Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
Mamlakatirifizni elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini GESlarga tayanib qondirisbning bir
Download 248.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Energetika va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidro elektr stansiyalar.
- Turbina bilan generator birgalikda gidro agregat deb ataladi.
Mamlakatirifizni elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini GESlarga tayanib qondirisbning bir
necha yo‘IIari juda ko‘p. Masalan: 1. GESlarda elektr energiyani ishlab chiqarish ekologiyani toza saqlaydi. 2. Yoqilg‘iresurslaritejaladi. 3. GESlar qurilishi natijasida vujudga kelgan suv omborlari esa yangi yerlami sug‘orishga imkon beradi. 4. Elektr energiya balansida suv resurslaridan foydalanish sezilarli darajada o‘sadi. 5. Daryolar va kanallarda suv omborlarining to‘g‘onlarida yangi GESlar quriladi. Hozirgi vaqtda respublikamizda mavjud bo‘lgan elektr stansiyalarda o‘matilgan umumiy quvvat 14,1 GVt tashkil etadi, shundan 85,3 % issiqlik, 14,7 % gidro elektr stansiyalariga to‘g‘ri keladi. Gidro elektr stansiyalar. Gidro elektr stansiyalarda suv oqimi energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Bu ishni amalga oshirish uchun GES tarkibida gidrotexnik inshootlar, asosiy va yordamchi jihozlar joylashgan stansiya binosi mavjud bo‘ladi. GESlarda elektr energiyani ishlab chiqarish uchun zarur qiymatda suv sarfini va suv tutiw ba’lentligin ta’minlash zarur. Buning uchun daryolarda suv yo‘li to‘g‘on bilan to‘silib GES uchun zarur bo‘lgan suv sarfi va suv tushish balandligiga erishiladi. Ba’zan GESlar sug‘orish uchun mo‘ljallangan gidrotexnik inshootlarda ham o‘rnatilishi mumkin. GESlarda suv yuqoridan og‘irlik kuchi ta’sirida tushib, turbina g‘ildiraklarini va u bilan bir valda o‘matilgan generator rotorini aylantiradi. Generatorda mexanik energiya elektr energiya holatiga keltiriladi (27-rasm). Turbina bilan generator birgalikda gidro agregat deb ataladi. GESlarda ishlab chiqiladigan elektr energiya uchun suv oqimi energiyasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Suv oqimi energiyasidan samarali foydalanish uchun nisbatan qisqa masofada suv sathlari farqini joylashtirish zarur. GESlaming quvvati, uning energetik potensialini aniqlaydigan ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, quwat vaqt birligida bajarilgan ish miqdori bilan aniqlanadi. Demak, GESda bu vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan elektr energiya miqdoridir. Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, milliy iqtisodiyotning energiya sig‘imi yuqoriligicha qolmoqda, qavta tiklanuvchi manbalami sanoat ishlab chiqarishiga jalb etish hisobiga yoqilg‘i-energetika balansini diversifikatsiyalash darajasi jahon tendensiyasiga javob bermaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda birlamchi yoqilg‘i sifatida asosan tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod yoqilg‘i turlaridan foydalanilmoqda. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (quyosh, shamol va biogaz energiyasi, kichik tabiiy va sun’iy suv oqimlarining gidroenergiyasi) mavjud yuqori imkoniyatlaridan amalda foydalanilmayapti. 2017 - 2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rivojlan- tirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiyotda energiya va resursiar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejeytug’in texnologiyalardi keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish rejalashtirilgan. Ushbu vazifani bajarish uchun yangi elektr energiya ishlab chiqarish quwatlarini qurish va mavjudlarini modemizatsiya qilish, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash asosida aholini elektr energiyasi hamda boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlami amalga oshirish ustuvor vazifalardan biri deb belgilanishi lozim. 2017 - 2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rivojlan- tirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishmng energiya sig‘imini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan o'tgan xalqaro energotejamkor ilg‘or texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlami ro‘yobga chiqarish maqsadida 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 - 2021- yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3012-sonli qarori qabul qilindi. So‘nggi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 1-martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2015-yil 5-maydagi “2015 - 2019- yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalami joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2343-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan: energiya samaradorligi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etildi, 0‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tarkibida respublika komissiyasining ishchi organi sifatida energiya samaradorligini oshirish bo‘limi tashkil etildi; Toshkent shahrida Quyosh energiyasi xalqaro instituti faoliyat ko‘rsata boshladi; Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida 0‘zbekistonda quyosh energetikasini rivojlantirishning “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi; Namangan viloyatining Pop tumanida Koreya Respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi ko‘magida 2014-nbing dekabr oyida quvvati 130 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektm stansiyasi qurildi va ishga tushirildi, ushbu stansiya yagona elektr energetikasi tarmog‘iga ulangan va yiliga 234,3 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quwatiga ega; Surxandarya, Namangan va Navoiy viloyatlarida yirik quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar tayyorlanmoqda; Jahon banki ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining shamollar Atlasi ishlab chiqildi, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 750 kVt bo‘lgan tajribaviy shamol energoqurilmasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihalari yakunlovchi bosqichiga kirdi. Maishiy uskunalami ishlab chiqarish energetik menejmenti va energetik markirovkalash standartlari joriy etildi. Ko‘chalami yoritish tizimida energiya iste’moli bo‘yicha samarali texnologiyalami hamda uy-joy va ijtimoiy binolar uchun energiyani tejaydigan lampalami joriy qilish ishlari olib borilmoqda, respublika hududida quvvati 40 Vtdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalami sotish to‘xtatildi. 2016-yil yakunlari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida 2016 - 2017-yil kuz-qish mavsumida energoresurslami tejash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlami hisobga olgan holda, 1210,3 mln. kVt soat elektr energiyasi va 991,2 mln. m 3 tabiiy gazni iqtisod qilishga erishildi, bu esa tarmoqlarning 2016-yildagi iste’molining mos ravishda 5,1 va 3,6 foizini tashkil etadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2015-yilda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imini 10,8 foizga, 2016-yilda 7,2 foizga va 2017-yilning birinchi choragida 12,7 foizga qisqarishiga erishildi. Shu bilan birga, hozirgi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud. Respublika hududlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari energiyasidan foydalanish bo‘yicha zaxiralar to‘laligicha ishga solinmagan, ular bo‘yicha hududiy manzilli dasturlar ishlab chiqilishi zarur. 2030-yilga borib, 2016-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imini ikki barobarga qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan topshiriqlarni hisobga olgan holda, korxona va tashkilotlarga energiya sarfi hajmini qisqartirish bo‘yicha aniq maqsadli parametrlami belgilash zarurati mavjud. Ushbu muhim vazifalami inobatga olib, 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 2017 - 2021-yillarda yalpi ichki mahsulotning energiya sig'imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyotni energiya resurslari bilan ikkita vazifani hal etish orqali ta’minlanishi nazarda tutilmoqda. Birinchidan, qayta tiklanuvchi energiya resurslaridan keng foydalanish orqali yoqilg‘i balansini diversifikatsiyalash. Bunda an’anaviy yoqilg‘i turlarini qayta tiklanadigan energiya turlariga almashtirish hisobiga ulaming elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishdagi hissasini kamaytirish nazarda tutilmoqda. Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirishning uzoq muddatli dasturini amalga oshirish, sanoat iskerligi aymaqlarinin’ ekologik holatini yaxshilash orqali erishiladi. Yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va resurs sig'imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan texnologiyalami keng joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan jadal foydalanish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlami amalga oshirish issiqiik va elektr energiyasi kabi energiyaning sanoat turlarini olishni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu uglevodorodlarning o‘mini bosishga va ulami yuqori likvidli mahsulotlar, xususan, polimerlar, yoqilg‘ining sintetik turlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi. Xususan, 0‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, “0‘zbekgidroenergo” AJ, Quyosh energiyasi xalqaro instituti, “0‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markazi qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish, jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlami, shuningdek, sinovdan o‘tgan ilg‘or xorijiy texnologiyalami transfer qilish imkoniyatini tahlil qilish asosida iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Bundan tashqari, mazkur qarorda quyidagilar tasdiqlandi: qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantmshning maqsadli parametrlari, bunda 2025-yilga kelib elektr energiyasini ishlab chiqarish quwatlari tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining hissasini 12,7 foizdan 19,7 foizga etkazish ko‘zda tutilmoqda, jumladan, gidroelektrostansiyalar bo‘yicha 12,7 foizdan 15,8 foizga, quyosh energetikasi bo‘yicha 2,3 foizga, shamol energetikasi bo‘yicha 1,6 foizga; qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining ro‘yxati, bunda 2017 - 2025-yillarda umumiy qiymati 5,3 milliard dollar bo‘lgan 810 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda; 2017 - 2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari, unda normativ-huquqiy hujjatlami, manzilli dasturlami ishlab chiqish va boshqa ustuvor vazifalami amalga oshirish bo‘yicha 28 ta chora-tadbir ko‘zda tutilgan; 2017 - 2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish- ning energiya sarf hajmini qisqartirishning maqsadli parametrlari, bunda 25 ta yirik tashkilot va korxona bo‘yicha sanoat mahsulotlari (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda energiya sarfining solishtirma normalarini qisqartirishning prognoz ko'rsatkichlari belgilangan; 2017 - 2021-yillarda byudjet tashkilotlarida energiya iste’moli jihatidan samarador isitish qozonlarini joriy qilish jadvali, bunda Xalq ta’limi vazirligi, Sogiiqni saqlash vazirligi va Ka’sip-o’ner ta’limi markazining 6333 ta byudjet tashkilotining 17251 ta isitish qozonini almashtirish ko‘zda tutilgan; 2017 - 2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarida energiya iste’moli jihatidan samarador nasoslar va elektrodvigatellami joriy qilish grafigi, bunda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi tashkilotlarida 879 ta nasos va 1523 ta elektrodvigatelni almashtirish ko‘zda tutilgan. Ushbu ishlami moliyalashtirish uchun 2017 - 2021-yillarda davlat byudjetidan 314,1 mlrd. so‘mdan ortiq mablag ’ yo‘naltiriladi. Ushbu qaror doirasida qabul qilingan chora-tadbirlaming amalga oshirilishi quyidagilami ta’minlash imkonini beradi: qonunchilik va normativ bazani takomillashtirish, shuningdek, energiya tejaydigan texnologiyalami, zamonaviy hisoblash uskunalarini joriy qilishga va yoqilg‘i-energetika resurslaridan yanada oqilona foydalanishga aholini va xo‘jalik yurituvchi subyektlami keng jalb qilish; 2025-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish quwatlari tarkibida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini 12,7 foizdan 19,7 foizga etkazish; ishlab chiqarishning energiya sig‘imini keskin qisqartirish (9 792,0 tonna shartli yoqilg‘i yoki yiliga 8 - 1 0 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda); Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va 0‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 6333 ta byudjet tashkilotida 17251 ta isitish qozonini zamonaviy energiyani tejaydiganlariga almashtirish va 56,5 mln. kub metrdan ortiq tabiiy gazni tejash; Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi tashkilotlarida 1523 ta energiyani ko‘p iste’mol qiluvchi elektrodvigatelni va 879 ta nasosni almashtirish va 807,3 mln. kVt.soatdan ortiqroq elektr energiyasini tejab qolish; energiyani tejaydigan texnologiyalamm e kirib kelishini kengaytirish, soliq va bojxona imtiyozlari berish hieobiga qayta tiklanuvchi manbalardan energiya hosil qiluvchi uskun^iaj^j qo‘llagan holda energiyadan foydalanishni rag‘batlantirish; qayta tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlarini va aholini yoqilg‘i- energetika resurslari bilan barqaror ta’minlab borish; qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya iste’moli jihatidan samarador texnologiyalami transfer qilish, ushbu sohadagi uskunalar va butlovchi qismlami mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish; aholi uchun kafolatlangan energiya resurslarining ochiqligini ta’minlash, ayniqsa, uzoq qishloq hududlarida aholining hayot sifatini yaxshilash va ularning farovonligini oshirish. Xulosa qilib aytish zarurki, 2017 - 2021-yillarda 0‘zbekiston Respublikasini rawajlandiriwdin’ bes ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirish, milliy ilmiy- texnikaviy ishlanmalar va sinovdan o‘tgan xalqaro energotejamkor ilg‘or texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlami ro‘yobga chiqarish maqsadida 42 ta yangi gidro elektr stansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidro elektr stansiyani modemizatsiya qilish hisobiga 2025-yilga qadar respublikamizning ekologik toza gidro energiya ishlab chiqarish quwatlarini 1,7 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda. Shuningdek, maishiy elektr uskunalari, yangidan qurilayotgan bino va inshootlami energetik markalash va sertifikatlash, sanoat va ijtimoiy obyektlami texnologik jarayonlarni ratsionalizat- siyalash bazasida modemizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini faqatgina energetik samarador va energiya tejamkor texnologiyalar asosida barpo etish, yangi turar joy va ma’muriy binolami qurish va rekonstruksiya qilishda energiya samaradorligini ta’minlash, qayta tiklanuvchan energiya manbalarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, energiya tejamkor qurilmalar, uskunalar va materiallar ishlab chiqarilishini kengaytirish, ulami iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sektorda keng qo‘llash ko'zda tutilgan. Bu ishlaming amalga oshirilishi xalqimiz turmush farovonligining yanada yuksalishiga, iqtisodiyotimiz rivoji va malakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi. Download 248.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling