Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
Download 248.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr energetika sanoati.
Ko‘mir sanoati. Mamlakatimiz hududida dastlabki ko‘mir qazib olish 1930-yillarning oxirida
boshlangan. Toshkent viloyatining Ohangaron hududida (Angren), Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Boysun tumanlarida ko‘mir konlari mavjud. Ko‘mir zaxiralarining yildan-yilga kamayishi ko‘mir qazib olish darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda (masalan, 1990-yilda 6,4 mln. tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, endilikda uning hajmi 2 ma’rtege kemeyip ketken). 0‘zbekistonda gidro elektr energiya olish uchun imkoniyatlar ancha yuqori hisoblanadi. Shu bois, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilda “0‘zbekgidroenergo” Aksionerlik Jamiyati tashkil etildi. Elektr energetika sanoati. Elektrlashtirish sanoati uning joylashtirilishiga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Odatda elektr energiya uzoq masofaga uzatiladi. Bu esa olis hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishiga bir xil yordam beradi. Elektr energetika sanoatini joylashtirilishi ta’kidlangan holatlar va sanoat ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish qonuniyatlariga amal qiladi. Ushbu sanoatning joylashtirilishi va rivojlantirilishiga yoqilg‘i va gidroenergetika resurslarining geografiyasi, elektr energiya yetkazib berishdagi texnika taraqqiyoti va energiya iste’mol qiluvchilaming joylashishi ta’sir ko‘rsatadi. 0‘zbekistonda elektr energiya ishlab chiqarish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanishning o‘z xos tarixi mavjud. XX asming boshlarida Toshkent shahrida dastlab ikkita elektr stansiya qurilgan. 1913-yilda mamlakatimiz hududida umumiy quvvati 3 kVt. bo'lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ulaming yillik quvvati 3,3 mln. kVt. ga tengbo‘lgan. 0‘zbekistonda gidro elektr stansiya (GES) lami qurilishi 1926- yilda Toshkentda Bo‘zsuv GESning qurilishi bilan boshlangan. 0‘sha davrda Bo‘zsuv GES 0‘rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti hisoblangan. 1940-yilgacha Bo‘zsuv daryosida va Bo‘zsuv kanalida Qodiriya, Bo‘ijoy, Tovoqsoy va boshqa GESlar qurilgan. Download 248.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling