Energetik sharoitlari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

Quduqning pasporti uning asosiy hujjati bg’lib, quduq 
burg’ulashda boshlangandan to tugatilgunga qadar hamma ma’lu-
motlarni jamlaydi, jumladan: 
umumiy 
ma’lumotlar: 
quduqning 
vazifasi, 
uning 
g’rni 
(koordinatalari), quduq og’zining dengiz yuzasidagi belgisi (altituda 
ustya), burg’ulashning boshlanishi va oxiri, burg’ulash usuli, ishga 
tushirilgan vaqti, quduqning chuqurligi, mg’ljal-langan qatlam; 
quduqning geologik texnik kesimi: litologik-stratigrafik ustun, 
geofizik turkum tadqiqotlarning asosiy chizmalari, quduq tuzilishi 
sxemasi, otilgan oraliklar, quduqning qiyshayganligi haqidagi 
ma’lumotlar, mahsuldor qatlamlar tafsiloti va filtr; qatlam usti va osti 
(krovlya, podoshva)ning belgisi, otilgan oraliqlar, otgan g’qlar turi va 
ochiq quduq tubining (zaboy) tavsiloti, otilgan teshiklar zichligi, sun’iy 
quduq tubining ahvoli; 
quduqni g’zgartirish natijalari; ochilgan qatlam, uni 
g’zgartirishning boshlanishi, birinchi 30 kun ichida g’rtacha kundalik 
kg’rsatkich (ishlatish usuli, neft, gaz, suyuqlik, suv bg’yicha debitlar, 
bosim kg’rsatkichi, mahsuldor-lik koeffitsienti): ishlatish ob’ektining 
fizik tavsiloti-jinslarning ta’rifi, bg’linganlik koeffitsienti, qumlilik, 
g’ovaklik, g’tkazuvchanlik, neft-gaz-suvga tg’yinganlik koeffi-tsientlari, 
suv-neft (gaz-suv, gaz-neft) chiziqlari; 
neft namunasining qatlam va oddiy sharoitda aniqlangan 
natijalari: zichligi, qovushqoqligi, hajmiy koeffitsienti, parafin, 
oltingugurt, qatron (smola), asfal-tenlar miqdori, namunaning 
olingan joyi; 


103 
gazning tavsiloti: metan, etan, propan, butan yuqori 
 
uglevodorodlarning miqdori, oltingugurtda, karbonat angidrid, azot, 
kislorodning mavjudligi va miqdori, standart sharoit-dagi zichligi; 
ishlatish usulining tavsiloti-ishlatish usuli, uning qg’llanish davri, 
asbob-uskunalarning turi va texnik tavsilo-ti, uning nazariy 
unumdorligi, ishlash rejimi; 
quduqda avariya va ta’mirlash-chegaralash ishlari: quduqning 
texnik kamchiliklari, unda mavjud asboblar, ta’mirlash ishlari tavsiloti, 
quduq tuzilishidagi g’zgarishlar otilgan oraliq, sun’iy quduq tubi holati.
Pasportda quduqning ish jarayonini kg’rsatuvchi umumiy jadval 
bg’lib, unga quduqning har oylik kg’rsatkichlari, kelti-rilgan bg’ladi. 
Jadvalda har bir g’tgan yil bg’yicha ma’lumotlar beriladi. Undan 
tashqari olinayotgani (haydalayotgan) mahsulotning umumny 
jamlangan miqdori ham keltiriladi. 
Har bir quduqda olib borilgan bunday kg’rsatkichlardan tashqari 
konning geologik xizmati qazib chiqarilayotgan ob’ekt bg’yicha 
ishlatish, natijalarini umumiylashtirgan ma’lumotlar-ni olib boradi, 
jumladan: 1) quduqlarni ishlatilishi haqida geologik hisobot; 2) qazib 
chiqarishning joriy holati xaritasi; 3) quduqlar bg’yicha jami olingan va 
haydalgan mahsulot xaritasi; 4) quduqlar ishlashining texnologik 
rejimi. 
Kg’rsatilgan hujjatlar neft, gaz, suv chiqarishni quduqlar 
bg’yichahisoblash, haqidagi haydalgan suvni va boshqa moddalarini 
quduqlar bg’yicha hisoblash va ob’ekt bg’yicha umumiy ma’lumotlarni 
bilish hamda lozim bg’lgan yg’nalishda olish va haydashni boshqarish 
imkonini beradi. 
Qazib chiqarishning joriy holati xaritasi -har bir bg’linma 
bg’yicha kvartal sari tuziladi, agar quduqlar barqaror ishlayotgan 
bo’lsa, yarim yilda tuziladi. Xarita uchun quduqlarni ob’ektga 
joylashgan nuqtalarini kg’rsatuvchi reja asos bg’ladi. Quduqlar 
joylashgan nuqta atrofida aylanalar chiziladi, aylananing maydoni 
g’rtacha kunlik mahsulot miqdoriga teng, uning tarkibidagi har bir foiz 
(%) suv esa 3,6 ga teng bo’lib ajratiladi. YAqqol kg’rinish uchun 
mahsulotlar boshqa-boshqa rangga bg’yaladi. Aksariyat neft va gaz 
jigarrang, suv (haydalayotgan, qatlam suvi va h.k.) havorang bilan 


104 
ifodalanadi. Haritada neft-gaz chiqarishning dastlabki va o’sha kunga 
holati aks ettiriladi. Albatta ularni bir-biridan farq qilish uchun
chiziqlar, shartli belgilar bilan bajarilishi lozim. Agar qazib chiqarish 
ob’ekti bir necha qatlamlardan tashkil topgan bg’lsa, bunday xaritani 
har bir qatlam uchun tuzish maqsadga muvofiqdir. 
Quduqlar bg’yicha jamlangan ma’lumot olish va haydash 
xaritasi aksariyat yil oxirida yiliga bir marta tuziladi. Bunda quduq 
nuqtalari atrofida doira chizib unda qazib chiqarishning dastlabki 
davridan hozirgi kungacha olingan (yoki haydalgan) mahsulot (neft, 
gaz, suv) kg’rsatiladi. Avvalgi xaritadagidek shartli belgilar va ranglar 
ishlatilishi mumkin. Bunda ishlatishning har xil usullari bilan olingan 
mahsulot kg’rsatilsa yana yaxshiroq bo’ladi. Undan tashqari har bir 
quduqqa to’g’ri keladigan zahira xaritasi bilan bu xarita solishtirilsa, 
qatlamdai mahsulot olinganlik darajasini ham chamalash mumkin 
bg’ladi. 
Quduqlarning texnologik ish rejimi - qatlamdan mahsulot olish 
jarayonini rivojlantirish va uni tartibga solish maqsadida bajariladi. 
Bunda har bir ishlab turgan quduqning hozirgi ahvoli va kelgusida 
ishlash kg’rsatkichlari beriladi. 
Qazib chiqarish ob’ektini neft (gaz) chiqarish bg’yicha umumiy 
geologik hisoboti asosan ob’ekt pasporti va ob’ektning qazib chiqarish 
chizmasi (grafik) orqali bajariladi. 
Ob’ektni qazib chiqarish pasportida uning geologik tafsiloti 
hamda loyiha bg’yicha amaliy qazib chiqarish kg’rsatkichlari 
kg’rsatiladi. Geologik tavsilotda esa ob’ektni qazib chiqarishdan 
avvalgi g’rtacha qazib chiqarish kg’rsatkich-lari: kollektorning yotish 
chuqurligi, uning qalinligi (umumiy, foydali, neft-gaz bilan shimilgan), 
g’ovakligi, g’tkazuvchanligi kg’rsatshgadi. Undan tashqari SNCH, 
GNCH, GSCH, neft-gaz maydoni, gaz maydoni, suv-neft va gaz-suv 
zonalari, ob’ektning har xillik kg’rsatkichi, keltirilgan qatlam bosimi, 
tg’yingan bosimi, suyuqlikka aylanishniig boshlanish bosimi, qatlam 
harorati tg’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. 
Neftning 
qatlam 
sharoitidagi 
va 
oddiy 
sharoitdagi 
xususiyatlari, zichligi, qovushqoqligi, gaz tutishi, hajmiy koeffitsienti, 
fraktsiyalar chiqishi. 


105 
Gazning xossalari - havoga nisbatan zichligi, uning tarkibida 
metan, etan, propan, butan, pentan va undan yuqorilar, karbonat 
angidrid uglevodorod, azot, geliyning mavjudligi. 
Qatlamdagi suvning 
xossalari: 
zichligi,
qovushqoqligi, 
ishqorligi, qattiqliligi, anion va kationlar miqdori. 
Neft zahiralari tg’g’risidagi dastlabki ma’lumot: balans 
zahiralari, olinishi mumkin bg’lgan (izvlikaemыe) zahiralar, pirovard 
neft beruvchaklik, zahiralar tasdiqlangan vaqt, shular jumlasidandir. 
Har bir yil boshiga qolgan qoldiq zahira to’g’risida ma’lumot: 
balans, olinishi mumkin bg’lgan zahiralar va shu kungacha neft 
beruvchanlik koeffitsienti. 
Ob’ektni qazib chiqarish pasportida uni qazib chiqarish 
loyihasi sg’nggi hujjat asosida beriladi. YAngi loyiha qabul qilinishi 
bilan qazib chiqarish kg’rsatkichlariga tegishli tuzatish kiritiladi. Bunda 
neft (gaz) suyuqlikning maksimal kg’rsatkichi va g’shanga etishgan 
yillar, eng kg’p suv haydalgan kg’rsatkich va g’sha yillar, quduqlarning 
(asosiy, hadovchi maxsus) asosiy fondi, qg’shimcha qazilgan quduqlar, 
eng yuqori olish kg’rsatkichiga erishilgan vaqtda quduqlar soni va ular 
orasidagi masofa, oluvchi va haydovchi quduqlar zichligi, har bir 
quduqqa tg’g’ri keladigan solishtirma zahira kg’rsatkichi, ishlatishning 
asosiy usuli va neft beruvchanlikning pirovard koeffitsienti kabi 
ma’lumotlar keltiriladi. 
Yillar bg’yicha ob’ekt qazib chiqarish kg’rsatkichlari jadvalda 
jamlanadi. Unda olingan neft miqdori, uning olinishi mumkin bg’lgan 
zahiraga nisbati, joriy olinishi mumkin bg’lgan zahira koeffitsienti, yil 
bg’yicha olingan va dastlabki kundan boshlab olingan suv miqdori
suvning g’rtacha yillik %, yillik olinayotgan suyuqlikning qatlam 
holatidagi hajmi, yillik suv haydash va uning qatlamdan olinayotgan 
suyuqlikka nisbati, boshdan boshlab haydalgan suv miqdori va uniig 
olingan suyuqlikka nisbati, olingan yg’ldosh gaz miqdori va g’rtacha 
gaz omili, oluvchi quduqlar fondi (jumladan; qancha qazilgan, 
shulardan ishlab turgani, g’zlashtirilayotgan, tugatil-gani, haydash 
uchun berilgan quduqlar), haydovchi quduqlar fondi (jumladan; 
hammasi bg’lib qazilgan; haydash uchun, neft olish uchun, vaqtincha 
ishlamayotgan, tugatilgan quduqlar), yangi ishga tushirilgan quduqlar, 


106 
ishdan chiqarilgan quduqlar, maxsus quduqlar, oluvchi va haydovchi 
zonalardaga yil oxiriga g’rtacha qatlam kabi ma’lumotlar kg’rsatiladi. 
Undan tashqari alohida jadvallarda shu kg’rsatkichlarni 
kvartallik va oylik ma’lumotlari ham beriladi. Bunda ishlatish usullari 
hamda mahsulotning qay darajada suvlangaligini (chunonchi, 2% 
gacha, 2-20, 20-50, 50-90 gacha va 90% dan ortiq) kg’rsatiladi. Xuddi 
shu kabi pasport gaz ob’ektida ham olib boriladi. 
Qazib chiqarish chizmasi 17- rasmda kg’rsatilgan. Bunda ob’ekt 
bg’yicha hamma ma’lumot chizma kg’rinishida har xil masshtab orqali 
ifodalanadi. CHunonchi, chizmada olinayotgan neft, suyuqlik miqdori, 
mahsulotning suv %, ishlab turgan quduqlar fondi (ham oluvchi), suv 
haydash va uning olinayotgan yillik suyuqlikka nisbati, qatlam bosimi 
kg’rsatilishi kerak. 
Qg’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun chizmaga yana ba’zi 
kg’rsatishlarni kiritish va lozim bg’lganda uni boshqa ob’ektlar bilan 
taqqoslash uchun undan foydalanish muvofikdir. 
Qazib chiqarish chizmasini loyiha kg’rsatkichlari bilan solishtirish 
va natijalarni tahlil etish qazib chiqarish jarayonining har bir 
bosqichida amalga oshirilishi va bu tahlildan qazib chiqarish jarayonini 
takomillashtiruvchi xulosalarga erishish mumkin. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling