Energetik sharoitlari
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
5-bob kitobcha
Gidrokimyoviy usullar- neft bilan birga chiqadigan yuldosh
suv kimyoviy tarkibni nazorat qilishga asoslangan. Bu ishlar mahsulot tarkibidagi suv miqdorini nazorat qilish bilan birga olib boriladi. Bunda asosan suvda erigan tuzlar, suvning zichligi, e’tiborga loyiq tarkibda o’zgarishlar, agar haydovchi suvga belgili mahsulot (indikator) qo’shilgan bo’lsa shuning mavjudligi aniqlaniladi. SHuni e’tibordan qochirmaslik lozimki, quduqda paydo bo’lgan suv texnik sabablar tufayli ham sodir bo’lishi mumkin (kolonnaning germetik bo’lmaganligi tufayli va shu kabi boshqa sabablar bilan). Bunday hollarda quduqdagi suvning siqib chiqarish jarayoniga aloqasi bo’lmaydi. Undan tashqari quduqning joylashgan joyi va shunga o’xshash sabablarga binoan bo’ladigan quduqdagi suvning ham haydash jarayoniga (siqib chiqarish) aloqasi yo’q bo’ladi va ular ham inobatga olinmaydi. Texnik suvlarning oqish joyini quduqlarda radiometrik, akustik va termometrik usullar bilan aniqlanadi va suvlarni to’xtashish chorasi ko’riladi. Kolonna orqasidagi tsirkulyatsiyani aniqlash radioaktiv usullar bilan (masalan: tsirkoniy–95 qo’llash) muvaffaqiyatli olib boriladi. Bunday misollar amalda Boshqiriston, Tataristonnig neft konlarida ko’p uchragan. Suvni kirib borishini nazorat qilish bir qatlamli ob’ektlarda muvaffaqiyatli natijalar beradi. Buni kuyidagicha izohlash mumkin: 146 neft-suvli zonada joylashgan quduqlar ma’lumki, faqat neftli oraliqda otiladi. Demak, unday quduqning suv bosishi suv-neft chegarasining ko’tarilishi bilan bog’langan bo’ladi. Undan tashqari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatlariga ega bo’lgan hollarda (aksariyat vertikal va gorizontal o’tkazuvchanlik keng bo’lgan hollarda) quduq tubida anchagina bosim farqi mavjud bo’lgaligi suv konusi hosil bo’lishi mumkin. Bunday holda paydo bo’lgan suvni siqib chiqarish jarayoniga aloqasi yo’q. Quduqda qatlam suvining ichki chegara ichidagi quduq tubida paydo bo’lishi ichki chegaraning surilishidan dalolat. Aksariyat quduqlar 95-98% suv bosganda to’xtatiladigan hisoblanadi, shuning uchun bunday hisoblarni taxminan chamalasa bo’ladi. Haydalayotgan suvning oluvchi quduqlarda paydo bo’lishi suv chizig’ining dastlabki holatini ifodalash mumkin, lekin bunday qatlamning butun qalinligi bo’yicha shunday holat sodir bo’layapti, deb o’ylash mumkin emas. Qatlamdagi suv haroratini nazorat qilsh bir qatlamni ob’ektlarda yaxshi natijalar beradi, ko’p qatlamli ob’ektlarda ularning samaradorligi kamroq. Ko’p qatlamli ob’ektlarda bunday kuzatuvlar ma’lum bir qatlam buyicha olib borilsa, biror natijaga erishish mumkin. Bunday nazoratning samaradorligi qatlam neft va suv qovushqoqligi nisbati darajasiga ham bog’liq. Agar bu nisbat 1,5-2 dan ortadigan bo’lsa, quduqlar juda yuqori darajada suv berayotgan bo’lsa ham, ba’zi joylarda qolib ketgan neft bo’lishi muqarrar. Qatlamni suv bostirishni nazorat qilishning geofizik usullarini asosan ikkiga bo’lish mumkin: ochiq quduqlarda o’tkaziladigan elektrometriya va boshqa tadqiqot usullari (yangi quduqlarni qazish jarayonida), kolonna tushirilgan holatlarda qilinadigan radiometrik tadqiqotlar. Ochiq quduqlar bunday uyumlarda aksariyat keng qazishga mo’ljallangan quduqlar bo’lib, ular qo’shimcha va baholovchi quduqlar bo’lishi mumkin hamda ulardan juda muhim ma’lumotlar olsa bo’ladi. Ularda standart karotajning bir qancha usullaridan foydalanilgan holda suv-neft chegarasining hozirgi holatini aniqlash 147 mumkin bo’ladi. Agar tadqiq qilinayotgan quduqlardan qatlamga xaydalgan suv o’tgan bo’lsa, undagi dastlabki neftga shimilgan oraliqlarni aniqlash murakkablashadi. Neft-suv chegarasinn aniqlash va nazorat qilishning asosiy usuli neytron usulidir. Bu tadqiqotlarning kolonna tushirilgan quduqlarda olib borsa bo’ladi va ular yordamida qatlam haydalgan chuchuk suv bilan shimilganini yoki qatlamning uzidagi yuqori mineralizatsiyali sho’r suv bilan shimilganli-gini aniqlash imkonini beradi. Ba’zan neytron usullar majmuasini ko’llash taqozo etiladi. Bunday usullarni nasos kompressor quvurlari orqali favvorali quduqlarda ham bajarish mumkin. Bu usul bilan otilmagan qatlamlarning holatini anchagina aniqlik bilan bilish mumkin. Neytron gamma karotaj usuli bilan ishlab turgan quduqlarning suv bosish jarayonini nazorat qilib bo’lmaydi, chunki ulardagi suvda mavjud xlor miqdori tez o’zgarib turishi tufayli xaqiqiy ahvolni aks ettirmasligi mumkin. Xullas, suv xaydalayotgan qatlamdan suvning siljishi va uning oluvchi quduqlarga kelganligini bilish, ularning miqdorini aniqlash, umuman shu jarayonni kuzatishning usullari ko’pgina, lekin har bir usulda ham o’ziga yarasha kamchiliklar mavjud bo’lgan taqdirda ham usullar majmuasidan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bu ishlarni o’rganish va ma’lumotlarni umumlashtirish-dan asosiy maqsad qatlamda qolayotgan neft miqdorini aniqlashga qaratilgan bo’ladi. Buning suv bosish holatini ko’rsatuvchi suv-neft chegarasining holatini ko’rsatuvchi, qoldiq neftga shimilganlik darajasini ko’rsatuvchi va boshqa yana maxsus xaritalar tuzish lozim bo’ladi. Bunday xaritalarning har birini aloxida va ba’zan bir-birini to’ldirish imkoni bo’lganda birining ustiga ikkinchisini tushirgan holda tuzish ham mumkin. Albatta har bir quduqda har xil usullar bilan olingan ma’lumotlar o’z aksini topishi lozim. Natijada komleks ma’lumotlar ma’lum bir xulosalar chiqarish imkoni bo’ladi. Tuzilgan har xil xaritalarga suyangan holda qatlamning qazib chiqarish xaritasiga uning suv bilan qamralganligini ko’rsatuvchi xarita (xarita oxvata) tuziladi. Bunda hozirgi ahvoldagi neft-suv chegaralari aks 148 ettirilgan bo’ladi hamda shunga qarab qatlamning mezo notekisligi belgilanadi, xaritada har bir quduq yonida o’tkazilgan tadqiqotlar majmuasi aks ettiriladi. Undan tashqari oluvchi quduqlarning debiti, undan olingan neftning umumiy miqdori, quduqning suvlanganlik darajasi ko’rsatiladi. Agar xaydovchi quduq to’g’risida gap ketsa, o’sha haydalgan suvning umumiy miqdori ko’rsatiladi. Undan tashqari qatlamga haydalgan suvning egallashi mumkin bo’lgan maydoni (5) ham ko’rsatiladi. Bu ko’rsatkich kuyidagicha aniqlanadi: S=V/(h.m/k n .* m ), bu erda: V-quduqqa xaydalgan suv xajmi; h-qatlamning shu quduqdagi o’rtacha kalinligi; m -qatlamning g’ovakligi; K n -qatlamning suv bosgan qismidagi neftga shimilganlik; m -suv haydalgan qismdagi mo’ljallangan taxminiy neft beruvchanlik. Suv haydash natijalarini tadqiq qilish qatlamning qazib chiqarish holati bilan bog’lanadi va barcha ma’lumotlar qatlamda qanday joylar suv ta’sirida xoli qoladi, unda qancha neft mavjud, bu erlardan neftni chiqarish uchun qanday tadbirlar taqozo etiladi, buning uchun qancha va qaerlarga qo’shimcha quduqlar qaziladi va shu kabilar tavsiya etiladi. O’rganilayotgai ob’ekt ko’p qatlamli bo’lsa, yuqorida tavsiya etilgan xaritalar har bir qatlam uchun alohida tuzilishi maqsadga muvofiqdir. Qatlamning tuzilishiga, unga qabul qilingan qazib chikarish tartibiga, neft suv bilan siqib chiqarishning xususiyatlariga va yig’ilgan ma’lumotlarning soni hamda sifatiga qarab suv bostirish xaritasi har xil mufassallik darajasida tuzilishi mumkin. Masalan, neft qatlamdan tabiiy suvlar hamda unga haydalgan suvlar yordamida siqib chiqarilgan. Suv-neft chegarasining ko’tarilishi natijasida mahsulot olingan, shuning uchun bu holatda ko’prok har xil zonalar mavjud. Ba’zi quduqlarda qoldiq neftga shimilganlik darajasi ham ko’rsatilgan. 149 Suv bosganlik xaritasi qazib chiqarish jarayonini boshqarishda, quduqlarning suv bosishini oldindan chamalash uchun hamda neft beruvchanlikning suv bosgan zonadagi ko’rsatkichning chamalash vaqtlarida juda asqotadi. Bunday xaritalar neft qazib chiqarishning oxirgi bosqichida katta ahamiyat kasb etadi va qaysi joylarda qoldiq neft zonalari borligini ko’rsatib berishga yordam beradi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling