Energetik sharoitlari


 Qabul qilingan ishga tushirish rejasi kg’lamida tartibga solish


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/63
Sana31.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1819575
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Bog'liq
5-bob kitobcha

11.2 Qabul qilingan ishga tushirish rejasi kg’lamida tartibga solish 
usullari 
Ob’ektni qazib chiqarishni boshqarish g’sha obektni qazib 
chiqarish loyihasi doirasida olib borilishi hozirgi suv bostirish usuli 
bilan neft olish sharoitida asosan suv haydash va quduqlardan 
mahsulot olishni tartibga solish hisobiga amalga oshiriladi. Bunda 
asosan loyiha bg’yicha qazilgan quduqlardan tg’la va maqsadga 
muvofiq ravishda ishlatishga erishish taqozo etiladi. Quduqlarda har 
xil tadbirlar g’tkazish yo’li bilan haydaladigan suvning yg’nalishiga va 
uning tezligiga ta’sir qilish mumkin. 
Qazib chiqarishni tartibga solish uchun qilinishi lozim bg’lgan 
asosiy tadbirlar quyidagilardan iboratdir: 
- oluvchi va haydovchi quduqlarning oqilona ishlash rejimini 
belgilash; 

ishlovchi 
ob’ektni 
ochish 
oraliqlarining 
oqilona 
kg’rsatkichlarini belgilash va g’zgartirish;
- quduq tubi atrofiga ta’sir g’tkazish; 
- kg’p qatlamli ob’ektni ishlatishda bir vaqtning g’zida bir 
quduqda har xil qatlamlarga suv haydash va har xil qatlamlarni 
ishlatishni tashkil qilish; 
- quduq tubida uning mahsulotidagi suvni kamaytirish 
tadbirlarini qo’llash yoki quduq ishini to’xtatish. 


155 
Oluvchi quduqlar ish rejimini belgilash. Quduqlarning texnologik 
ish rejimi ma’lum muddatga tuzilib, uning mavjud asbob - uskunalar 
yordamida qanday ishlashini kg’rsatadi. Quduqning ob’ekt bg’yicha 
ishlash rejimini korxonaning geologik xizmat belgilaydi. Bu vazifa har 
bir yangi quduq ishga tushirilayotganda qilingan tadqiqot va uning 
natijalarini hisob qilish natijasida belgilanadi. Texnologik ish rejimi 
neft quduqlarida bir oydan olti oygacha, gaz quduqlarida esa uch 
oydan bir yilgacha belgilab qg’yiladi va sg’ngra yana yangidan 
tadqiqotlar qilinishi natijasida yangi ish rejimi belgilanadi. Bunda 
albatta har bir quduqing g’ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari 
inobatga olinib, uning eng oqilona ishlashi uchun sharoit belgilanadi. 
Bunda albatta qatlamning mahsuldorligi, undagi bosim, qatlamning 
quduq bilan bog’langanlik darajasi, quduqqa g’rnatilgan asbob-
uskunalar, ularning ish quvvati va shu kabilar inobatga olinadi. 
Bunda asosan quduqdan olinishi lozim bg’lgan texnologik va 
texnik norma belgilanadi. 
Quduqdan olinishi mumkin bg’lgan suyuqlikning eng kg’p 
miqdori texnik daraja deb atalib, u aksariyat texnologik holatlar tufayli 
chegaralanadi. CHunki quduq qancha neft bersa shuncha olaverish 
imkoni bg’lmaydi (shuni eslash joizki, ba’zan quduqlar bir necha 
kunduzda bir necha ming tonna va undan ortiq neft bergan hollar 
amalda juda kg’p masalan, Meksikadagi Serro-Asul konidagi 4 - quduq 
bir kecha kunduzda 35600 t neft bergan). Neft olishning chegarasiga 
asosan quduqning iloji boricha uzoq muddat benuqson ishlashini 
ta’minlash nuqtai-nazaridan qaraladi. Quduqning texnologik ish 
chamasi undan olinishi mumkin bg’lgan va barcha geologik, texnik va 
texnologik holatlarni hisobga olgan holda belgilangan miqdor. 
CHunonchi, gaz quduqlarida olinadigan miqdorni oshirish natijasida 
quduq atrofining emirilishi kuzatilishi mumkin yoki hamma 
quduqlarda qatlam suvining bevaqt quduq tubida paydo bg’lishiga 
sabab bg’lishi mumkin.
Loyiha hujjatlarida quduqlarning ishlash rejimi va ulardan 
olinadigan mahsulot miqdori belgilab qo’yilgan
bg’ladi. Xuddi shunga 
qarab har bir quduqning ishlash rejimi va undan olinadigan mahsulot 
miqdori belgilanadi. Albatta vaqt g’tishi va sharoitlarning g’zgarishi 


156 
bilan bu kg’rsatkich g’zgarishi va unga tegishli tuzatishlar kiritilishi 
turgan gap. SHuning uchun ham quduqlar ma’lum muddat orasida 
geologik xizmat xodimlari tomonidan tadqiq qilinib, uning holati 
diqqat bilan g’rganiladi va har gal holatga qarab texnologik ish rejimi 
belgilanadi. 
Albatta bunday holatlarda quduqning ish rejimi butun 
ob’ektning ish rejimi bilan hamohang va g’shanga monand holatda 
olib boriladi va belgilanadi. Bunda quduqning qanday joyda 
joylashganligi, uning kesimidagi ahvoli va shu kabilarga ahamiyat 
beriladi. 
Qatlamda suv haydash bilan ishlatilayotgan sharoitda 
quduqning suv bosish ehtimolligi albatta inobatga olinadi. SHuning 
uchun dastlabki bosqichda quduqning imkoniyatlaridan tg’la 
foydalanishga xarakat qilinsa, undan keyingi bosqich-larda esa 
quduqqa 
haydalayotgan 
suvning 
yaqinlashganini 
(umuman 
chegaraning yaqinlashganini) inobatga olib, undan olishni chegaralash 
tavsiya etiladi. SHu chora bilan quduqni shiddatli suv bosishdan 
saqlash va uning ishlash muddatini chg’zish imkoniyati yaratiladi. 
Undan keyingi bosqichda esa qatlamning aksariyat qismiga suv keladi. 
SHunda ichki qatorlardagi quduqlardan neft olishni jadallashtirish 
taqozo etiladi. Oxirgi bosqichda esa olishni jadallashtirish notekis 
kollekorlarni durustroq yuvish imkonini beradi va tg’xtatilgan 
quduqlar hisobiga biroz olishni ta’minlash imkonini beradi. 
Agar juda notekis kollektorlik xususiyatlariga ega bg’lgan 
hamda yuqori kg’rsatkichli qovushqoqlikka ega bg’lgan neftli ob’ekt 
qazib chiqarilayotgan bg’lsa, ularda har bir quduqning ishini tartibga 
solish imkoni bg’lmaydi, chunki dastlabki kunlardan boshlab quduqlar 
50 - 80 % suv bilan ishlaydi va shu muddat uzoq davom etadi. Bunda 
qazib chiqarishni tartibga solish quduqlar guruhi bilan amalga 
oshiriladi. Loyihadagi mahsulotni olishga erishish uchun quduqlardan 
uzoq muddat jadallik bilan suyuqlik olinadi, tabiiy, bunda suvning 
miqdori kg’p bg’ladi, lekin shunga qarab uning tarkibida neft ham 
ortadi. SHundagina biz qatlamning mg’ljallangan neft beruvchanligiga 
erishishimiz mumkin. 


157 
Qazib chiqarish jarayonini tartibga solish sharoitida qatlam 
bosimining undagi tg’yinganlik bosimiga munosabati ham g’rganiladi 
va uning pasayishi kuzatiladi. Lekin bg’lganda bosim pasayib ketib 
erigan gaz rejimi namoyon bg’lmasligi uchun ba’zan quduqlardan 
olinadigan mahsulot chegaralanadi. Natijada biz qatlam bosimini 
tg’yinganlik bosimi kg’rsatkichidan taxminan 10% ortiq holda ushlab 
turishga erishuvimiz lozim bg’ladi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling