Energetika fakulteti 1920 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibida tashkil topgan bo`lib, 1923 yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan
Download 1.14 Mb.
|
Energetika hisobot -WPS Office
Energetika fakulteti 1920 – yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibida tashkil topgan bo`lib, 1923 – yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan. Energetika fakultetining tashkil etilishida asos solgan va energetik injener kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko’rsatgan olim akademik A.G.Aleksandrov bo`lgan.Energetika fakultetining kengayishi va rivojlanishida dekanlar: prof.G.F.Grushkin, A.V.Sorokin, dotsentlar N.I. Toperverx, P.V.Karpenko, M.L.Aronov, X.M.Asimov, professorlar: B.U.Umarov, A.S.Karimov, T.M.Kodirov, K.R.Allaev, O.O.Xoshimov, B.X. Yunusov, A.A. Alimov, T.Sh. Gayibov va boshqalar katta xizmat ko`rsatishgan. 2015 yildan J.B. Toshov fakultet dekani sifatida boshqarib kelmoqda.Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, muxbir-a’zo G.R.Raximov, professorlar: K.R.Allaev, B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullaev, dotsent B.X.Yunusov va boshqalarning xissasi katta.80-yillaga kelib mamlakatimiz xalq xujaligi uchun energetik-muhandis mutaxassislarga bo’lgan extiyoj oshishi munosabati bilan 1983-yilda Energetika fakulteti asosida: Elektroenergetika va Sanoat energetikasi fakul’tetlari tashkil etildi. 1993 – yilda esa shu fakultetlar negizida Energetika markazi tashkil etilib, markaz prorektori etib prof. K.R.Allaev tayinlandi. 2005 yilda Energetika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan farmoyishga asosan qayta tashkil etildi. Hozirda fakultet tarkibi, 6 ta yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 14 ta mutahasislik bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.Institut qoshida DAK “O’zbekenergo” va boshqa yirik korxona tashkilotlar raxbarlari va injener-texnik xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.Energetika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura hamda bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.Fakultetimiz yotoqxonasida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turarjoyida muntazam ravishda ma’naviyat xonasi faoliyat ko’rsatadi. U yerda doimo yangi gazeta-jurnallar mavjud. Ma’naviyat xonasida tez-tez turli davra suxbatlari, tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suxbatkfhi o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari yotoqxonada yashayotgan talabalar bilan xyqyq targ’ibot organlari xodimlari va Universitetning raxbariyati bilan uchrashuvlar o’tkaziladi. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan energetik” faxriy unvonlariga ega bo‘lgan akademik X.F.Fozilov energetika soxasining rivojlantirishga qo‘shgan buyuk ilmiy ishlari uchun 1986 yilda SSSR Davlat mukofotiga va 1993 yili O‘zbekiston Respublika akademiyasining Al-Xorazmiy medaliga sazovor bo‘lgan.Energetika fakultetida taxsil olib, shu soxada faoliyat ko‘rsatgan bir gurux olimlar: akademik M.Z.Xamudxonov, professor O.O.Xoshimov, S.Z.Usmonov, N.M.Usmonxodjaev va dotsentlar M.A.Xusanov, K.Muminovlar ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha 1970 yilda fan va texnika soxasidagi Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishgan. Professor A.S.Karimov 1989 yilda “Nazariy elektrotexnika” fanini rivojantirishda va ilmiy kadrlarni tayyorlashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unvoni berilgan. Professor T.M.Qodirov 2002 yilda yosh kadrlarni tayyorlashda erishgan yutuqlari uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Professor X.G.Karimov “Oliy ta’lim a’lochisi” va boshqa prof-o‘qituvchilarimiz ilm-fan soxasida va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashda erishgan yutuqlar uchun medal va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.Fakultetimizni bitirgan, yuzlab yuqori malakali mutaxasislar, Respublikamiz yirik korxona va tashkilotlariga raxbarlik qilib kelishmoqda. Jumladan: E.R.Shoismatov DAK “O‘zbekenergo” boshqaruv raisi, DAK “O‘zbekenergo” Boshqaruv Raisi urinbosarlaridan: Teshabaev B.M., Siradjev A.Z., Abdullaev X.N., Raimov P.O., bo‘lim boshliqlari: Usmonova M.A., Nurillaev L. I., Xamidov SH.V., Nurmatov B.C., ToshDTU rektori prof. Q.R.Allaev, Energomarkaz direktori akad. T.X. Nosirov, “Toshshaxarelektrtarmoq” korxonasi direktori M.Ikromov va boshqalar. '''Xavfsizlik texnikasi''' - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; i.ch.dagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar qamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish. Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang , gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi. Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va boshqahisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va boshqa Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. Xavfsizlik texnikasi texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va kompleks mexanizatsiyalash bilan uzviy bogʻliq boʻladi. XAGGINS (Huggins) Charlz Breton (1901.22.9, Galifaks, Kanada) — amerikalik xirurg va onkolog; AQSH milliy FA aʼzosi (1949 yildan). 1927 yildan Chikago universitetida ishlagan (1936 yildan xirurgiya prof.i). 1951—69 yillarda BenMey klinikasida rakni tadqiqot qilish lab. direktori. X. prostata bezi rakini davolashda ilk bor gormonlarni qoʻllab, gormonoterapiyaga asos soldi, bu rak kimyoterapiyasi rivojiga olib keldi. Nobel mukofoti laureati (1966, Rous F.P. bilan hamkorlikda). Tok o’tkazgichning ochiq joyiga bеxosdan tеgib kеtish natijasida; Izolyatsiyaning tеshilishi natijasida kuchlanish ostida bo’lgan elеktr asboblari korpusiga tеgib kеtish; Tok o’tkazuvchi qismlar yera tеgib turgan joy yakiniga kеlish natijasida; Shunday hollar ham bo’ladiki, inson uzilib epra tushgan elеktr simlari yonidan o’tib kеtayotib ham tokdan shikastlanishi mumkin. Mabodo yеrda uzilib tushgan elеktr simlari yotgan bo’lsa, nima qilish kеrak.
Agarda uzilib tushgan sim yonida shikastlangan odam yotsa, qo`lni quruq latta bilan o`rab, oyoqqa kalish kiyib mayda qadam bilan yakinlashib shikastlangan odamni chеtroqqa olib chiqish zarur. Bu ishni bir qo’lda bajarishga xarakat qilgan ma'qul. Трансформаторларнинг синфланиши: Вазифасига кўра – куч трансформаторлари ёки махсус трансформаторлар; Совитиш турига кўра – ҳаво ёрдамида табиий (қуруқ) ёки мой ёрдамида (мойли) совитиш; Фазалар сони бўйича – бир ёки уч фазали; Магнит ўтказгич тури — стержинли ёки зирхланган; Чулғамлар сони бўйича — икки чулғамли ёки кўп чулғамли. Трансформатор турларининг кўп бўлишига қарамай, уларда бўладиган электромагнит жараёнлар умумий ўхшашликка эга бўлиб, уларнинг ишлаш принципи бир хилдир. Олдинги слайдда бир фазали икки чулғамли трансфоматорнинг схемаси ва шартли белгиланиши кўрсатилган. Трансформатор пўлат ўзак (магнит ўтказгич) ва иккита мис чулғамлардан иборат. Пўлат ўзак магнит занжирини хосил қилиш учун хизмат қилади ва шу туфайли асосий магнит оқими Ф пўлат ўзак бўйлаб харакатланади. Пўлат ўзакнинг мис чулғамлари ўралган қисми стержен дейилади. Трансформаторнинг манбага уланган чулғами бирламчи, истеъмолчига уланган чулғами эса иккиламчи чулғам дейилади. Шунинг учун бирламчи чулғамга (занжирга) оид катталикларга 1 индекси берилади, масалан, бирламчи чулғамнинг ўрамлар сони w1, кучланиши U1 , занжирдаги ток I1 ва х.к. Шунингдек, иккиламчи чулғамга оид катталиклар 2 индекси билан белгиланади, масалан, w2, U2 , I2 ва х.к. It Магнит ўзаклари ва магнит ўзакларнинг тузилиши Магнит ўтказгич трансформаторнинг муҳим таркибий қисми бўлиб, у чулғамлараро магнит боғланишни кучайтиришдан ташқари, чулғамлари ва ёрдамчи қисмларини ўрнатиш ҳамда маҳкамлаш учун конструктив асосдир. Ўзгарувчан токда (f = 50 Hz) уюрма токлар туфайли ҳосил бўладиган энергия исрофларини камайтириш мақсадида трансформаторларнинг магнит ўтказгичлари 0,35 ва 0,30 мм қалинликлардаги совуқ ҳолатда жўваланган анизотропли (магнит хоссалари яхшиланган, масалан, 34043406 маркали) электротехник пўлат пластиналари махсус лок ва оксид пардалари билан қопланган ҳолда изоляция қилиниб йиғилади. Бундай пўлатни қўллаш магнит ўтказгичдаги индукцияни 1,61,65 Т гача оширишга (иссиқ ҳолатда жўваланган пўлатда эса магнит индукцияни 1,4-1,45 Т дан ошириб бўлмас эди) имкон яратиб, трансформаторнинг актив (магнит ва электр ўтказувчи) материаллари массасини ҳамда энергия исрофларини кескин камайтиришга имкон берди. Магнит системанинг чулғам жойлаштирилган қисмини «стержень», уларни улаб, берк магнит занжир ҳосил қиладиган қисмини «ярмо» дейилади. Elektrlashtirishni rivojlantirishga rus olimlari va muhandislari katta hissa qo’shdilar. 1802 yilda akademik V.V.Petrov elektr yoyi hosil qiladi va undan metallarni suyuqlantirishda foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqdi. 1832 yilda P.L.Shilling strelkali telegraf ixtiro qildi, buni asosida 1839 yilda akademik B.S.Yakobi yozadigan telegraf apparatni yaratdi. 1833 yilda akademik E.X.Lens elektromagnitaviy induksiyaning asosiy qonunlaridan birini kashf etdi, 1842 yilda esa tokning issiqlik ta’sirini aniq tajribalar bilan asoslab berdi. 1834 yilda B.S.Yakobi birinchi bo’lib elektr dvigatelni ixtiro qildi, 1838 yilda esa tokning kimyoviy ta’siridan amalda foydalanishga asoslangan galvanoplastika jarayonini ishlab chiqdi. 1876 yili P.N.Yablochkov elektr shamini, 1873y. A.N.Lodigin yorug’likning elektr manbalarini takomillashtirish ustida ishlab, avval ko’mir tolali, so’ngra esa (1890 y) metall tolali cho’glanish lampasini yaratdi. Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M. Birinchi uch fazali dvigatel, generator va transformatorlarning ixtirochisi rus elektrotexnigi M.O.Dolivo-Dobrovolskiy bo’ldi (1889-91yy). XX asr energetika va elektrlashtirish soxasida muhim davr xisoblanadi. Chunki bu davr radio va yarim o’tkazgichlar texnikasining paydo bo’lishini, televideniyaning kashf etilishi, avtomatika va telemexanikani taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko’rilmagan darajada o’sishi, integral mikro’sxemalarning va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan chambarchas bogliqdir. Umuman elektrotexnikaning yutuqlaridan halq xo’jaligining barcha soxalarini olganda keng foydalaniladi. Ayniqsa halq xo’jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling