Energetik sharoitlari


 Mahsuldor qatlamlarni suv bostirishni


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

10.5.2. Mahsuldor qatlamlarni suv bostirishni
nazorat qilish 
 
Mahsuldor qatlamni qazib chiqarishni nazorat qilish ishlatish 
ob’ektidagi jarayonning hamma bosqichlarida suv harakati 
xususiyatlarini kuzatishni ko’zda tutadi va shu boradagi ma’lumotlarni 
to’plash hamda umumlashtirishni taqozo etadi. Kuzatishlarning 
oqilona majmuasi geologik fizik sharoitlar, qo’llanadigai qazib 
chiqarish sistemasi va suv kirish qonuniyatlariga bog’liq bo’ladi. Juda 
aniq nazoratgina va suv harakatlarini boshqarish suv siqish natijasida 
olib boriladigan qazib chiqarish jarayonining samaradorligini 
ta’minlash mumkin. 
Suv haydashning pirovard natijalari shulardan iborat: 
Ma’lum vaqtda (asosan yil boshiga) haydalayotgan suv bilan 
neft chegarasini yoki xozirgi kundagi neft-suv chegarasini aniq bilish, 
qatlamlardagi suv harakati tezligini aniqlash, suv haydalgan hajmdagi 
neft beruvchanlikni aniqlash. 
Bunday vazifalarni quduqlarni turli usullar bilan tadqiq qilish 
natijasida bajariladi. Hozirgi kunda neft-suv chegarasini aniq ko’rsatib 
beruvchi tadqiqotlar mavjud emas. SHuning uchun aksariyat 
tadqiqotlar majmuasidan foydalanish taqozo etiladi. Ularning 
ma’lumotlarini birgalikda tahlil qilinganda neft-suv holatini aniqlash 
mumkin bo’ladi. Albatta bunday usullarning har bir kon va qatlam 
uchun o’ziga xosligi bor, shuning uchun ularda o’z nazorat usulini 
qo’llash maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi kunda qatlamga suv haydashni nazorat qilishni 
ko’pgina usullari ishlab chiqilgan va tajribada qo’llanilmoqda. Bular 


145 
to’g’ridan-to’g’ri kuzatish (ya’ni quduqlarni suv bosish jarayonini 
bevosita kuzatish), gidrokimyoviy va kon-geofizika usullari hamda turli 
geologik-kon ma’lumotlarini tartiblash-tirish va umumlashtirishga 
asoslangan yordamchi-qo’shimcha usullardir. 
Quyida eng samarador usullarni ko’ramiz. 
Quduqlarni suv bosganligini nazorat qilish usuli-ularni doimo 
kuzatish natijasida suvning etib kelganlik darajasini aniqlashdan 
iborat. Bu usul eng oddiy bo’lib, maxsus asbob-uskuna talab qilmaydi. 
Quduqdan olingan suvning tarkibi laboratoriya sharoitida 
o’rganiladi. SHunga qarab etib kelgan suvning vaqti belgilanadi, uning 
miqdori aniqlanadi (suv %), suvning kimyoviy tarkibi, uning 
mineralizatsiyasi aniqlanadi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling