Energetik sharoitlari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

Gidrokimyoviy usullar- neft bilan birga chiqadigan yuldosh 
suv kimyoviy tarkibni nazorat qilishga asoslangan. 
Bu ishlar mahsulot tarkibidagi suv miqdorini nazorat qilish 
bilan birga olib boriladi. Bunda asosan suvda erigan tuzlar, suvning 
zichligi, e’tiborga loyiq tarkibda o’zgarishlar, agar haydovchi suvga 
belgili mahsulot (indikator) qo’shilgan bo’lsa shuning mavjudligi 
aniqlaniladi. 
SHuni e’tibordan qochirmaslik lozimki, quduqda paydo 
bo’lgan suv texnik sabablar tufayli ham sodir bo’lishi mumkin 
(kolonnaning germetik bo’lmaganligi tufayli va shu kabi boshqa 
sabablar bilan). Bunday hollarda quduqdagi suvning siqib chiqarish 
jarayoniga aloqasi bo’lmaydi. 
Undan tashqari quduqning joylashgan joyi va shunga o’xshash 
sabablarga binoan bo’ladigan quduqdagi suvning ham haydash 
jarayoniga (siqib chiqarish) aloqasi yo’q bo’ladi va ular ham inobatga 
olinmaydi. Texnik suvlarning oqish joyini quduqlarda radiometrik, 
akustik va termometrik usullar bilan aniqlanadi va suvlarni to’xtashish 
chorasi ko’riladi. Kolonna orqasidagi tsirkulyatsiyani aniqlash 
radioaktiv usullar bilan (masalan: tsirkoniy–95 qo’llash) muvaffaqiyatli 
olib boriladi. Bunday misollar amalda Boshqiriston, Tataristonnig neft 
konlarida ko’p uchragan. 
Suvni kirib borishini nazorat qilish bir qatlamli ob’ektlarda 
muvaffaqiyatli natijalar beradi. Buni kuyidagicha izohlash mumkin: 


146 
neft-suvli zonada joylashgan quduqlar ma’lumki, faqat neftli oraliqda 
otiladi. Demak, unday quduqning suv bosishi suv-neft chegarasining 
ko’tarilishi bilan bog’langan bo’ladi. Undan tashqari yuqori 
o’tkazuvchanlik xususiyatlariga ega bo’lgan hollarda (aksariyat vertikal 
va gorizontal o’tkazuvchanlik keng bo’lgan hollarda) quduq tubida 
anchagina bosim farqi mavjud bo’lgaligi suv konusi hosil bo’lishi 
mumkin.
Bunday holda paydo bo’lgan suvni siqib chiqarish jarayoniga 
aloqasi yo’q. 
Quduqda qatlam suvining ichki chegara ichidagi quduq tubida 
paydo bo’lishi ichki chegaraning surilishidan dalolat. Aksariyat 
quduqlar 95-98% suv bosganda to’xtatiladigan hisoblanadi, shuning 
uchun bunday hisoblarni taxminan chamalasa bo’ladi. 
Haydalayotgan suvning oluvchi quduqlarda paydo bo’lishi suv 
chizig’ining dastlabki holatini ifodalash mumkin, lekin bunday 
qatlamning butun qalinligi bo’yicha shunday holat sodir bo’layapti, 
deb o’ylash mumkin emas. 
Qatlamdagi suv haroratini nazorat qilsh bir qatlamni 
ob’ektlarda yaxshi natijalar beradi, ko’p qatlamli ob’ektlarda ularning 
samaradorligi kamroq. Ko’p qatlamli ob’ektlarda bunday kuzatuvlar 
ma’lum bir qatlam buyicha olib borilsa, biror natijaga erishish 
mumkin. 
Bunday nazoratning samaradorligi qatlam neft va suv 
qovushqoqligi nisbati darajasiga ham bog’liq. Agar bu nisbat 1,5-2 dan 
ortadigan bo’lsa, quduqlar juda yuqori darajada suv berayotgan 
bo’lsa ham, ba’zi joylarda qolib ketgan neft bo’lishi muqarrar. 
Qatlamni suv bostirishni nazorat qilishning geofizik usullarini 
asosan ikkiga bo’lish mumkin: ochiq quduqlarda o’tkaziladigan 
elektrometriya va boshqa tadqiqot usullari (yangi quduqlarni qazish 
jarayonida), kolonna tushirilgan holatlarda qilinadigan radiometrik 
tadqiqotlar. 
Ochiq quduqlar bunday uyumlarda aksariyat keng qazishga 
mo’ljallangan quduqlar bo’lib, ular qo’shimcha va baholovchi 
quduqlar bo’lishi mumkin hamda ulardan juda muhim ma’lumotlar 
olsa bo’ladi. Ularda standart karotajning bir qancha usullaridan 
foydalanilgan holda suv-neft chegarasining hozirgi holatini aniqlash 


147 
mumkin bo’ladi. Agar tadqiq qilinayotgan quduqlardan qatlamga 
xaydalgan suv o’tgan bo’lsa, undagi dastlabki neftga shimilgan 
oraliqlarni aniqlash murakkablashadi. 
Neft-suv chegarasinn aniqlash va nazorat qilishning asosiy 
usuli neytron usulidir. Bu tadqiqotlarning kolonna tushirilgan 
quduqlarda olib borsa bo’ladi va ular yordamida qatlam haydalgan 
chuchuk suv bilan shimilganini yoki qatlamning uzidagi yuqori 
mineralizatsiyali sho’r suv bilan shimilganli-gini aniqlash imkonini 
beradi. Ba’zan neytron usullar majmuasini ko’llash taqozo etiladi. 
Bunday usullarni nasos kompressor quvurlari orqali favvorali 
quduqlarda ham bajarish mumkin. 
Bu usul bilan otilmagan qatlamlarning holatini anchagina 
aniqlik bilan bilish mumkin. Neytron gamma karotaj usuli bilan ishlab 
turgan quduqlarning suv bosish jarayonini nazorat qilib bo’lmaydi, 
chunki ulardagi suvda mavjud xlor miqdori tez o’zgarib turishi tufayli 
xaqiqiy ahvolni aks ettirmasligi mumkin. 
Xullas, suv xaydalayotgan qatlamdan suvning siljishi va uning 
oluvchi quduqlarga kelganligini bilish, ularning miqdorini aniqlash, 
umuman shu jarayonni kuzatishning usullari ko’pgina, lekin har bir 
usulda ham o’ziga yarasha kamchiliklar mavjud bo’lgan taqdirda ham 
usullar majmuasidan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi. 
Bu ishlarni o’rganish va ma’lumotlarni umumlashtirish-dan 
asosiy maqsad qatlamda qolayotgan neft miqdorini aniqlashga 
qaratilgan bo’ladi. Buning suv bosish holatini ko’rsatuvchi suv-neft 
chegarasining holatini ko’rsatuvchi, qoldiq neftga shimilganlik 
darajasini ko’rsatuvchi va boshqa yana maxsus xaritalar tuzish lozim 
bo’ladi. 
Bunday xaritalarning har birini aloxida va ba’zan bir-birini 
to’ldirish imkoni bo’lganda birining ustiga ikkinchisini tushirgan holda 
tuzish ham mumkin. Albatta har bir quduqda har xil usullar bilan 
olingan ma’lumotlar o’z aksini topishi lozim. Natijada komleks 
ma’lumotlar ma’lum bir xulosalar chiqarish imkoni bo’ladi. Tuzilgan 
har xil xaritalarga suyangan holda qatlamning qazib chiqarish
xaritasiga uning suv bilan qamralganligini ko’rsatuvchi xarita (xarita 
oxvata) tuziladi. Bunda hozirgi ahvoldagi neft-suv chegaralari aks 


148 
ettirilgan bo’ladi hamda shunga qarab qatlamning mezo notekisligi 
belgilanadi, xaritada har bir quduq yonida o’tkazilgan tadqiqotlar 
majmuasi aks ettiriladi. Undan tashqari oluvchi quduqlarning debiti
undan olingan neftning umumiy miqdori, quduqning suvlanganlik 
darajasi ko’rsatiladi. Agar xaydovchi quduq to’g’risida gap ketsa, o’sha 
haydalgan suvning umumiy miqdori ko’rsatiladi. Undan tashqari 
qatlamga haydalgan suvning egallashi mumkin bo’lgan maydoni (5) 
ham ko’rsatiladi. Bu ko’rsatkich kuyidagicha aniqlanadi: 
S=V/(h.m/k
n
.*

m
), 
bu erda: V-quduqqa xaydalgan suv xajmi; 
h-qatlamning shu quduqdagi o’rtacha kalinligi; 
m -qatlamning g’ovakligi; 
K
n
-qatlamning suv bosgan qismidagi neftga shimilganlik; 

m
-suv haydalgan qismdagi mo’ljallangan taxminiy neft 
beruvchanlik. 
Suv haydash natijalarini tadqiq qilish qatlamning qazib 
chiqarish holati bilan bog’lanadi va barcha ma’lumotlar qatlamda 
qanday joylar suv ta’sirida xoli qoladi, unda qancha neft mavjud, bu 
erlardan neftni chiqarish uchun qanday tadbirlar taqozo etiladi
buning uchun qancha va qaerlarga qo’shimcha quduqlar qaziladi va 
shu kabilar tavsiya etiladi. 
O’rganilayotgai ob’ekt ko’p qatlamli bo’lsa, yuqorida tavsiya 
etilgan xaritalar har bir qatlam uchun alohida tuzilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Qatlamning tuzilishiga, unga qabul qilingan qazib chikarish 
tartibiga, neft suv bilan siqib chiqarishning xususiyatlariga va yig’ilgan 
ma’lumotlarning soni hamda sifatiga qarab suv bostirish xaritasi har 
xil mufassallik darajasida tuzilishi mumkin. Masalan, neft qatlamdan 
tabiiy suvlar hamda unga haydalgan suvlar yordamida siqib 
chiqarilgan. Suv-neft chegarasining ko’tarilishi natijasida mahsulot 
olingan, shuning uchun bu holatda ko’prok har xil zonalar mavjud. 
Ba’zi quduqlarda qoldiq neftga shimilganlik darajasi ham ko’rsatilgan. 


149 
Suv bosganlik xaritasi qazib chiqarish jarayonini boshqarishda, 
quduqlarning suv bosishini oldindan chamalash uchun hamda neft 
beruvchanlikning suv bosgan zonadagi ko’rsatkichning chamalash 
vaqtlarida juda asqotadi. Bunday xaritalar neft qazib chiqarishning 
oxirgi bosqichida katta ahamiyat kasb etadi va qaysi joylarda qoldiq 
neft zonalari borligini ko’rsatib berishga yordam beradi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling