Energiya ta'minoti tizimida Energiya tejamkorligi fanidan mustaqil ish mavzulari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1095845
Bog'liq
ETTM2



Energiya ta'minoti tizimida Energiya tejamkorligi
fanidan mustaqil ish mavzulari
N
Mavzu nomi
Baho
Imzo
17
Elektr motorlar va generatorlar
18
Energetika va atrof-muhit
19
IES-Issiqlik elektr stansiyalari
20
GES-gidro elektr stansiyalari
21
AES-Atom elektr stansiyalar
22
SHES-Shamol elektr stansiyalar
23
O'zgarmas tok zanjirida elektr toki va kuchlanish
24
Ko'mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr satansiyalar


17.Elektr motorlar va Generatorlar
Generator — tashqi energiya manbai hisobiga elektr energiyasi ishlab
chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga oʻzgartiruvchi qurilma;
apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen generatori, muz generatori, bugʻ
generatori, gaz generatori, elektr generatori va h. k. Xususan, elektr
generatorlari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan tok generatorlariga boʻlinadi.
Generator tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr mashinalariga
ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil qoʻllaniladi.
Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, ikkinchi
holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va
quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. Generatorning umumiy
makromodeli quyidagi sxemada koʻrsatilgan. Generatorlar asosan turli
koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. Generatorlarning elektr mashina, lampa,
tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, gidroturbina, bugʻ turbina, har xil
chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol tariqasida standart signal
generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). Ularning koʻpchiligi
50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada ishlaydi.
Generatorning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada
ishlaydigan signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus
chegaralangan diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis
sozlanadi. Chastotani oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida
boʻladi.
Dvigatel / generatorlar, aslida, ikkita qarama-qarshi rejimda ishlay
oladigan bitta qurilma. Ba'zan odamlar nima deb o'ylasalar, bu vosita /
generatorning ikki xil rejimi bir-biridan orqaga qarab harakatlanishini
anglatmaydi (vosita sifatida qurilma bir yo'nalishda va generator sifatida u
qarama-qarshi tomonga buriladi).
Mil har doim bir xil tarzda aylanadi. "Yo'nalishni o'zgartirish" elektr
oqimida. Dvigatel sifatida u mexanik quvvat hosil qilish uchun elektr
energiyasini iste'mol qiladi (generator) va elektr energiyasini ishlab
chiqarish uchun (oqadi) mexanik quvvat sarflaydi.


18
.
Energetika va atrof-muhit
Energetika korxonasining atrof-muhit bilan o'zaro ta'siri yoqilg'ini qazib olish
va ishlatish, energiyani aylantirish va uzatishning barcha bosqichlarida sodir
bo'ladi. Issiqlik elektr stantsiyasi havoni faol ravishda iste'mol qiladi. Olingan
yonish mahsulotlari issiqlikning asosiy qismini elektr stantsiyasining ishchi
organiga o'tkazadi, issiqlikning bir qismi atrof-muhitga tarqaladi va bir qismi
yonish mahsulotlari bilan mo'ri orqali atmosferaga chiqariladi. Atmosferaga
chiqadigan yonish mahsulotlari tarkibida azot oksidlari, uglerod, oltingugurt,
uglevodorodlar, suv bug'lari va qattiq, suyuq va gazsimon holatdagi boshqa
moddalar mavjud. Pechdan chiqarilgan kul va shlaklar litosfera yuzasida kul va
shlakli chiqindilarni hosil qiladi. Bug 'generatoridan turbogeneratorgacha bo'lgan
bug 'quvurlarida, turbogeneratorning o'zida issiqlik atrof-muhitga yo'qoladi.
Issiqlik elektr stansiyalari (IES) da yondiriladigan organik yoqilg`ilardan tashqi
muhitga jiddiy zarar etadi. Yonish jarayonida ularning tarkibidagi uglerod, azot,
oltingugurt va boshqa elementlar oksidlanib, yuqori harorat bilan havoga
chiqariladi. Hozirgi kunda IES lar yoqilg`isida etakchi o`rinni ko`mir egallab
turganligini nazarda tutadigan bo`lsak, uning tarkibida 0,2 - 10% gacha pirit
shaklidagi oltingugurt, temir moddasi, gips va boshqa murakkab moddalar
mavjud. Shuning uchun ham bunday elektr stansiyalari havoga katta miqdordagi
sulfat angidridi, karbonat angidrid, is gazi, azot oksidlari, shuningdek inson
organizmida rak kasalligini qo`zg`atuvchi benzopiren va shu singari kanserogen
chiqindilarni chiqaradi. Bu chiqindilar tarkibidagi kremniy oksidi va alyuminiy
insonning nafas olish organilarini zararlab, silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. IES
mo`risidan chiqadigan sulfat angidridi havodagi namli qulay sharoitga tushganda
oksidlanib, sulfat kislotasiga, azot oksidlari esa nitrat kislotasiga aylanadi.
Shuning uchun ham issiqlik elektr stansiyalari joylashgan hududlarda bazan
«kislotali yomg`irlar» paydo bo`ladi.
Gidroenergetika - energetika sohasida nisbatan ekologik xavfsiz va toza
hisoblanadi. Ammo bu sohaning ham ekologik vaziyatga tasiri sezilarli darajada.
Gidroelektrostansiyaning turbinalarini harakatga keltiruvchi kuch bu suv oqimidir.
Uzluksiz suv oqimini tashkil qilish esa suv omborlari qurish va ularda suv
to`plashni taqozo qiladi.


19. IES-Issiqlik elektr stansiyalari
Issiklik elektr stansiyalari
(
IES
) —
qattiq
,
suyuq
va
gaz
holatdagi
organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga
aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv
yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina
(bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan
suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada
turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib,
mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda
elektr energiyasiga aylanadi. IESda ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik
energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni
IES ning
foydali ish koeffitsiyenti
30% ga tengdir. Foydali ish koeffitsiyenti
qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori
qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi
sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi)
va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IESni kondensatsiyey elektr
stansiyalari (KES) deyiladi va ularda foydali ish koeffitsiyenti qiymati
h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli
kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi.
IESlar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida
quriladi. Stansiya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy
qismi bir necha 100 km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi
transformator va yuqori voltli elektr uzatish liniyalari vositasida yetkaziladi,
qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki
pasaytiruvchi transformator orqali beriladi .
Navoiy issiqlik elektr stansiyasi
— Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr
stansiyasi. „Oʻzbekenergiya“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida
shoʻʼba korxona. Navoiy shahrining Karmana tumani hududida joylashgan.
1960—81 yillarda qurilgan. Birinchi agregati 1962-yil fevralda ishga
tushirilgan. Elektr stansiyasining asosiy uskunalari ochiq havoda oʻrnatilgan.
Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt boʻlgan tabiiy gaz hisoblanadi,
ehtiyot yoqilgʻisi sifatida esa mazutdan foydalaniladi.
St-yada oʻrnatilgan quvvatlari 1250 MVt boʻlgan 11 ta turboagregat (6 ta
blok), 8 bugʻ qozoni bor. Bugʻ kozonlari 540° issiklikda va 130 atm.
bosimidagi bugʻni ishlab beradi. Suvni Zarafshon daryosidan oladi.


20
.
GES-gidro elektr stansiyalari.
Gidroelektr stanciya (GES) -
suv oqimining energiyasini gidravlik
turbinalar
yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika
inshootlari va energetika jihozlari majmui.
Gidrotexnika inshootlari
toʻgʻon
yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi
GESlarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi.
GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3)
toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida
quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi
koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga
quriladi.
Elektr stansiyalaridan olinadigan gidroenergiya dunyodagi birinchi qayta
tiklanadigan manbadir. Hozirda o'rnatilgan quvvat 1.000 GVt dan oshadi va
2014 yilda ishlab chiqarish 1.437 TVt soatni tashkil etdi, bu Xalqaro
energetika agentligi (IEA) ma'lumotlariga ko'ra dunyoda ishlab chiqarilgan
elektr energiyasining 14 foizini tashkil etdi.Bundan tashqari, o'sha
agentlikning prognozlariga ko'ra, gidroelektr energiyasi hozirgi quvvatini ikki
baravarga oshirguncha sezilarli darajada o'sishda davom etadi 2.000 yilda
o'rnatilgan 2050 GVt quvvatdan oshadi.


21. AES-Atom elektr stansiyalar
Atom elektr stansiyasi (AES) — Texnologik sxemasi ClaySecurityissiqlik
elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr
stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, Atom
Elektr Stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom Elektr
Stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom Elektr
Stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli
(bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham
oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiklik eltuvchi, grafit esa
susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa
susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi).
Zamonaviy atom energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi. Uning
tabiiy zaxirasi unchalik katta emas, organik yoqilgʻining esa atigi 10 % ini
tashkil kiladi. Bu miqdor atom energetikasini yoqilgʻi bilan uzoq vakdtacha
taʼminlay olmaydi.


22
.
SHES-Shamol elektr stansiyalar
Shamol elektr stansiyasi
(SHES) — shamol oqimining
kinetik
energiyasini
elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma.
Shamol dvigateli
,
elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshkaruvchi
avtomatik qurilma xamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol
elektr stansiyasidan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi
yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot
tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas,
Oʻrta Osiyoda
— dasht,
chul va chala chullarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi.
Shamol elektr stansiyasie.da 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr
energiyasi hosil qilish mumkin.


23. O'zgarmas tok zanjirida elektr toki va kuchlanish
Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari)
va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri
tarkibiga ulabuzgichlar, qayta ulagichlar saqlagichlar, himoyalash va
kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va
boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi
(elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch
EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi,
tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi
manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi)
elektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi
issqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri
rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻlq
boʻladi. Elektro zanjirlarda 2 xil elektro quvvatdan foydalanadi (AC)
o’zgaruvchan tok va o’zgarmas tok. (DC).O’zgaruvchan tok asosan katta
apparatlar va motorlarniishga tushiradi va uzgaruvchan tok elektro
stansiyalarda ishlab chqariladi.transpotr vositalari va boshqa mashinalar
hamdaelektronikda o’zgarmas tok kuchidan foydalaniladi.


24. Ko'mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr satansiyalar
Ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari va ularning xo‘jaliklari.
Bu elektr stansiyalarda bug'qozoni, turbina va generatordan tashqari bir
qancha yordamchi xo‘jaliklari ham mavjuddir. Yoqilg'ini tushirish, saqlash
va foydalanishga tayyorlash yoqilg‘i xo‘jaligining mashina va mexanizmlari
yordamida amalga oshiriladi. Ko'mir vagonlarda stantsiyaga keltiriladi va
omborlarga joylashtiriladi. Katta IES lar bir sutkada 30 ming tonnagacha
ko'mir iste‘mol qiladi.Ombordan ko'mir transportyer lentalari orqali
maydalash uchun maydalagichga uzatiladi va u yerda maydalangan ko'mir
parshalarini kukun holiga keltirish maqsadida peshma – pesh tegirmonga
yuboriladi. Ko'mir kukuni qizigan havo bilan birga aralashtiriladi va yoqish
uchun bug' qozonining o‘chog'iga quvurlar orqali ma‘lum bosim ostida
yuboriladi.Energiya tashuvchi – suv bug'ini olish uchun bug' qozonining
ustki qismida po'lat quvurchalar joylashtirilgan bo'lib, bu quvurchalardan
kimyoviy tozalangan toza suv (ichimlik suvi) oqadi. Quvurchalarning ichki
qismida har xil tuzlarning o'tirib qolmasligi uchun suv albatta tozalangan
bo'lishi kerak. Qizdirilgan suvli muhit yuqori tempyeraturali va ma‘lum
bosimli bug'ga aylanadi. Kimyoviy toza suvni olish maxsus kimyoviy
xo‘jalikda amalga oshiriladi.Yoqilg'ining yonishi natijasida qozonning
o'chogida kul hamda tarkibida kul, qattiq zarrachalar va zararli moddalar
bo'lgan gazlar hosilbo'ladi. Bu mayda zarrachalardan iborat gazlar ushlab
qoluvchi qurilmalarda tozalanib, tutun chiqaradigan minoralar orqali
atmosferagachiqarib yuboriladi va hozirgi paytda bu minoralarning
balandligi 300metrgacha etadi. Bug' qozonining o'chogidagi kul suv bilan
yuvilganidan hosil bo'lgan quyqa quvurlar orqali maxsus kul yigiladigan
maydonchaga junatiladi.
Qozondan chiqayotgan bug' turbinaga kelib, uni aylantirgandan
so'ngkondensatorga keladi, u yerda esa bug' yana suvga aylantiriladi va
nasos yordamida yana qozonga qaytariladi. Toza suvdan foydalanishning
bu yopiq sikli tozalangan ichimlik suvdan tejamkorlik bilan foydalanish
imkonini beradi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling