Energetik sharoitlari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

 
 
10.5.1. Neft uyumlarini ishlatish jarayonida mahsuldor qatlamni suv 
bostirishini nazorat qilish 
Neft uyumlarini qazib chiqarish jarayonida mahsuldor
qatlamlarni suv bostirishini o’rganish ularni qazib chiqarishni nazorat 
va tahlil qilishdagi eng muhim vazifalaridandir. Qatlamning 
to’laligicha suv bilan qamralishi, demak, undan olinadigan zapasning 
mukammalligi- 
qatlamga 
kiradigan 
suvning 
harakat 
qilish 
xususiyatlariga bog’liqdir. Qatlamdagi suvning harakati har omillarga 
bog’liq bg’lib, shulardan eng muhimlari neftli uyumning tuzilishi,
qazib 
chiqarish sistemasi, hamda neftning hamda uning siqib chiqaruvchi 
suvning xususiyatlariga bog’liqdir. 
Uyumlarning turiga va unga ta’sir qilish xususiyatiga qarab 
qatlamga suvning kirishi har hil omillarga borlik bo’lishi mumkin, 
chunonchi dastlabki suv neft zonasidan suv neft chegarasining 
surilishi hisobiga, ichki suv neft chegarasining surilishi hisobiga, bunda 
neftli zona torayib, suv-neftli zona kengayadi (bunday hollar juda 
yotiq uyumlarda sodir bo’lishi mumkin), hamda haydovchi quduqlarga 
suv
haydash natijasida sodir bo’ladi. 
YUqorida keltirilganlardan ikki holatda suvning qatlamga 
kirishi suv-neft chegarasining surilishi natijasida ro’y beradi. Bunday 
holat yuz berishiga qatlamning tabiiy rejimi sababchi bo’lishi yoki 
chegaradan tashqari yoki chegara yonidan suv haydash usullari 
qo’llangan hollarda ro’y beradi. 
Tabiiy sharoitlarning turli-tumanligi va qatlamga ta’sir 
kilishning turlari tufayli yuqorida keltirganimiz holatlar birgalikda o’zi 
alohida namoyon bo’lishi mumkin. Neftning unga haydaladigan 
suvning xususiyatlariga qarab hamda qatlamning notekisligi tufayli 
suv-neft chizig’ining holati yoki suv-neft chegarasining holati har xil 
shaklda namoyon bo’lishi mumkin. 


141 
Suv-neft yuzasining joriy shakli-suv bilan siqib chiqarilishi 
jarayoni neft va suvlar o’rtasidagi qovushqoqlik-ning farqiga, qatlam 
kollektorlik xususiyatlarining o’zgaruv-chanligiga bog’liq bo’lib, har 
shaklga va holatga ega bo’lishlari mumkin.
Aksariyat ular holatiga 
haydaladigan suv va olinadigan suyuqlik nisbatlari ham ta’sir qiladi. 
Tabiiyki, monolit kollektorlarda suv va neftning qovushqoqligi bir-
biriga yaqin bo’lsa, neft suv chizig’i tekis suriladi, lekin tabiatda 
bunday hodisa juda kam uchraydi, shuning uchun u chiziq -dastlabki 
holatidan ancha o’zgarishga uchrashi mumkin. 
Neft va suv qovushqoqligi birdan kichik bg’lgan hollarda (

0

1) tashqi neft-suv harakati ichkarisinikiga nisbatan tezroq sodir buladi, 
natijada suv-neft zonasining- hajmi kichrayadi, hamda dastlab 
gorizontal bo’lgan suv neft chegarasi voronka shaklida kelib qoladi. 
Xuddi shunday hol Molgobek-Voznestskiy konini qazib chiqarish 
jarayonida amalda kuzatilgan. SHuni qayd etish lozimki, bunday 
vaqtlarda neftning qovushqoqligi kamaygan sari suv-neft chizig’ining 
holati tikkalashaveradi. 
Bunday hollarda uyumni ishlatish juda muvaffaqiyatli kechadi, 
quduqlar uzoq vaqt suvsiz ishlaydi, suv bilan qamralganlik darajasi 
juda yuqori bo’ladi. Quduqlarga ichki chegara yaqinlashib kelgach, 
ularni tezlikda suv bosadi va mutlaqo suvga aylanadi. Bunday hollarda 
quduqning suvsiz ishlagan muddati suv bilan ishlagan muddatidan 
ancha ko’p bo’ladi. Qatlamning notekisligi suv-neft chegarasining 
surilishiga deyarlik ta’sir ko’rsatmaydi. Bunday holat YArino-
Kamennolojskiy konining YAsnopolyanskiy uyumini qazib chiqarishni 
kuzatishda yaqqol namoyon bo’lgan. 
Neft va suv qovushqoqligi ortgan hollarda (

0
=2-2,5) monolit 
hamda bir tekis tog’
jinslarida suv-neft chizig’ining harakati deyarlik 
yuqorida bayon qilingandek bo’ladi. Bunda qo’shimcha quduqlar 
qazilmagan holda mo’ljaldagi neftning olishga muvaffaq bo’lingan. 
Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, bunday hollarda qatlamning 
notekisligi o’z ta’sirini ko’rsatar
ekan, aksariyat agar qatlamlar linza 
ko’rinishida bo’lsa va ular orasida o’tkazmaydigan qatlamlar mavjud 
bo’lsa, buning ta’siri sezilarli bg’lar ekan. YUqorida keltirgan 
misolimizda uyumning shimoliy qismida mahsuldor qatlam 


142 
qatlamchalarga bo’lingan holat kuzatiladi va bunda suv-neft 
chizig’ining surilish ko’rinishi g’zgarib, u past-baland shaklni egallagan. 
Bu erda ichki chegara chizig’i
tashqarisidan kg’ra tezroq surilganligi 
kuzatiladi. Albatta bunday hollarda qatlamni qamralish darajasi 
kamroq bo’ladi, ma’lum joylarda o’tkazmaydigan qatlamchalar 
mavjudligi tufayli neftlar qolib ketadi. 
Neft va gaz qovushqoqligi nisbati oshgan sari (

0
>3) ichki 
chegara chizig’ining surilishi tashqarisiga nisbatan tezroq bulib, suv-
neftli zonaning maydoni ortadi. CHunonchi buni Muxanova konidagi 
S-1 qatlam misolida ko’rishimiz mumkin. Qatlam monolit holatda 
bo’lib, unda 

0
>3 hamda u tabiiy suv, siquvi rejimida ishlagan. 
Monolit qatlamdagi suv-neft chegarasi tg’nkarilgan kosa shaklini 
oladi. 
Qatlamda o’tkazmaydigan qatlamchalar mavjudligida emas, 
ularning ta’siri bilinib, chegara past-baland murakkab shaklini oladi. 
Bunday hollarda neft-suv chizig’ining kg’tarilishi qiyinlashadi yoki 
butunlay to’xtaydi. 
SHunday hollarda neftning siqib chiqarilishi darajasi 
kamayadi, neft-suvli zonalardan uning olinishi kamayadi, unday 
hollarda ma’lum joylarda ko’shimcha quduqlar qazilishi taqozo etiladi. 
Neft va suv qovushqoqligi nisbati (

0
>5) beshdan ortiq 
bo’lgan hollarda suvning harakati ancha tezlashib, u aksariyat yaxshi 
o’tkazuvchan qatlamchalardan sodir bo’ladi. 
Bunday holatlarda suvning siqib chiqaruvchanlik qobiliyati 
ancha pasayadi, qatlamda quduqlar suvsiz ozgina muddat ishlaydilar, 
so’ngra ular suv va neft bilan ishlay boshlaydilar. Suvning suyuqlikdagi 
miqdori orta boradi, lekin bunday quduqlar o’nlab yillar davomida 
neft va suv bilan ishlayverishi mumkin. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling