Energetik sharoitlari


 Ishlatilayoggan ob’ektni siqib chiqarish


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

10.4.1. Ishlatilayoggan ob’ektni siqib chiqarish
jarayoni bilan qamrashni nazorat qilish 
Uglevodorod uyumlarini qazib chiqarishdagi muhim vazifa 
uyum hajmining iloji boricha kg’proq qismini ishga solishga (harakatga 
keltirishga) erishishdir. Ishlatilayotgan ob’ektning qazib chiqarish 
jarayoniga jalb qilingan qismining g’sha ob’ektning butun hajmiga 
nisbati uning qazib chiqarish bilan qamrash koeffitsienti (koeffitsient 
oxvata uyumi razrabotkoy) deb ataladi. Bu jarayonni amalga 
oshirishda qatlamda barcha tabiiy va sun’iy ta’sir usullarini qo’llash 
maqsadga muvofiqdir. 
K
k
= V
k
/V
k


128 
bu erda: K
k
-ob’ektni qazib chiqarish bilan qamrash
koeffitsienti;
V
k
- qazib chiqarish bilan qamralgan ob’ekt hajmi; 
V
k
-uyumning umumiy hajmi. 
Gaz va gazkondensat konlarida aksariyat tabiiy rejimga 
ishlanganlari va bosimning doimiy pasayishi, uning ustiga gazning g’ta 
harakatchanligi tufayli uyum bir butun gidrodina-mik sistemadan 
iborat bg’ladi va bu erda qamrash koeffitsienti birga yaqin yoki unga 
teng bg’ladi. 
Neft konlarini qazib chiqarish jarayonida esa, agar konning 
o’lchami katta, undagi neftning qovushqoqligi yuqori bg’lgan holatda, 
uning barcha maydonlariga bir xil va salmoqli ta’sir g’tkazishning iloji 
bg’lmaydi, chunki qatlamlar xususiyatining xilma-xil va notekasligi 
tufayli gidrodinamik bog’lanishni yaxshilash amri mahol. SHuning 
uchun ham uyumning butun hajmini ishga tushirish imkoniyati oz va 
demak, qamrash koeffitsienti bilan oz bg’ladi.
Qatlamga tashqaridan ta’sir g’tkazganda, jumladan qatlamga 
suv haydalganda oluvchi quduqlarga keladigan neftasosan g’sha 
haydalgan suv hisobiga sodir bg’ladi. SHuning uchun ham 
haydalayotgan suvimiz konning hamma joyiga borib etgani va g’z 
ta’sirini g’tkazganini baholash katta ahamiyatga molik vazifadir. 
Qatlamning biror joyida oluvchi quduqlarda olinayotgan mahsulot 
barqaror bg’lib, quduqlar ishga tushirilgan vaqtda qatlam bosimi 
pasaymasa, demak g’sha erda haydalgan suvning kuchi mavjud. 
SHundan sg’ng qatlamni siqib chiqarish bilan olinganlik 
tg’g’risida tushuncha paydo bg’ladi. Xuddi yuqoridagidek qatlamga 
haydalgan suvning uning barcha maydonlariga borganligini va ularni 
g’z ta’siriga olgan olmaganligini chamalash ahamiyatga molikdir. Siqib 
chiqarish bilan qamrashlik koeffitsienti qatlamning haydalgan suv 
ta’sir etgan hajmining uning umumiy hajmiga nisbatidir: 
K
s.ch
=V
x.s.k.
/
K
U
,
bu erda: K
sch
-qatlamning siqib chiqarish bilan


129 
qamralganlik koeffitsienti; 
V
xsk
-qatlamga haydalgan suv ta’sir g’tkazgan hajm; 
V
u
-qatlamning umumiy hajmi. 
Bu koeffitsient neft beruvchanlik koeffitsientini aniqlash 
formulasiga kiradi, shuning uchun ham uni aniqlik bilan chamalash 
qatlamning pirovard neft beruvchanlik koeffitsienti va undan neft 
oluvchanlik sur’atiga ta’sir etadi. SHuning uchun ham uning 
natijalariga qarab yangi konlarni qazib chiqarishdagi ishlar 
rejalashtiriladi va bu ishlarni mukammallashishida katta ahamiyat 
kasb etadi. 
Ishlatiladigan ob’ektning siqib chiqarish jarayoni bilan 
qamralganlik darajasini qatlamning qalinligi va uning maydoni 
bg’yicha chamalash mumkin. SHuning uchun ham qatlamning 
qalinligiga va uning maydoni bg’yicha siqib chiqarish bilan qamralish 
koeffitsienti aniqlash formulasiga kiradi, shuning uchun ham uni 
aniqlik bilan chamalash qatlamning pirovard neft beruvchanlik 
koeffitsienti va undan neft oluvchanlik sur’atiga ta’sir etadi. SHuning 
uchun ham uning natijalariga qarab yangi konlarni qazib chiqarishdagi 
ishlar rejalashtiri-ladi va bu ishlarni mukammallashishida katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Ishlatiladigan ob’ektning siqib chiqarish jarayoni bilan 
qamralganlik darajasini qatlamning qalinligi va uning maydoni 
bg’yicha chamalash mumkin. SHuning uchun ham qatlamning qalinligi 
va uning maydoni bg’yicha siqib chiqarish bilan qamralish 
koeffitsientlari tushunchalari mavjud, qatlamning haydalgan suv bilan 
ta’sirlangan (ya’ni g’sha suv bilan shimilgan) qalinligini uning neft 
bilan shimilgan umumiy qalinligiga nisbati (Kk*h) qalinlik bg’yicha 
qamralganlik 
koeffitsientidir. 
Buni 
chamalashda 
haydovchi 
quduqlardagi suvni yaxshi qabul qilayotgan qatlamchalar va oluvchi 
quduqlarda esa qaysi qatlamga quduq mahsulotinti berishda yaxshi 
ishlayotganini inobatga olib, ularning hisobi qilinadi. Oluvchi 
quduqdardagi bosimning barqarorligi hatto g’sishi ularga qamrash 
etganligidan dalolatdir. 
Qatlamning siqib chiqarish jarayoni bilan qamralganlik 
darajasini maydonlar orqali ifodalash uchun qazib chiqarish 


130 
ob’ektdagi har bir qatlamcha adog’ida hisob qilinadi. Demak, (K
k1
.m) 
qatlam maydonining haydalgan suv ta’siri bilan qamralishi qatlamning 
umumiy maydoniga nisbati maydon koeffitsientini beradi. 
Bu kg’rsatkichlar albatta qatlamning geologik xususiyat-lariga 
bevosita bog’lixdir. Undan tashqari qabul qilingan qazib chiqarish 
tartibi jarayoni ham g’z ta’sirinn qiladi. 
Quyida biz monodit qatlamdan (qatlamchalarga bg’linmagan) 
iborat bg’lgan va loyiha bg’yicha quduqlar bilan tg’la, qazib bg’lingan 
ishlatshgadigan 
ob’ektning 
siqib 
chiqarilishi 
jarayoni 
bilan 
qamralishining xususiyatlarini kg’rib chiqamiz. Bunday holatda 
qatlamning qalinligi bg’yicha qamralish bir tekis bg’ladi ya’ni K
kh
=1
deyish mumkin, chunki hosil qilingan bosim katlamning butun 
qalinligiga suyuqlik tarqalishiga imkon yaratadi. Maydon bg’yicha 
qamralish darajasi esa asosan qatlamning g’tkazuvchanligi va 
qatlamdagi neftning qovushqoqligiga bog’liq bg’ladi, chunki ular 
qatlamning filtratsion xususiyatlarini ifodalaydi. Hamma sharoitlar bir 
xil bg’lgan taqdirda suv ta’siri g’tkazuvchanlik yuqori va neft 
qovushqoqligi oz bg’lganda kg’p bg’ladi. Qatlamning har xil yg’nalish 
bg’yicha, hamda qalinlikning ma’lum bir qismi bg’yicha har xillik 
mavjud bg’lganda bg’ladigan notekislikni ifodalash uchun qatlamning 
g’tkazuvchanligi koeffitsienti (K/

) dan foydalaniladi, qazib chiqarish 
tajribasi shuni ko’rsatadiki neft harakatining pastlii holatida (K/

n
<0,1 4
/ N
s
) haydovchi quduqlarning ta’sir kuchi 1-1,5 dan oshmas 
ekan. SHuning uchun bunday hollarda uyumni kesuvchi haydovchi 
quduqlar orasini 2-3 km dan oshirmasligi maqsadga muvofikdir. Agar 
neftning harakatla-nishi yaxshi (K /

n
> 0,1 M
4
/ N
s
) bg’lganda uning 
ta’sir kuchi kattaroq bg’lib, xaydovchi quduqlar qatorlari orasini 4-5 
km qilsa bg’ladi. Bir xil tuzilishga ega bg’lgan kollektorlarda ta’sir 
kuchining qamrash xususiyati ancha yuqori bg’ladi, shuning uchun 
chegaradan tashqari ta’sir sharoitida (zakonturnoe zavodnenie) 
ulardan samarali foydalanish mumkin. Lekin ba’zan qatlam maydoni 
keng bg’lgan holatlarda uning markaziy qismlariga uyumdan 
tashqaridagi ta’siri etib kelmaydigan hollar ham uchraydi. Qatlamning 
qamrash kg’lamiga uning mikro, mezo va makro notekisligi katta ta’sir 


131 
qiladi. Zonali notekislik mavjud bg’lganda haydovchi quduqlarning 
qabul qiluvchanlik xususiyatlari ham turlicha bg’ladi. Bunda aksariyat 
g’tkazuvchanlik pastligi tufayli qatlamning ba’zi joylari ta’sirdan xoli 
bg’lib qoladi. Demak, shunday maydonlarning mavjudligi ba’zan 
haydovchi quduqlar bilan asosiy maydon orasida ba’zi uzilmalariing 
bor bg’lishi qatlamni qamralish xususiyatini ancha kamaytiradi. 
SHunday qilib, g’zi bir xil bg’lmagan monolit qatlamda haydash 
usulining ta’sir kuchi va qamrash koeffitsienti qatlamning notekislik 
darajasiga va haydovchi hamda oluvchi quduqlarni ma’qul darajada 
joylashti-rilganligiga bog’liq bg’ladi. Haydovchi quduqlarni joylashti-
rishda undan suyuqlik harakatiga tg’siq bg’lishi mumkin bg’lgan 
holatlarni hisobga olish maksadga muvofqdir. Bunday holatni va 
qatlamni notekisligi hisobga olmay quduqlarni joylashti-rishning 
ta’sirisiz qoladigan joylarning anchagina bg’lishiga olib kelishi mumkin. 
Bundan tashqari kollektorlarning chegarasidagi ba’zi joylariga ham suv 
haydash ta’siri bg’lmasligi mumkin. SHuning uchun qazib chiqarilishni 
loyihalash bosqichlari sharoitlarida shunday holatlarni hisobga olish 
taqozo etiladi. Albatta bu jarayonda hamma mavjud kamchiliklarni 
inobatga olish amri mahol, lekin zonal g’zgarishlarga ega bg’lgan 
holatlarda bunday joylarni ham qamrash maqsadida rezerv fondi 
quduqlarini qazish maqsadga muvofiqdir. 
Qatlamga haydaluvchi suyuqlik (suv) ta’sir kuchini ortishida 
qatlamdan olinadigan suyuqlik bilan undan haydalayotgan suv 
hajmlari nisbati ham katta ahamiyatga ega. Agar bu kg’rsatkich birdan 
kam bg’lsa, (ya’ni qatlamga haydaladigani suv undan olinayotgan 
suyuqlikdan kam bg’lsa) demak, haydalayotgan suvning ta’sir kuchi 
uncha kg’p emas, u asosan oluvchi quduqlarning birinchi qatoridayoq 
sg’nadi. SHuniig uchun haydaladigan suvning olinadigan suyuqlik 
nisbatiga ahamiyat berish lozim bg’ladi. Kg’p qatlamni birlashtirgan 
ekspluatatsion ob’ektda har bir katlam alohida hisob qilinishi va tahlil 
etilishi taqozo etiladi. Undan tashqari bir-biriga uncha yaqin (ayniqsa 
kollektorlik xossalari) bg’lmagan qatlamlarni bir ob’ektga birlashtirgan 
qatlamlarga ta’sir etish jarayonini murakkablashtiradi, chunonchi bir 
haydovchi quduq orqali ikki qatlamga suv haydalganda agar bir 
qatlamning 
g’tkazuvchanligi 
ikkinchisidan 
ortiqroq 
bg’lsa, 


132 
haydalayotgan suv yuqori kg’rsatkichli qatlamga ketaveradi, ikkinchi 
qatlam esa haydalgan suv ta’siridan deyarli mahrum bg’ladi. 
Romashkino neft konining D
1
qatlami 7-ta qatlamchalardan 
tashkil topgan. Bular butun maydon bg’yicha tekis tarqalmaganligi 
sababli aksariyat hollarda konning chegarasiga kelib g’shalardan faqat 
2-4 tasi bor bg’lib qoladi. Suv haydash jarayoni shuni kg’rsatadiki 12 
MPa bosim ostida suv haydalish sharoitida ikki qatlam mavjud 
bg’lganda suv ikkoviga baravar ketgan. Uchta chegaralangan qatlam 
bg’lganda quduqlarda suv haydalish kuzatilganda shu narsa ma’lum 
bg’ldiki, birinchi qatlamga suvning 50%, birinchi va ikkinchisiga 30% va 
qolgan 20% suv uchchala qatlamga ketishi aniqlangan. Agar quduq 
kesimida 4-ta qatlam bg’lsa, ularning hammasiga ham suv ketganligini 
kg’rsatuvchi holat umuman kuzatilmaydi. Buning sababi shundaki, har 
xil qabul qiluvchanlik xususiyatiga ega bg’lgan qatlamlarga quduqlarda 
har xil depressiya hosil qilish lozim, aslida esa bir xil depressiya 
bg’yicha suv haydalaveradi, demak uning kg’p qismi qabul 
qiluvchanligi ortiqroq qatlamga ketaveradi. SHuning uchun ham 
bunday konlarni qazib chiqarish jarayonlarida qalinlik bg’yicha 
qamrash koeffitsienti birdan kam bg’ladi. Albatta bunday holat ob’ekt 
bg’yicha qaralish darajasini pasaytiradi. SHu narsa aniqki qancha 
bg’lakchalarga bg’lingan bg’lsa unda suv haydash jarayonining 
qamrash darajasi shuncha pastligi ayon. SHuniig uchun qatlamlarni 
ob’ektlarga birlashti-rishda va ularning ishini boshqarish jarayonida 
shunday murakkabliklar mavjudligini aniq e’tiborga olish taqozo 
etiladi. Ishlatilayotgan ob’ektlarning haydalgan suv bilan qamralganlik 
darajasini aksariyat qamralganlik xaritalarida ifoda etiladi. Agar ob’ekt 
monolit qatlamdan tashkil topgan bg’lsa bunday xaritani g’sha qatlam 
bg’yicha tuzish va uning qay darajada qamraganligini ifodalash 
mumkin. Agar qatlam qatlamchalardan tashkil topgan bg’lsa, unda 
g’sha qatlamchalar-ning ob’ektlardagi tutgan g’rniga qarab, eng 
muhimlari bg’yicha xaritalar tuziladi. Bu xaritalarni tuzishdagi asosiy 
mezon ularning kollektorlik hususiyatiga qarab, hamda g’sha 
kollektorning tarqalganlik darajasiga qarab kg’rsatiladi. Unday 
xaritalarda oluvchi va haydovchi qudukdarning g’rni hamda yuqori va 
past kg’rsatkichli kollektorlarning tarqalganlik darajasi kg’rsatiladi 


133 
(chegaralari kg’rsatiladi). Aksariyat foydali neftga shimilgan qatlam 
qalinligi xaritasi (xarita effektivnoy neftenasыщennoy moщnosti) 
tuziladi va qamraganlik xaritasi bilan solishtirish natijasida ma’lum 
xulosalarga kelinadi. Kg’p qatlamli ob’ektlarda qamralganlik darajasi 
umumiy qatlamga nisbatan kg’rsatiladi. 
Qatlamning haydalgan suv bilan qamralganlik daraja-sini 
oldindan belgilash (prognoz) hamda amaldagi holatini kg’rsatish 
mumkin. Oldindan belgilangan suv ta’siri bilan qamralganlik 
darajasidan qatlamning loyihaviy neft beruvchanlik koeffitsientini 
belgilash vaqtida foydalaniladi. Albatta qatlamdagi kollektorlarning 
tarqalganlik darajasini xaritaga tushirganda undagi mezo va makro 
notekisliklarini inobatga olish lozim. Keyinchalik qatlam quduqlar 
bilan qazilganda tuzilgan xaritaga g’ziga yarasha tuzatishlar, aniqliklar 
kiritiladi. 
Hozirgi kunda YU.P.Borisov, V.V.Voinov, 3.K.Ryabinin-lar 
tomonidan tavsiya etilgan qamralganlikni oldindan belgilash usuli 
keng qg’llanilmokda. Ularning usuli bg’yicha ob’ektning butun hajmi 
neftga shimilgan uzluksiz qatlam (V
n
), yarim linza shaklidagi 
qatlamlarning (V
ya.l
) va linza shaklidagi qatlamlarning (V
l
) yig’indisidan 
iborat, degan fikrga asoslangan. 
Agar qatlam ta’minot chegarasining ikki qismidan chiqqan 
bg’lsa, uning uzluksizligi shundan ifodalanadi va unga ikki tomondan 
ta’sir g’tkazish imkoni mavjud, qatlam yarim linza shaklida bg’lganda u 
faqat bitta chegarada kg’rinadi, demak unga bir tomondan siqib 
chiqarishni yg’naltirish mumkin. Linza esa, hech qaerda uning 
chegarasi chiqmagan va u umuman ajralgan hollarda mavjud. SHu 
sabab birinchi holatda (uzluksiz qatlam) qatlam aksariyat tasir 
g’tkazish mumkin, ikkinchi holda esa unga faqat bir tomondan ta’sir 
g’tkazilganligi tufayli qamralganlik darajasi tg’liq bg’lolmaydi. 
Uchnnchi holatda esa unday linzalarga g’tkazish imkoni yg’q, 
shuning uchun ular qamrov ta’siridan chetga qoladilar. 
SHuning uchun qamralganlik koeffitsientini quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
K
q
= (V
n
+

V
ya.d
)*/V
u



134 
bu erda: K
q
-qamralganlik koeffitsienti; 

- yarim linzaning qamranmagan qismini hisobga oluvchi 
koeffitsient; 
V
u
- ob’ektning umumiy hajmi. 
Kuzatishlar kg’rsatadiki, chegara ichi suv haydash usulida 
yarim linza va linzalar ma’lum darajada ta’sir bilan egallangan, demak 
bunda umumiy qamranish darajasi avvalgidan ancha ortiq. Demak, 
uyumni bg’laklarga bg’lish jarayoni uni qamrash imkonini, ya’ni ta’sir 
kg’rsatish imkonini ancha oshirar ekan. 
SHuni ta’qidlash lozimki, g’zining tuzilishi murakkab va notekis 
bg’lgan qatlam linza, yarim linzalardan tashkil topgan ob’ektni qazib 
chiqarshida unga ta’sir doirasini har bir quduq orqali geofizik usullar 
bilan tahlil qilish va haydalgan suv qay darajada ularga etib 
kelganligini bilish mumkin. 
Qatlamni qazib chiqarish jarayonida aksariyat yil oxirida 
qatlamning haydalgan suv bilan qamralganlik darajasini kg’rsatuvchi 
faktga asoslangan qamralganlik xaritasi tuziladi. Bunday xaritani 
tuzishdan maqsad qg’llanayotgan usulning samaradorligini 
chamalash va uning ta’sirini yanada oshirish uchun rejalar uylash va 
asoslash uchundir. Bunday xaritani tuzish vaqtida unga barcha 
ma’lumotlani mujassam qilish hamda uni atroflicha tahlil qilish taqozo 
etiladi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling