Energetika obyektlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarni tayyorlashni tashkil etishning asosiy talablari


Download 36 Kb.
bet1/2
Sana24.01.2023
Hajmi36 Kb.
#1114482
  1   2
Bog'liq
чччччч

ENERGETIKA OBYEKTLARIDA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI XODIMLARNI TAYYORLASHNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY TALABLARI


D.Nasriddinov, А.Prnazarov
O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi
Tashkilotning issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalari va elektr tarmoqlari ishchi va xizmatchilari yong‘in-texnik sohasi bo‘yicha bilim olish va uni chuqurlashtirish, mavjud yong‘indan himoya vositalaridan foydalanish malakasini oshirish, yong‘in yuzaga kelganda to‘g‘ri va xavfsiz harakat qilish va jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak.
Energetika obyektlarida ishchi va xizmatchilarni yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tayyorlash quyidagi asosiy nizomlardan iborat:

  • yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘i;

  • tarkibiy bo‘linmalarda ish joyida o‘tkaziladigan birlamchi, davriy, rejadan tashqari va maqsadli yo‘l-yo‘riqlar, ularning mavzusiga albatta, yong‘in xavfsizligi masalalari kiritiladi;

  • xodimlarni maxsus tayyorlash;

  • energetika tizimining yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ishlarida ishlaydigan xodimlar, gaz, ko‘mir va kabel xo‘jaligi, elektr tarmoqlari) uchun yong‘in-texnik minimum bo‘yicha mashg‘ulotlar;

  • yong‘inga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazish;

  • o‘quv markazlarida bilim (malaka) oshirish, shuningdek, yong‘inga qarshi himoya bo‘yicha texnik o‘quvlar, seminarlar va maqsadli yig‘ilishlar (konferensiyalar) o‘tkazish;

  • yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganish va ular bo‘yicha bilim sinovini o‘tkazish.

Har bir energetika obyektlarida birinchi rahbarning buyrug‘i bilan quyidagilar belgilanishi maqsadga muvofiqdir:

  • tegishli tarkibiy bo‘linmalarning yong‘in-texnik minimumi dasturi bo‘yicha o‘qishi kerak bo‘lgan ishchi va xizmatchilarning ro‘yxati;

  • ishchi va xizmatchilarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha shaxsiy guvohnomalari va tegishli jurnallarga yozgan holda bilim sinovi o‘tkazishning tartibi va davriyligi.

Energetika obyektlariga ishga kirayotgan barcha ishchi va xizmatchilar, shuningdek, vaqtincha ishga qabul qilinganlar, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan o‘quvchilar va talabalar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘inidan o‘tishlari shart. Odatda kirish yo‘l-yo‘rig‘i yangidan ishga kirayotganlar uchun korxananing ko‘rgazmali qo‘llanmalar (plakatlar, sxemalar, maketlar va boshqalar), shuningdek, tashkilotda mavjud yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari, yong‘in inventari va yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlangan maxsus xonasida o‘tkaziladi.
Kirish yo‘l-yo‘rig‘ini mutaxassis — yong‘in xavfsizligi bo‘yicha muhandis-inspektor o‘tkazadi. U yo‘q bo‘lganda — tashkilot bo‘yicha buyruq bilan belgilangan mutaxassis yoki yangi ishchini qabul qilayotgan tarkibiy bo‘linma boshlig‘i o‘tkazadi. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘i mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kirish yo‘rig‘i bilan birgalikda o‘tkazilishi mumkin.
Kirish yo‘l-yo‘rig‘i o‘tkazilganligi shakli ushbu Qoidalarga 2-ilovada keltirilgan maxsus jurnalda yozib qo‘yiladi.
Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘i shu maqsadda maxsus jihozlangan xonada o‘tkaziladi va o‘z oldiga yangidan qabul qilinayotgan xodimni quyidagilar bilan tanishtirishni maqsad qilib qo‘yadi:

  • tashkilot yoki podstansiya hududida, sexlarida va boshqa obyektlarda bajarish kerak bo‘lgan yong‘in xavfsizligining umumiy qoidalari;

  • u ishga kirayotgan joydagi ishlab chiqarish uchastkasida yong‘in xavfsizligi xususiyatlari;

  • yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarini qo‘llashning asosiy qoidalari va ularni qo‘llashda xavfsizlik choralari;

  • yong‘in haqida mavjud vositalar va tizimlar bilan e’lon qilish va yong‘in xavfsizligi xizmatini chaqirish tartibi;

  • elektr qurilmalarida yong‘inni o‘chirish xususiyatlari.

Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kirish yo‘l-yo‘rig‘ini o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yishga ruxsat berilmaydi.
Birlamchi, takroriy (davriy) va rejadan tashqari yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazilganda (ishlab chiqarish uchastkasi, ustaxona, laboratoriya, ombor) javobgar mansabdor shaxslari tomonidan ularning mavzusiga yong‘in xavfsizligi masalalari, albatta, kiritiladi.
Ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riqlar ishchilar va xizmatchilar bir sexdan boshqasiga o‘tganda o‘tkazilishi shart. Yo‘l-yo‘riq tugagandan keyin bilim va ko‘nikmalarni tekshirish o‘tkaziladi, materiallar yetarli o‘rganilmaganda takroriy yo‘l-yo‘riq, bilim sinovi bilan o‘tkaziladi.
Yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajaradigan xodimlar bilan maxsus ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha yong‘in-texnik minimumi mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bunda ishlab chiqarishning yong‘in xavfsizligi tavsifi, mavjud o‘t o‘chirish vositalarining xususiyatlari hamda yuzaga kelgan yong‘in va kuyishlar hisobga olinadi. Yong‘in-texnik minimumida yuqori xavfli yong‘in yuzaga kelganda va keyinchalik kuchaygan sharoitda xodimlarni ishlashga tayyorlash maqsad qilib qo‘yiladi.
Xodimlar yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha tayyorgarliklar tugaganidan keyin tegishli hujjatlar (bayonnoma, qaydnoma) bilan rasmiylashtiriladigan sinovlarni topshiradilar.
Energetika obyektlarida boshqaruv xodimlari yong‘inlarning oldini olish va yong‘inga qarshi himoya bo‘yicha ishlarda faol qatnashishlarini ta’minlash maqsadida doimiy faoliyat yuritadigan yong‘in-texnik komissiyasini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Yong‘in-texnik komissiya tarkibiga tashkilot rahbarining buyrug‘iga asosan faoliyati texnologik jarayonlarni, elektr qurilmalari, suv ta’minoti tizimlari, aloqa, ishlab chiqarish avtomatikasi va yong‘inga qarshi avtomatik himoya hamda shu kabilardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq boshqaruv xodimlari, shuningdek, idoraviy yoki ko‘ngilli yong‘in o‘chirish xizmatlari rahbarlari hamda favqulodda vaziyat va ishlab chiqarish nazorati, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limlari hamda xizmatlarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari, kasaba uyushmalari va boshqa vakillik tashkilotlarining vakillari kiritiladi.
Odatda, yong‘in-texnik komissiyasi raisi lavozimiga tashkilotning bosh muhandisi, kotib lavozimiga esa tashkilotning mexnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limi yoki xizmatining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi tayinlanadi.
Energetika obyektlarida yong‘inga qarshi rejimni yaxshilash, yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalari holatini nazorat qilish va yuzaga kelgan o‘t olish va yong‘inlarni o‘chirishni tashkil qilishni takomillashtirish buyicha chora-tadbirlarni o‘tkazish uchun ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari tashkil qilinadi. Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalarini tashkil qilish va uning tarkibi sonini aniqlash, shuningdek, uning a’zolarini sug‘urta qilish tashkilot rahbariga yuklanadi.
Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari tarkibiga ishchi va xizmatchilar ko‘ngilli ravishda ularning yozma arizalariga binoan tashkilot bo‘yicha buyruq asosida kiritiladi.
Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari tarkibi shunday tashkil etilishi kerakki, unda har bir sex yoki smenada uning a’zosi bo‘lsin.
Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari boshlig‘i va uning o‘rinbosari mutaxassislardan yoki sex ma’muriyatidan belgilanadi. Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari boshlig‘i o‘qitishlarni, mashq o‘tkazilishini, shuningdek, yong‘inni o‘chirish vositalarining nazorati bo‘yicha ishlarni rejalashtiradi.
Ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari a’zolari har bir obyektda yong‘in xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi va ularga rioya qilishi kerak, shuningdek, ularni boshqalardan talab qilishi, yong‘in o‘chiruvchi statsionar qurilmalar va yong‘inni o‘chirishning birlamchi vositalarining ishlashga tayyorligini nazorat qilishi, yong‘in yuzaga kelganda esa zudlik bilan uni o‘chirishga kirishishi lozim.

Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling