Energetik sharoitlari


 Qazib chiqarishni tartibga solishning negizlari


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

11.1 Qazib chiqarishni tartibga solishning negizlari 
Uyumni qazib chiqarshni tartibga solishning asosi qatlamdagi 
suyuqliklarni quduqlar tartibi bilan tg’laroq ishga tushirish va 
quduqlarga oqib kelishini ta’minlashga qaratilgandir. Har xil holatlarda 
buning g’z negizlari bor. 
Neft konlarida agar ob’ekt bitta qatlamdan iborat bg’lsa 
hamda uning kollektorlik hususiyatlari yaxshigina bg’lib, neftning 
qovushqoqligi uncha katta bg’lmasa, qatlam tabiiy suv siquvi rejimida 
ishlasa yoki unga suv haydash bilan ishga tushirilayotgan bg’lsa, qazib 
chiqarishni tartibga solish asosan markaziy qatorga neft-suv 
chizig’ining bir tekis etib kelishini ta’minlashga qaratilmog’i lozim 
bg’ladi.
Bunday holatga amalda haydovchi quduqlarning deyarli bir xil 
qabul qiluvchi xususiyati va oluvchi quduqlarning deyarli bir xil 
mahsuldorligi ta’min qilingan sharoitda erishish mumkin. Bunday 
holatda chegaraning bir tekis surilishi neftning kam yg’qotilishiga olib 
keladi, aksincha notekis qatlamlarda va boshqa murakkabliklar 
mavjud bg’lganda neftning qolib ketishi anchani tashkil qilishi 
mumkin. 
Bir qatlamli kam qovushqoq neftli qatlamning kollektorlik 
xususiyati g’zgaruvchan bg’lgan holatda bir tekis sg’rilish 


152 
(drenirovaniya)ga erishib bg’lmaydi, chunki haydovchi quduqlarning 
qabul qiluvchanligi va oluvchi quduqlardan olinadigan neft miqdori 
har xil bg’lishi turgan gap. Bularni tartibga solish, ya’ni quduqlarning 
mahsuldorligini tenglash-tirishga erishish mumkin emas, chunki kam 
mahsuldor 
quduqlar 
mahsuldorligini 
orttirish 
amri 
mahol, 
mahsuldorlarning quvvatini kamaytirish maqsadga muvofiq emas, bu 
butun ob’ekt bg’yicha olish miqdorini kamaytirib yuboradi. 
SHunday geologik sharoitlarda asosiy maqsad mahsuldor 
maydonlardan iloji boricha kg’proq neft chiqarishga erishishga 
harakat qilishdir. Bunday holatlarda haydaladigan suv birinchi galda 
mahsuldor maydonlardagi neftni siqib chiqaradi va g’sha joylarni 
egallaydi. Bunda qatlamni haydovchi quduqlar bilan kesish va boshqa 
usullar bilan suv haydash ishlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Ma’lum vaqtdan sg’ng suvga aylangan oluvchi quduqlarni 
haydovchiga aylantirish ham qatlamdan olinadigan suyuqlikni 
jadallashtirishga yordam beradi. 
Kg’p qatlamli ob’ektlarda asosiy maqsad hamma qatlamchalar 
orqali suv bilan neft chegarasini bir tekis harakatini - surilishini 
ta’minlashga erishishdir. Lekin amalda bunga erishish deyarli mumkin 
emas, chunki hamma qatlamlarning kollektorlik xususiyatlari  ularning 
kattaligi bir xil bg’lishi mumkin emas. SHuning uchun bunday 
ob’ektlarni qazib chiqarishni tartibga solish ularning litologik 
xususiyatlarini inobatga olgan holda olib boriladi. Bunday ahvollarda 
agar qatlamlarning g’tkazuvchanligi pastdan yuqoriga qarab orta 
borsa, pastki qatlamlarni chiqarishni yuqoridagisiga nisbatan 
tezlashtirish usuli bilan olib borilishi maqsadga muvofiq. Bunda eng 
pastki qatlamdan jadallik bilan mahsulot olinadi va shu tariqa 
yuqoridagilarga galma - galdan g’ta boriladi. Bunda tepadagi 
qatlamlardan past sur’at bilan mahsulot olinsada, natijada keyinchalik 
etishib ketadi, chunki pastki qatlamdan quduqlar yuqorisiga 
qaytariladi. SHunday usulda Minniboy konining D-I qatlami, Janubiy 
Romashkino va Romashkino konining ba’zi maydonla-rida kg’p 
qatlamli ob’ektlar amalda qazib chiqarilgan. 
Kg’p qatlamli ob’ektlarda qazib chiqarishni tartibga solish 
kg’proq zahirasi mavjud bg’lgan mahsuldor qatlamlarni ishga 


153 
tushirishni jadallashtirishga qaratilishi lozim degan tushuncha ham 
mavjud. Bunda qatlam qaerda joylashganligiga qaramasdan uni ishga 
tushirish 
tezlashtiriladi. 
Albatta 
bunda 
g’sha 
jarayonni 
jadallashtirishning barcha imkoniyatlari qg’llanishi maqsadga 
muvofiqdir. Bunday usulni
Romashkino konining SHarqiy-Suleevskiy 
maydonidagi D-I qatlamini qazib chiqarishga muvaffaqiyatli 
qg’llangan. Bunda eng yaxshi qatlam yuqorida joylashgan bg’lib, 
zahiralarning 45% ni g’zida jamlagan edi. Pastki qatlamlarda zahira 
ham ancha kam va ularning g’tkazuvchanligi ancha past edi. Pastki 
qatlamlardan olishni oshirishga harakat qilingan holda yuqoridagi 
qatlamdan olishni jadallashtirgan holda ishlatish davom ettirilgan. 
Qatlamlarning notekisligi keskin farqlangan holat-larda qazib 
chiqarishni tartibga solish ulardan olinishi mumkin bg’lgan sharoitni 
iloji boricha bir - biriga yaqinlashtirgan holatga erishishdan iboratdir. 
Katta qalinlikka ega bg’lgan massivli uyumlardagi holatda suv-
neft chegarasini iloji boricha bir tekis kg’tarilishga erishishni 
ta’minlash taqozo etiladi. Bunda oluvchi quduqlarning otilgan 
oralig’ini damba-dam g’zgartirib turish zarur bo’ladi. Gaz-neft 
uyumlarini qazib chiqarishni tartibga solishda shuni e’tibordan xoli 
qilmaslik lozimki, neftni suv bilan siqib chiqarilganda, uni gaz bilan 
siqib chiqarilgandagidan kg’proq natijaga erishiladi. SHuning uchun 
suv siquvi va gaz rejimida ishlatilayotgan uyumlarda, agar suvning 
harakati aktiv holatda bg’lsa, gaz – neft chegarasining holatini 
g’zgartirmay ishlatish maqsadga muvofiqdir. Buni ma’lum bir vaqtda 
gazni ham olishni tashkil qilib boshqarish, tartibga solish mumkin. 
Bunday holatda gazning kg’proq olinishi neftning gaz zonasnga 
surilishiga olib kelishi va anchagina neftning qatlamda qolib ketishiga 
sababchi bg’lishi mumkin, shuning uchun bunday holatga yg’l 
qg’ymaslik lozim. 
Gaz neft uyumlarini gaz bosimi rejimida ishlatilganda qazib 
chiqarishni tartibga solish g’sha gaz quvvatini oqilona sarflashga 
qaratilmog’i lozim. Bunda quduqlarning ishlash oralig’i, ulardan 
olinadigan gaz miqdori va suyuqlikni tartibga solish ahamiyatga 
molikdir. 


154 
Gaz rejimida ishlovchi gaz konlarini qazib chiqarishdagi 
tartibga solish asosan uyum bg’yicha bosimning (demak, olinayotgan 
gazning) bir tekis bg’lishini ta’minlashga qaratilmog’i lozim. Bunda xar 
qanday qg’shimcha bosim kamayish holatlariga barham berishga 
erishish kerak bg’ladi. 
Suv siquvi rejimida ishlovchi gaz konlarini ishlatish-dagi asosiy 
maqsad gaz-suv chegarasini bir tekis surilishini ta’minlashga 
erishishdir. 
Buni tartibga solmasa ba’zi yuqori g’tkazuvchan qatlamlar 
barvaqt suv bosib, kg’pgina gaz suv bilan qamralib qolishi mumkin. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling