soni orta boradi, lekin bu 
holni (ya’ni uyumga yangi quduq qazishdan) undan olinishi mumkin 
bg’lgan gazning 60-70 % olinganda tg’xtatiladi. 
Gaz konlarida suv bosgan quduqlarnnng taqdiri ham 
boshqacha hal qilinadi. Neft quduqlarida suv paydo bg’lganda ham 
uni ishlatish davom etaveradi va ba’zi hollarda undan olinadigan 
suyuqlikning umumiy mikdorini oshirish maqsadida mahsulot olish 
jadallashtiriladi. Undan tashqari bunday quduqlarning mahsulotida 
suvning miqdori 95-99% ga etguncha davom ettiriladi. Gaz 
quduqlarida zsa ahvol boshqacha, chunki iqtisodiy nuqtai nazardan va 
boshqa fikrlarni inobatga olgan holda kg’plab gazni suvdan ajratish 
jarayonlarn kg’zda tutilmagan, SHuning uchun ham elastik suv siquvi 
rejimida ishlatiladigan gaz quduqlarini ma’lum darajada suv bosgach, 
mahsulot olish tg’xtatilib, quduq berkitiladi va harakatdagi fonddan 
chiqariladi, g’rniga esa boshqa yangi quduq qazilishi mumkin. 
Gazokondensat konlarida qazib chiqarishning g’z xususiyatlari 
mavjud. Tabiiy rejimlardan foydalangan holda ularni ishlatish 
bosimning kamayishiga olib keladi va natijada qatlam bosimi gazning 
tg’yinganlik bosimiga tenglashganda undan qimmatbaho xom-ashyo - 
kondensat ajralib chiqa boshlaydi. Bu hodisa qatlamda quduq tubida 


52 
va quduq tanasida sodir bg’lishi hamda shu tariqa bundan qimmatli 
mahsulot qatlamlardagi quruq, qumiga shimilib ketishi turgan gap. 
SHuning uchun bunday konlarni qazib chiqarishda qatlam bosimini 
sun’iy usulda ushlab turish, ya’ni uning kamayishiga yg’l bermaslik 
usulini qg’llash maqsadga muvofiqdir. 
Bosimning kamayishini ushlab turish qatlamga suv haydash 
yoki 
gaz 
haydashni 
tashkil 
etishni 
taqazo 
etadi.
Aksariyat hollarda qatlamga gaz haydash maqsadga muvofikdir. 
Bunda qatlamdan olingan gazning g’zidan bemalol unumli foydalanish 
mumkin. Buning uchun esa olingan gaz kondensatdan ajratiladi va 
quruq gaz holiga qaytariladi, ularni yana qatlamga (uyum) haydaladi, 
bu jarayon qatlamdan olinishi mumkin bg’lgan kondensat 
darajasigacha olib boriladi. Bunday texnologik jarayon "saykling 
protsessi" (tsiklik jarayon) deb ataladi va u g’zining qadrini amalda 
oqlagandir. Qatlamdagi kondensat miqdori juda kamaygach, bu 
jarayon tg’xtatilib, gaz haydovchi quduqlar ham ishlatishga boshlanadi 
va kon oddiy gaz koni sifatida qazib chiqarilaveradi. Bu usulning 
qg’llanishi gaz-kondensat konidan olinishi va ishlatilishi lozim bg’lgan 
gazni biroz kechiktiradi va unday jarayonni amalga oshirishning 
texnologik tomondan murakkabligi g’ylantiradi. Lekin hozirgi 
sharoitda bu jarayonning qg’llanish mumkinligini iqtisodiy hisoblar 
aniq kg’rsatib beradi, agar jarayon iqtisodiy jihatdan g’zini oqlaydigan 
va foyda keltiradigan bg’lsa, uni albatta qg’llash taqazo etiladi. 
Hozirgi kunda G’zbekiston Respublikasida birinchi marta 
Kg’kdumaloq gazkondensat konini qazib chiqarishda ushbu usul, ya’ni
"saykling protsess" usuli qg’llanmoqda. 
SHuni alohida qayd etmoq lozimki, ushbu konni qazib olishda 
qatlamga suv haydash yg’li bilan neft chiqarilmoqda va saykling 
protsess tufayli undagi kondensat ajratib olinmoqda. Ushbu jarayonni
amalga oshirishda respublikamiz mutaxassislariga YApon, AQSH va 
Britaniya mutaxassislari konsultatsiya berib, asbob-uskunalar bilan 
ta’minlashda va ularni ishlatishda yaqindan yordam beryaptilar. 
Kg’kdumaloq konidan olinayotgan neft kondensat respublikamiz 
mahsuloti-ning salmoqli qismini tashkil qilmoqda. Eng ahamiyatlisi 
shundaki, bu qadrli usul g’z ifodasinn topgani e’tiborga loyiqdir. 


53 
Qatlamga suv haydalganda olingan gazni ham ishlatish mumkin, lekin 
bu usulning ham g’ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Suv quduqlarni 
bosib bora boshlaydi, ularni berkitib, g’rniga yangisini qazish lozim 
bg’ladi, natijada qazib chiqarish jarayoni yana qimmatlashishi 
mumkin. SHuning uchun ham bu usul unchalik tajribada keng 
qg’llanishga ega bg’lolmaydi. 
Gaz va gaz kondensat konlarini qazib chiqarishni 
loyihalashning yana muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, 
bunda mahsulot olishning maksimal darajasini va uni ta’minlash 
uchun qazilishi lozim bg’lgan quduqlar sonini uyumni ishlatish 
muddatiga qarab belgilash mumkin va shunday qilinadi. Bu masala, 
ya’ni loyihada kg’rsatilgan miqdor mahsulotni olishga erishish va 
quduqlarni ishga tushirish baravar olib boriladi. Neft konlarini qazib 
chiqarishda esa bunday paralellik sodir bg’lmasligi mumkin. Loyihada 
kg’rsatilgan quduqlar qazib bg’lingan bg’lsa ham, undagi darajaga etib 
bormaslik hollari uchraydi, ba’zan esa ma’lum bir qatlamchada qolib 
ketishi mumkin bg’lgan neftni chiqarish uchun qazib chiqarishning 
oxirgi davrida ham qg’shimcha quduqlar qazilishi maqsadga muvofiq 
bg’ladi. 
Gaz konlarining tuzilishini neft konlariga nisbatan ancha kam 
quduqlar 
bilan 
g’rganish 
mumkinligi 
ularning 
muhim 
xususiyatlaridandir. Uning zahiralarini hisoblash ham ancha osonlik 
bilan gidrodinamik usullar "material balans" usuli bilan bajariladi. 
Gaz va gazokondensat konlarini qazib chiqarish tartibini qabul 
qilishda va olinadigan mahsulot mikdorini belgilashda geologik 
tafsilotlar ish beradi va ularga asoslanib loyiha tuziladi. CHunonchi, 
tabiiy rejim tafsiloti, undagi bosimning kamayishi, undan olinadigan 
mahsulot miqdoriga bog’liqligi shular jumlasidandir. Bular g’z 
navbatida uyumni qazib chiqarish muddatini belgilaydi. 
Bu holat elastik suv siquvi rejimda biroz boshqacharoq, chunki 
unda qatlam bosimining pasayishi u qadar tez bg’lmaydi, undan 
tashqari har xil qatlamchalarning turli darajada suv bosishi va undan 
gaz olinishini g’rganish ham lozim bg’ladi. Bunday holatlar ba’zi 
quduqlarning muddatdan ilgari suv bosishiga, demak, harakatdagi 
fonddan chiqishiga olib kelishi mumkin. 


54 
SHuni alohida qayd etish lozimki, neft konlariga nisbatan gaz 
va gazkondensat konlariga suv chegarasining surilish holati notekis 
bg’ladi. Bunga sabab gazning kondensatsion xususiyati suv va neftga 
nisbatan past, shu tufayli kollektorning har xillik darajasi nisbatan 
ortib ketadi. SHuning uchun ba’zi kuduqlar barvaqt suv bosishi 
natijasida ishdan chiqishi mumkin. SHuning uchun ularda suv bosishini 
oldini olish va suvli qatlamchalarni ajratish ishlarini olib borishga katta 
e’tibor talab kilinadi. Tajribalar shuni kg’rsatmoqdaki, bunday hollarda 
qatlamlar xususiyatining xilma-xilligi sharoitida gaz konlari bag’rida 
kg’plab gazning qolib ketishi kuzatilmoqda. 
Xuddi shu vajdan qatlam jinslarining xilma-xilligi yuqori 
darajada bg’lganda uyumning gaz beruvchanlik qobiliyati past 
kg’rsatkichga ega bg’lib qolmoqda. Elastik suv siquvi rejimida esa gaz 
beruvchanlik qobiliyati katta oraliqdagi kg’rsatkichga ega bg’lib 
qolmoqda. Bunda agar qatlam deyarlik bir xil tog’ jinslaridan iborat 
bg’lsa, gaz beruvchanlik gaz rejimidagi kg’rsatkichga yaqinlashib 
boradi, bg’lmasa, aksincha, bu xususiyatlar katta oraliqda g’zgarsa, 
gaz beruvchanlik kichik kg’rsatkichga ega bg’lib qoladi. SHuning uchun 
bunday hollarda gaz beruvchanlikni oshirish, uyumni bir tekis ishlatish 
sharoitini hosil qilish uchun elastik suv siquv rejimida quduqlarni 
uyum bg’yicha bir tekis joylashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Gaz rejimida esa notekis xususiyatlarga ega bg’lgan kollektor 
mavjudligida quduqlarning zichligini qatlamning mahsuldorligiga 
qarab joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda agar mahsuldor 
uyum g’rtasiga qarab ortib boradigan bg’lsa, quduqlarning joylashish 
zichligini markazda qalinroq qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday usul 
katta hajmdagi konlarni qazib chiqarish vaqtida qilingan aniqlashlarda 
yaxshi natijalar berdi. 
Gaz konlarining geologik tuzilishi ularni qazib chiqarish 
jarayonida ishlatish ob’ektlariga bg’lish masalalari-ni keltirib 
chiqaradi, chunki har bir ishlatish ob’ektiga alohida quduqlar qazish 
kg’zda tutiladi. Gaz rejimida ba’zan gaz uyumlari qatlamlardan iborat 
bg’lganda unday qatlamlarning qalinligi ancha muncha bg’lganda ham 
ularni yagona quduqlar tg’ri bilan ishlatish mumkin. Agar uyumlar 
alohida qatlamlarga joylashgan bg’lsa va ular bir-birlari bilan bog’liq 


55 
bg’lmasalar ularni alohida qazib chiqarish ob’ektiga ajratish va 
ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bunda kollektorlik xossalari va 
gazlarning tarkibi bir-biriga yaqin bg’lgan qatlamlar bir ob’ektga 
birlashtirilishi lozim. 
Umuman olganda, unday hollarda konni bir qancha quduqlar 
bilan eng pastki nuqtagacha qaziish va sg’ngra uni ob’ektlarga 
ajratgan holda yana qg’shimcha qazilishi amalga oshirilsa maqsadga 
muvofiq bg’ladi. 
Gaz konlarinn qazib chiqarish tartibi hamda konni 
obodonlashtirish masalasi mahsuldor qatlamning qanday chuqurlikda 
joylashganligiga bog’liq bg’ladi. Bu albatta qatlam rejimining holatiga 
borib taqaladi, quduqlardagi qatlam bosimi va ularning mahsuldorligi 
shular bilan bog’liqdir. 
Gazkondensat konlarini qazib chiqarishda qatlam bosimini 
saqlamoq maqsadida qatlamga suv yoki gaz haydash usullarini 
qg’llash sharoitlari ham geologik sharoitlardan kelib chiqadi va shunga 
karab qazib chiqarish hamda haydash tartiblari tanlanadi. Haydovchi 
va oluvchi quduqlarni tanlash, ularning uyumga ta’sirini o’rganish 
hollari xuddi neft konlarinikiga g’xshash holatda: ya’ni uyumning 
g’lchamiga, qatlamning notekisligiga va ularning qanday darajada 
notekis ekanligiga bog’liq bg’ladi.
Quruq gazni uyumga haydash xususida, agar u uyumdan 
tashqari zona bilan uncha bog’langan bg’lmasa, gaz haydovchi 
quduqni markazga joylashtirib, qatlamdan gazni chegara yaqinidan 
olish maqsadga muvofikdir. Bunday holda keyinchalik bu jarayon 
tamom bg’lgach, haydovchi quduqlarni oluvchi quduqlarga aylantirish 
imkoni mumkin bg’ladi. 
Agar uyum suv siquvi rejimi bilan yaxshi bog’langan va 
qatlamning qiyaligi kam bg’lsa, bunday holda quruq gaz haydovchi 
quduqlarni gaz-suv chegarasiga yaqin joyda joylashtirish va ishlatishda 
markazda joylashgan quduqlardan olish maqsadga muvofiq bg’ladi. 
Bunday holat ancha vaqttacha oluvchi quduqlar tubiga suvning 
bevaqt kelmasligini ta’minlaydi. Undan tashqari chegara yaqinida 
anchagina bosimning haydovchi quduqlar yordamida ushlab turilishi 
qatlamga uning tashqarisidan bevaqt suv bosib kelishining oldini 


56 
oladi. Bunda quruq gazning qatlam bg’yicha tekis tarqalish imkoni 
mavjud bg’ladi va natijada u qatlamdagi gaz bilan yaxshi aralashib, 
uning bag’ridan "yog’li" gaz holatda chiqib keladi. 
Gazkondensat konlarida qatlam bosimini saqlash uchun suv 
haydash xususiga kelsak, tog’ jinslarining yaxshi g’tkazuvchanlik 
xususiyati mavjud bg’lganda kichikroq konlarda haydovchi quduqlarni 
chegara tashqarisiga joylashtirish, katta konlarda esa, ularni uyum 
ichiga joylashtirib maydonli suv haydash usulida bajarish maqsadga 
muvofiqdir. 
Geologik notekislik holatlarda qatlam bosimini saqlash uchun 
qilingan tadbirlar hamma vaqt ham yaxshi natijalar beravermasligi 
mumkin. Bu holat albatta quduqlarning bevaqt suv bosishi, kg’plab 
kondensatning va shu bilan birga gazning har bir qatlamda va 
maydonchalarda qolib ketishi xavfi tug’ilishi mumkin. 
Qazib 
chiqarish 
tartibini 
tanlashga 
kollektorning 
mustahkamligi katta ta’sir etadi, chunki tog’ jinsining barqarorligi, 
uning emirilishga chidamliligi gaz quduqlarida juda katta ahamiyatga 
egadir. Ma’lumki, gaz quduqlaridagi debitlarning yuqoriligi quduq tubi 
atrofida juda katta tezlik keltirib chiqaradi, natijada bg’shroq tog’ 
jinslari bunday hollarda emirilishga moyil bg’lib, bu hodisa kg’plab 
nojg’ya hollarga olib kelishi mumkin. Aksariyat emirilishiga uncha 
yaxshi tsementlanmagan qum va qumtoshlar hamda kabi terrigen 
jinslar moildir.
Quduq tubi atrofining emirilishi quduqni suv bosganda ham 
avjiga chiqadi, chunki suv jinslarni bg’ktiradi va ozgina harkat 
natijasida u emirilishga boshlaydi. Bunday hollarni oldini olish yoki 
sekinlashtirish uchun qatlamlar rg’parasiga maxsus filtrlar qg’yish va 
olinayotgan. mahsulot miqdorini boshqarish lozim bg’lganda 
kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 
Lekin quduqdan olinadigan mahsulot kamaytirilganda, 
mg’ljallangan miqdordagi gazni olish uchun qg’shimcha quduqlar 
qazish lozim bg’ladi. Qatlamlarning emirilish xususiyatlari va kutilishi 
mumkin bg’lgan natijalar razvedka quduqlaridan olingan namunalarni 
g’rganish, g’sha quduqlarnn tajriba-sanoat miqyosida ishlatish 
natijalari va tadqiqotlar orqali yaxshilab g’rganilishi lozim. 


57 
YUqorida keltirilganlardan ma’lum bo’ladiki, gaz va 
gazokondensat konlarini qazib chiqarish tartibini tanlashda va ularni 
amalga oshirishda geologik materiallarni yaxshilab o’rganish va 
ularning holatiga qarab har xil ko’rsatkichlarni qabul qilish neft 
konlarini qazib chiqarishdagidan kam ahamiyat kasb etmas ekan. 
Demak, konlarni oqilona qazib chiqarish va xalq xo’jaligiga xizmat 
qildirish hamma vaqt ham birinchi darajali ahamiyatga molik bo’lgan 
vazifadir. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling