Energiya tejamkor qurilish materiallari


Download 7.74 Kb.

Sana08.07.2018
Hajmi7.74 Kb.
background image
“ENERGIYA TEJAMKOR QURILISH MATERIALLARI”  

ilmiy tadqiqot laboratoriyasi 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-



texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutahassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-

tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-1533  -  sonli  qarori  va  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  O’rta  Maxsus  Ta'lim 

Vazirining 2011 yil 23 avgustdagi “Qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari bo’yicha ishchi guruxlar tashkil 

qilish  to’g’risida”gi  355  -  sonli  buyrug’i  bilan  TAQIda  “Energiyatejamkor  qurilish  materiallari”  ilmiy-

tadqiqot laboratoriyasi tashkil etildi. 

TAQI rektorining 5 fevral 2013 yildagi № 35 sonli buyrug’iga asosan laboratoriya mudiri va undagi 

seksiyalarning mudirlari quyidagicha tayinlangan: 

Laboratoriya mudiri - Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshlig’i A.A.Abduholiqov; 



Fizik-mehanik tadqiqotlar seksiyasi mudiri - qurilish materiallari va kimyo kafedrasi dotsenti 

J.S.Zokirov; 

Fizik-kimyoviy tadqiqotlar seksiyasi mudiri – O’zR FA UNKI katta ilmiy hodimi B.T.Sobirov; 



Binolarda energiyatejamkorlik seksiyasi mudiri - Bino va inshootlar kafedrasi dotsenti M.M.Zohidov. 

Laboratoriya faoliyati bilan bevosita shug'ullanuvchi ilmiy hodimlar va mutahassislardan tashqari doimiy 

faoliyat yurituvchi seminarlar, master klasslar, professor-o’qituvchilar va talabalarning ilmiy-ijodiy 

guruxlarida qatnashuvchilarning umumiy soni 150 nafarga yaqinlashgan, ulardan: 

66 nafari professor-o’qituvchilar; 



17-nafar soha mutahassislari; 

2 nafar katta ilmiy hodim-izlanuvchilar; 



48 nafar magistrantlar. 



“Energiyatejamkor qurilish materiallari” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida bajarilayotgan kurs 

ishi, diplom loyihalari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari  

2013-2014  o’quv  yilida  qurilish  materiallari,  buyumlari  va  konstruksiyalarini  ishlab  chiqish 

yo’nalishi bo’yicha 139 nafar bakalavrlariyat talabalari diplom loyihalarini bajarmoqdalar. Materialshunoslik 

va  materiallar  texnologiyasi  mutahassisligi  bo’yicha  12  nafar  magistrant  hamda  qurilish  materiallari, 

buyumlari  va  konstrukciyalarni  ishlab  chiqarish  mutahassisligi  bo’yicha  10  nafar  magistrant  magistrlik 

dissertatsiyalarini bajarmoqdalar. 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling