Energetika va konchilik ishi


Razrez maydonini ochish va qazib olish tartiboti


Download 203.06 Kb.
bet9/18
Sana17.02.2023
Hajmi203.06 Kb.
#1208853
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
sherzod qoziyev

2.4 Razrez maydonini ochish va qazib olish tartiboti.
Angren ko‘mir konining balans ko‘mir zaxirasi qazib olish chegaralarida 576,3 mln t ni tashkil qiladi.
Angren razrezi bo‘yicha umumiy zaxira xajmi 831,4 mln t. Razrezning asosiy maydonida sanoat zaxirasi
492,458mln t tashkil qiladi.
Razrez maydonini ochish asosan yuqorigi ustuplarida janubdan oxangaron daryosidan keltiruvchi kanal orqali yarim turg‘un to‘g‘ridan–to‘g‘ri zaezdlar vositasida, shimoliy chegaralarda avtomabil yo‘larining yarim turg‘un trasasi bo‘yicha karerli stansiyadan yarim turg‘un, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zaezdlar trasasi orqali razrezning sharqiy borti bo‘ylab olib boriladi.
Pastki pog‘onalarini ochish ishlari quydagicha olib boriladi. Janubdan to‘g‘ri zaezdlar orqali chiqish transheyasi bo‘yicha janubiy qanotdan yani turg‘un qismidan birlamchi tog‘ jinsi yo‘nalishi bo‘yicha, shuningdek turg‘un sezdlar tuzilishi bilan janubiy qanoat bilan, ichki otvallarga shimoldan to‘g‘ri zaezdlar “shtolnaya” stansiyasidan birlamchi tog‘ jinsi yo‘qolishiga chiqiladi.
“Qalin” ko‘mpleksi garizontlari quydagicha ochiladi:
Janubiy uchastkada foydali qazilma konveyerli ko‘targich vositasida qiya (180) tunnel bo‘ylab uch kompleksli saralash stansiyasiga uzatiladi.
Shimoldan esa konveyer transheyasi bilan ko‘mir ko‘targich orqali ortish kompleksiga uzatiladi. SHimoliy razrez tomonidan “Shtolnya-2” stansiyasiga keluvchi qiya stvol tonnelining umumiy uzunligi 727,5m bo‘lib qiyalik burchagi 150 ni tashkil qiladi
Angren ko‘mir qatlami o‘zining ichki tuzilishiga va geologik joylashuviga qarab ikkita ko‘mir qatlamiga bo‘linadi. “Yuqorigi” va “Qalin”. “Yuqorigi” ko‘mir qatlami o‘zining murakkab geologik tuzilishli ekanligi bilan xarkterlanadi. Bu еrda toza ko‘mir qatlamlari yoki pachkalari va oraliq tog‘ jinslari aralashgan yoki qatlam- qatlam bo‘lib joylashgan.
“Qalin” kompleksi ko‘mir zaxirasining zich qismida toza ko‘mir 85-95% tashkil qiladi. “aralash” qismida esa 70% gacha еtadi.
“Yuqori” va “Qalin” komplekslari oralig‘ida alevroshlari, qumli tuproq va boshqa tog‘ jnslari joylashgan “Appartak” uchastkasining deyarli butun maydoni “Qalin” kompleksining davomidir.
Ko‘mir pachkasining umumiy qalinligi 10m dan 100 m gacha boradi, o‘rtacha 50m ni tashkil qiladi. Angren razrezidagi ko‘mirning qattiqlik koefitsenti Protodyakov shkalasi buyicha o‘rtacha kichik birliklarda bo‘lib, tog‘ jinsini 1 dan 8 gacha etadi.
“Qalin” kompleksidan qazib olinayotgan ko‘mir konveyer transporti bilan, “Yuqorigi” kompleksdan esa temir yo‘l transporti bilan tashiladi. Konni ochish ustuplarida ham temir yo‘l transportidan foydalaniladi. Bunda 400÷600m3 peplovoz va PE-2m elektrovozlari hatdan 105 va 110t li dumkkarlardan foydalaniladi.
Konni ochish ustuplarida bir cho‘michli EKG-4.6, EKG-4u, EKG-8i, EKG-12.5, EKG-15 ekskavatorlari ishlatilmoqda.
Foydali qazilma qazilayotgan ustuplarning o‘rtacha balandligi-10m ochish ustuplarida esa 14m loyixa bo‘yicha 15m. Razrez pastki ustuplarida ish maydonining eni o‘rtacha 20m, yuqorigi ustuplarida ish maydoning eni 40m dan 100m gacha. Konni ochish va foydali qazilma qazish uchastkalarida yillik siljish fronti.
Kazib olish tartiboti elementlari. Angren razrezining asosiy maydoning loyixasida asosan “Yuqori” kompleksida temir yo‘l transporti “Qalin” kompleksida esakonveyer transporti ishlatish ko‘zda tutilgan.
“Yuqorigi” kompleksda bir cho‘michli EKG-8u orqali temir yo‘l transportiga yuqoridan yuklash belgilanadi. Bunda ekskavator foydali qazilmani yuqorigi ustupdagi dumkarlarga bklasa, nokerak tog‘ jinsini o‘zi shilayotgan ustupdagi dumpkarlarga yuklaydi. Kompleksni qayta ishlash ikkita garizontda amalga oshiriladi. Ustup balandligi 15m. EKG-8i da o‘tish kengligi 23m ustup qiyalik burchagi 700. Ustupning ishonchli qiyalik burchagi 550. Ish maydonining minimal kengligi “texnologik sxema” bo‘yicha 47÷53m.
“Moshniy” kompleksining “zich” qismida EKG-5u ekskavatori DBZ-8x9 markali maydalagichga yuklaydi. Maydalagich zaboy konveyeriga qayta yuklagich vositasida yuklaydi. Bu kompleks ekskavator-konveyer kompleksi deyiladi. O‘zi yurar DBZ-8x9 drobilkasi EKG-5u ekskavatoridan qabul qilayotgan yukni kerakli o‘lchamda maydalab zaboy konveyeriga uzatadi. “Qalin” kompleks “zich” qismida ustuplar maksimal balandligi 15m, o‘tish kengligi 25m, ish maydonining minimal knegligi 36÷45m .
“Qalin” kompleksning “aralash” qismida uchta tqrtta ustupda EKG-5u ekskavatori DBZ-8x9 drobilka kompleksi va ESH-10.70 ekskavatorlari ishlatiladi. ESH-10.70 ekskavator droglayni nokerak tog‘-jinsini ichki ag‘darmaga transportsiz sxema bo‘yicha tashiydi. Qazish ishlari davomida kazib olingan tog‘ jinsini kayta ekskavatsiya kiladi. “Zich” qismda EKT-5u ekskavatori ishlatiladi. O‘tish kengligi-14m, o‘rtacha ustup balandligi-10m, minimal ish maydoni kengligi-42m.
Razrez ishchi bortining ishonchliligini taminlash
uchun ish maydonining tavsiya etilgan kengliklari.



ustuplari

Ish maydoning min. kengligi m

Razrez ishchi borting tavsiya etilgan qiyalik burchagini taminlash bo‘yicha ish maydonini kengligi m

Ochish
ishlari

Qazish ishlari

Ochish ishlari

Qazish ishlari

“Yuqorigi” kompleks

“qalin” kompleks

Yuqorigi kompleks

“Qalin” kompleks

6.

50.2

47÷53

36÷45

70.0

47÷53

36÷45

8.

50.2

47÷53

36÷45

78.0

47÷53

36÷45

10

50.2

47÷53

36÷45

70.0

47÷53

36÷45

12

50.2

47÷53

36÷45

50.2

47÷53

36÷45



Hozirgi vaqtda Angren ko‘mir konining asosiy maydonida asosiy qazish ishlari 5 ta ustupda olib borilmoqda. Ochish ishlari esa 17 ta ustupda olib borilmoqda.
Asosiy maydon ko‘mir qatlamlarining aloxida qisimlarida ko‘mirni qazish va tashish ishlari uchta belgilangan sxema bo‘yicha amalga oshirilmoqda:

  • “Yuqorigi” kompleks “zich” qismida qazish ishlari siklli- potok texnologik sxema bo‘yicha ekskavator EKG-5u yordamida va ko‘mirni tashish konveyer transporti bilan;

  • “Yuqorigi” kompleks “aralash” qismida ko‘mirni qazib olish texnologik sxemasi “zich” zonadagi kabidir, to‘g‘ jinslarini esa ESH-10.70 ekskavator draglyni orqali ichki ag‘darmaga transportsiz sxema bo‘yicha eltish;

  • “Yuqorigi” kompleksda ko‘mirni ajratib qazib olish va siklik texnologik sxema qo‘llaniladi, xamda ichki ochish ishlarini EKG-8i ekskavatorlari orqali amalga oshiriladi. Tashish temir yo‘l transporti yordamida bajariladi.

Ochish ishlarining asosiy qismi siklik texnologik sxema bo‘yicha EKG-10, EKG-12.5, EKG-15 va temir yo‘l transporti orqali amalga oshiriladi.


Download 203.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling