Energiya ta'minoti tizimida Energiya tejamkorligi fanidan mustaqil ish mavzulari
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
ETTM2
Energiya ta'minoti tizimida Energiya tejamkorligi fanidan mustaqil ish mavzulari N Mavzu nomi Baho Imzo 17 Elektr motorlar va generatorlar 18 Energetika va atrof-muhit 19 IES-Issiqlik elektr stansiyalari 20 GES-gidro elektr stansiyalari 21 AES-Atom elektr stansiyalar 22 SHES-Shamol elektr stansiyalar 23 O'zgarmas tok zanjirida elektr toki va kuchlanish 24 Ko'mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr satansiyalar 17.Elektr motorlar va Generatorlar Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ generatori, gaz generatori, elektr generatori va h. k. Xususan, elektr generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi. Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. Generatorning umumiy makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. Generatorlarning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi. Generatorning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Dvigatel / generatorlar, aslida, ikkita qarama-qarshi rejimda ishlay oladigan bitta qurilma. Ba'zan odamlar nima deb o'ylasalar, bu vosita / generatorning ikki xil rejimi bir-biridan orqaga qarab harakatlanishini anglatmaydi (vosita sifatida qurilma bir yo'nalishda va generator sifatida u qarama-qarshi tomonga buriladi). Mil har doim bir xil tarzda aylanadi. "Yo'nalishni o'zgartirish" elektr oqimida. Dvigatel sifatida u mexanik quvvat hosil qilish uchun elektr energiyasini iste'mol qiladi (generator) va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun (oqadi) mexanik quvvat sarflaydi. 18 . Energetika va atrof-muhit Energetika korxonasining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri yoqilg'ini qazib olish va ishlatish, energiyani aylantirish va uzatishning barcha bosqichlarida sodir bo'ladi. Issiqlik elektr stantsiyasi havoni faol ravishda iste'mol qiladi. Olingan yonish mahsulotlari issiqlikning asosiy qismini elektr stantsiyasining ishchi organiga o'tkazadi, issiqlikning bir qismi atrof-muhitga tarqaladi va bir qismi yonish mahsulotlari bilan mo'ri orqali atmosferaga chiqariladi. Atmosferaga chiqadigan yonish mahsulotlari tarkibida azot oksidlari, uglerod, oltingugurt, uglevodorodlar, suv bug'lari va qattiq, suyuq va gazsimon holatdagi boshqa moddalar mavjud. Pechdan chiqarilgan kul va shlaklar litosfera yuzasida kul va shlakli chiqindilarni hosil qiladi. Bug 'generatoridan turbogeneratorgacha bo'lgan bug 'quvurlarida, turbogeneratorning o'zida issiqlik atrof-muhitga yo'qoladi. Issiqlik elektr stansiyalari (IES) da yondiriladigan organik yoqilg`ilardan tashqi muhitga jiddiy zarar etadi. Yonish jarayonida ularning tarkibidagi uglerod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar oksidlanib, yuqori harorat bilan havoga chiqariladi. Hozirgi kunda IES lar yoqilg`isida etakchi o`rinni ko`mir egallab turganligini nazarda tutadigan bo`lsak, uning tarkibida 0,2 - 10% gacha pirit shaklidagi oltingugurt, temir moddasi, gips va boshqa murakkab moddalar mavjud. Shuning uchun ham bunday elektr stansiyalari havoga katta miqdordagi sulfat angidridi, karbonat angidrid, is gazi, azot oksidlari, shuningdek inson organizmida rak kasalligini qo`zg`atuvchi benzopiren va shu singari kanserogen chiqindilarni chiqaradi. Bu chiqindilar tarkibidagi kremniy oksidi va alyuminiy insonning nafas olish organilarini zararlab, silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. IES mo`risidan chiqadigan sulfat angidridi havodagi namli qulay sharoitga tushganda oksidlanib, sulfat kislotasiga, azot oksidlari esa nitrat kislotasiga aylanadi. Shuning uchun ham issiqlik elektr stansiyalari joylashgan hududlarda bazan «kislotali yomg`irlar» paydo bo`ladi. Gidroenergetika - energetika sohasida nisbatan ekologik xavfsiz va toza hisoblanadi. Ammo bu sohaning ham ekologik vaziyatga tasiri sezilarli darajada. Gidroelektrostansiyaning turbinalarini harakatga keltiruvchi kuch bu suv oqimidir. Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa suv omborlari qurish va ularda suv to`plashni taqozo qiladi. 19. IES-Issiqlik elektr stansiyalari Issiklik elektr stansiyalari ( IES ) — qattiq , suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi . Navoiy issiqlik elektr stansiyasi — Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyasi. „Oʻzbekenergiya“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida shoʻʼba korxona. Navoiy shahrining Karmana tumani hududida joylashgan. 1960—81 yillarda qurilgan. Birinchi agregati 1962-yil fevralda ishga tushirilgan. Elektr stansiyasining asosiy uskunalari ochiq havoda oʻrnatilgan. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt boʻlgan tabiiy gaz hisoblanadi, ehtiyot yoqilgʻisi sifatida esa mazutdan foydalaniladi. St-yada oʻrnatilgan quvvatlari 1250 MVt boʻlgan 11 ta turboagregat (6 ta blok), 8 bugʻ qozoni bor. Bugʻ kozonlari 540° issiklikda va 130 atm. bosimidagi bugʻni ishlab beradi. Suvni Zarafshon daryosidan oladi. 20 . GES-gidro elektr stansiyalari. Gidroelektr stanciya (GES) - suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Elektr stansiyalaridan olinadigan gidroenergiya dunyodagi birinchi qayta tiklanadigan manbadir. Hozirda o'rnatilgan quvvat 1.000 GVt dan oshadi va 2014 yilda ishlab chiqarish 1.437 TVt soatni tashkil etdi, bu Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma'lumotlariga ko'ra dunyoda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 14 foizini tashkil etdi.Bundan tashqari, o'sha agentlikning prognozlariga ko'ra, gidroelektr energiyasi hozirgi quvvatini ikki baravarga oshirguncha sezilarli darajada o'sishda davom etadi 2.000 yilda o'rnatilgan 2050 GVt quvvatdan oshadi. 21. AES-Atom elektr stansiyalar Atom elektr stansiyasi (AES) — Texnologik sxemasi ClaySecurityissiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, Atom Elektr Stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom Elektr Stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom Elektr Stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiklik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi). Zamonaviy atom energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi. Uning tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10 % ini tashkil kiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vakdtacha taʼminlay olmaydi. 22 . SHES-Shamol elektr stansiyalar Shamol elektr stansiyasi (SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. Shamol dvigateli , elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshkaruvchi avtomatik qurilma xamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektr stansiyasidan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas, Oʻrta Osiyoda — dasht, chul va chala chullarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasie.da 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin. 23. O'zgarmas tok zanjirida elektr toki va kuchlanish Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar, qayta ulagichlar saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻlq boʻladi. Elektro zanjirlarda 2 xil elektro quvvatdan foydalanadi (AC) o’zgaruvchan tok va o’zgarmas tok. (DC).O’zgaruvchan tok asosan katta apparatlar va motorlarniishga tushiradi va uzgaruvchan tok elektro stansiyalarda ishlab chqariladi.transpotr vositalari va boshqa mashinalar hamdaelektronikda o’zgarmas tok kuchidan foydalaniladi. 24. Ko'mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr satansiyalar Ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari va ularning xo‘jaliklari. Bu elektr stansiyalarda bug'qozoni, turbina va generatordan tashqari bir qancha yordamchi xo‘jaliklari ham mavjuddir. Yoqilg'ini tushirish, saqlash va foydalanishga tayyorlash yoqilg‘i xo‘jaligining mashina va mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. Ko'mir vagonlarda stantsiyaga keltiriladi va omborlarga joylashtiriladi. Katta IES lar bir sutkada 30 ming tonnagacha ko'mir iste‘mol qiladi.Ombordan ko'mir transportyer lentalari orqali maydalash uchun maydalagichga uzatiladi va u yerda maydalangan ko'mir parshalarini kukun holiga keltirish maqsadida peshma – pesh tegirmonga yuboriladi. Ko'mir kukuni qizigan havo bilan birga aralashtiriladi va yoqish uchun bug' qozonining o‘chog'iga quvurlar orqali ma‘lum bosim ostida yuboriladi.Energiya tashuvchi – suv bug'ini olish uchun bug' qozonining ustki qismida po'lat quvurchalar joylashtirilgan bo'lib, bu quvurchalardan kimyoviy tozalangan toza suv (ichimlik suvi) oqadi. Quvurchalarning ichki qismida har xil tuzlarning o'tirib qolmasligi uchun suv albatta tozalangan bo'lishi kerak. Qizdirilgan suvli muhit yuqori tempyeraturali va ma‘lum bosimli bug'ga aylanadi. Kimyoviy toza suvni olish maxsus kimyoviy xo‘jalikda amalga oshiriladi.Yoqilg'ining yonishi natijasida qozonning o'chogida kul hamda tarkibida kul, qattiq zarrachalar va zararli moddalar bo'lgan gazlar hosilbo'ladi. Bu mayda zarrachalardan iborat gazlar ushlab qoluvchi qurilmalarda tozalanib, tutun chiqaradigan minoralar orqali atmosferagachiqarib yuboriladi va hozirgi paytda bu minoralarning balandligi 300metrgacha etadi. Bug' qozonining o'chogidagi kul suv bilan yuvilganidan hosil bo'lgan quyqa quvurlar orqali maxsus kul yigiladigan maydonchaga junatiladi. Qozondan chiqayotgan bug' turbinaga kelib, uni aylantirgandan so'ngkondensatorga keladi, u yerda esa bug' yana suvga aylantiriladi va nasos yordamida yana qozonga qaytariladi. Toza suvdan foydalanishning bu yopiq sikli tozalangan ichimlik suvdan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling