Energetika va radioelektronika fakulteti texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish kafedrasi
Download 497.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXDSH 451-21 (2)
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA FAKULTETI TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARISH KAFEDRASI ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA XUDOYQULOV DADAJON 451-21 GURUH JizPI 2023 MAVZU:Elektrotexnika faning qisqacha rivojlanish tarixi va uning inson hayotidagi o`rni REJA: 1. Energiya va muxandislik ishi 2. Energiya va koinot paydo bo‘lishining zamonaviy talqini 3. Energiya turlari va uning o‘lchov birliklari Energiya va muxandislik ishi. Muhandislik-tabiiy resurslardan foydalanib fan va texnika yutuqlarini aniq masalalarni yechishga yo‘naltirilgan inson aqliy faoliyatining turidir. Muhandislik ilmining amaliy ifodalari dastlab qurilish sohasida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, texnikaning rivojlanishi natijasida bugungi kunda insoniyat faoliyatining barcha yo‘nalishlari o‘z muhandisligiga ega. Ilmiy izlanishlar va ular natijalarining amalda tadbiqlari shu darajaga yetdiki, hozirgi paytda hatto hujayralar muhandisligi (gen muhandisligi) paydo bo‘ldi. Mashina va mexanizmlar ishining salohiyati ayniqsa qurilish ishlarida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, yetti mo‘jizaning birinchisi, Yer yuzidagi eng sirli va jumboqli muhandislik inshooti hisoblangan misrdagi firavn Xeops piramidasi 20 yil davomida 100 000 dan ortiq ishchilarning tinimsiz mehnati natijasida qurilgan. Piramidaning balandligi 147 m, asosi kvadrat bo‘lib, tomonlari ham 147 m bo‘lgan. Texnik taraqqiyot natijasida esa bugungi kunda bunday inshootni mashinalar yordamida bir necha soatda qurib bitkazish mumkin. Muhandislik ishlari albatta tegishli texnikaviy vositalar asosida amalga oshiriladi va bu jarayonda xavfsizlik, ekologiya kabi muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun ham muhandislik sohalari tegishli tarzda me’yorlashtirilib va nazorat qilib turiladi. Masalan texnika xavfsizligi, standartlashtirish va boshqa tizimlar. Rivojlangan mamlakatlarda bu sohalarni ilmiy asoslarda tashkil etish va nazorat qilish uchun maxsus ilmiy- texnik markazlar va institutlar faoliyat yuritadi. Ana shunday ilmiy markazlardan eng birinchisi 1852 yilda tashkil topgan Amerika fuqaro muhandisligi jamiyatidir (ASCE). Keyinchalik, 1883 yilda Amerika injener- mexaniklar jamiyati (ASME), 1884 yilda injener-elektriklar jamiyati (FIEE) tashkil etildi. Bugungi kunda minglab turli ilmiy-texnik jamiyatlar, institutlar, xalqaro tashkilotlar va markazlar muhandislikning turli soha va yo‘nalishlarini boshqarishda, me’yoriy huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda faoliyat yuritmoqda. Biz ularning mehnati natijasini mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ekologik masalalar, standartlashtirish va boshqa bir qator xizmatlar va me’yoriy huquqiy hujjatlarda ko‘ramiz. Bu tizimlarning vazifasi sohani rivojlantirish bilan bir qatorda mehnat muhofazasini amalga oshirish va insonlar xavfsizligini ta’minlovchi mehnat sharoitlarini yaratishdir. Muhandislikning ko‘p sohalari aslida juda qadimiy kasblar bo‘lib u asosan ustoz-shogird tizimi asosida avlodlardan avlodlarga o‘tib kelgan. Ta’lim tizimida rasmiy ravishda muhandislik kasblariga o‘qitish 18-asrda shakllangan, ya’ni 1794 yilda Parijda birinchi politexnika oliy maktabi tashkil etilgan, keyinroq, 1804 yilda Napoleon tomonidan xarbiy- injenerlik maktabi ochilgan. Xuddi shu davrlarda Amerikaning Nyuu-York shtatidagi xarbiy akademiyada ham muhandislik ta’limi yo‘lga qo‘yilgan. 1893 yilda Amerika muhandislik ta’limi jamiyati (American Society for Engineering Education – ASEE) 1 tuzildi. Bu tashkilot Amerika muhandislik ta’limitizimlarining dunyoda yetakchi ta’lim markazlariga aylanishida katta rol o‘ynadi. Download 497.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling