Energetika fakulteti "elektr energetikasi" kafedrasi "elektr energetikasi" "EE" uchun


Download 1.09 Mb.
bet9/14
Sana07.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1175892
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
SPEQ amaliy mashg‘uot

14,15 - amaliy mashg‘ulot


Yuqori kuchlanishli oʻlchovchi kuchlanish transformatorlarini tanlash
Kuchlanish transformatorlari quydagi shartlar bo ‘yicha tanlanadi:
qurilmaning kuchlanishi bo‘yicha;

cho‘lg‘amlarning konstruksiyasi va ulanish sxemasi bo‘yicha;
aniqlik sinfi bo‘yicha;
ikkilamchi yuklamasi bo‘yicha:

Bunda – tanlangan aniqlik sinfidagi nominal quvvat; – kuchlanish transformatoriga ulangan hamma rele va o‘lchov asboblarining yuklamasi, V A;

Agar, ikkilamchi yuklamaning quvvati tanlangan aniqlik sinfidagi kuchlaninish transformatorining nominal quvvatdan ko‘p bo‘lsa, u holda ikkinchi kuchlanish transformatori o‘rnatiladi va asboblarning bir qismi unga ulanadi.
Elektr tizilmalarining ishlatish qoidalariga (PUE) asosan, kuchlanish transformatoridan nominal yuklamada ulangan hisoblash schyotchiklariga bo‘lgan kuchlanish isrofi 0,5 % dan oshmasligi, shitdagi o‘lchov asboblarigacha isrof esa 1,5 % dan ortmasligi kerak. Hisoblashda mexanik mustahkamlik sharti bo‘yicha simlarning kesimini o‘rtacha mis tolali sim uchun 1,5 mm2 va alyuminiy tolali sim uchun 2,5 mm2 dan olish mumkin.
9-amaliy mashg‘ulot uchun topshiriq variantlari 8-amaliy mashg‘ulotdan olingan natijalar asosida olinadi.
Nazorat savollari

  1. Ikkilamchi yuklamaning qiymati kuchlanish transformatorining qiynatidan ortib ketsa qanday yo‘l tutiladi?

  2. Ikkilamchi yuklama bo‘yicha tanlash shartini ayting.


16,17-amaliy mashg‘ulot


Yuqori kuchlanishli oʻlchovchi tok transformatorlarini tanlash
– kuchlanish bo‘yicha:
– tok bo‘yicha:
-tok qurilmaning ish tokiga mumkin qadar yaqin bo‘lishi lozim, chunki birlamchi cho‘lg‘amni to‘la yuklamaslik xatoning ortishiga olib keladi.
Elektrodinamik turg‘unligi bo‘yicha:

bunda, – hisoblangan qisqa tutashuvning zarbiy toki;
– elektrodinamik turg‘unlikning bildirgich bo‘yicha karraligi;
– tok transformatorining nominal birlamchi toki (shinali tok transformatoridan tashqarisi shu shart bo‘yicha tekshiriladi).
Termik turg‘unligi bo‘yicha:

bunda, – hisob bo‘yicha issiqlik impulsi; – termik turg‘unlik karraligi, bildirgich bo‘yicha;
– bildirgich bo‘yicha termik turg‘unlik vaqti.
Ikkilamchi yuklama bo‘yicha:

bunda tok transformatorining ikkilamchi yuklamasi, tanlangan aniqlik sinfidagi tok transformatorining ruxsat etilgan nominal yuklamasi.
Ikkilamchi yuklama bo‘yicha TT larini tanlashni batafsil ko‘rib chiqamiz. Tok zanjirlarining induktiv qarshiligi uncha kata bo‘lmaganligi uchun . Ikkilamchi yuklama priborlar va ulaydigan similar qarshiligi hamda kontaktlarning o‘tkinchi qarshiligi dan tashkil topgan:

Priborlarning qarshiligi quydagicha aniqlanadi:

bunda priborlar iste’mol qiladigan quvvat, priborlarning ikkilamchi nominal toki.
Kontaktlarning qarshiligi ikki – uchta priborlar uchun 0,05 Ω va ko‘p sondagi priborlar uchun 0,1 Ω deb olinadi. Ulanadigan simlarning qarshiligi ularning uzunligi va ko‘ndalang kesimiga bog‘liq. TT tanlagan sinf aniqligida ishlash uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:

bundan

ning qiymatini bilgan holda ulanadigan similar kesimini aniqlash mumkin:

bundan sim materialining solishtirma qarshiligi. Mis tomirli similar ( ) 100 MVt va undan yuqoriagregatli kuchli elektrostansiyalarning asosiy va yordamchi asbob-uskunalarning ikkilamchi zanjirida, shuningdek, yuqori kuchlanishli 220 kV ba undan yuqori podstansiyalarda qo‘llaniladi. Qolgan hollarda ikkilamchi zanjirda alyuminiy tomirli similar qo‘llaniladi. TT larning ulanish sxemasiga bog‘liq bo‘lgan hisoblangan uzunlik (10.1-rasm).

10.1-rasm. TT va o‘lchov qurilmalarining ulanish sxemalari: a – bir fazali ulanish, b - qurilmalarning to‘liq bo‘lmagan yuldizchaga ulanishi, v - qurilmalarning to‘liq yuldizchaga ulanishi
TT laridan qurilmalargacha har xil ulaydigan simlar uzunligini taxminan quyidagicha olish mumkin (bir tomonga):
Iste’molchilarga boradigan liniyalardan tashqari, 6 – 10 kV li BTQ zanjirlarining hammasi 40 – 60
Blokli elektrostansiyalarning generator kuchlanish zanjirlari 20 – 40
Iste’molchilarga boradigan 6 – 10 kV li liniyalar 4 – 6
TQ ning hamma zanjiri uchun:
35 kV li 60 – 75
110 kV li 75 – 100
220 kV li 100 – 150
330 – 500 kV li 150 – 175
Sinxron kompensatorlar 25 – 40

Biriktiruvchi simlar sifatida qog‘oz, rezina, polixlorvinil yoki polietilen bilan izolyasalangan, qo‘rg‘oshinli, rezinali, polixlorvinil yoki maxsus issiqqa chidamli qobiqqa o‘ralgan ko‘p tomirli nazorat kabellari qo‘llaniladi. Mustaxkamlik shartiga asosan alyuminiy tomirlar kesimi 2,5 mm2 dan, mis tomirlarniki 1,5 mm2 dan kichik bo‘lmasligi lozim. Odatda, 6 mm2 dan katta kesimli tomirlar ishlatilmaydi.



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling