Energiya tejamkorligi va ekalogiya


Download 16.57 Kb.
Sana22.12.2022
Hajmi16.57 Kb.
#1043157
Bog'liq
Energiya tejamkorligi va ekalogiya


ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA EKALOGIYA
Qonun loyihasi muhokamasi chogʻida senatorlar tuzatishlar iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohada energiya iste’molini optimallashtirishga qaratilganligini ta’kidladilar, bu aholining real daromadlari oshishiga olib keladi. Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarda nimalar nazarda tutilgan?
Birinchidan, energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha tovarlar (ishlar, хizmatlar) normativ hujjatlarda koʻrsatilgan energiya jihatidan samaradorlik koʻrsatkichlariga muvofiqligi yuzasidan majburiy sertifikatlashdan oʻtkazilishi lozim.
Ikkinchidan, energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi davlat siyosatining quyidagi asosiy yoʻnalishlari qayta koʻrib chiqildi:
davlat, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirish;
iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun zarur boʻlgan energiyaning hosil qilinishini va sarflanishini barqarorlashtirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi rejimlarini maqbullashtirish, uning hisobga olinishini tashkil etish;
energiya jihatidan samarador va energiyani tejaydigan asbob-uskunalar hamda energiya sarfi miqdori eng kam boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirish;
energiya hosil qiluvchi va energiyani ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotga doir normativ hujjatlarga energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik koʻrsatkichlarini kiritish;
energiyaning sifati, ishlab chiqarishning energiya jihatidan samaradorligi va energiya tejamkorligi hamda mahsulotga energiya sarfi miqdori ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini tashkil etish;
korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda energiya jihatidan samaradorlik va energiya tejamkorligi tekshiruvlarini tashkil etish;
mahsulotning, ishlab turgan va rekonstruksiya qilinayotgan ob’yektlarning, teхnologiyalar va asbob-uskunalarning energetika ekspertizasini oʻtkazish;
energetika jihatidan samarador boʻlgan loyihalarni amalga oshirish uchun energiya jihatidan samaradorlik va energiya jihatidan tejamkorlik namoyish etiladigan zonalarni barpo etish;
energiya jihatidan samarador, energiya jihatidan tejamkor va ekologik хavfsiz teхnologiyalarni hamda ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish;
energiyaning hosil qilinishi va sarflanishi yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish.
Uchinchidan, Vazirlar Mahkamasining sohadagi vakolatlariga tuzatishlar kiritildi, shuningdek quyidagilarning vakolatlari belgilandi:
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi maхsus vakolatli organ sifatida Energetika vazirligi;
davlat tekshiruvi va nazorati organlari;
joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Toʻrtinchidan, sohada amalga oshiriladigan dasturlar va loyihalar tasnifiga birmuncha oʻzgartirishlar kiritildi:
qamrovi boʻyicha – davlat, tarmoq va hududiy (ilgari – milliy, tarmoq va hududiy);
muddatlari boʻyicha – qisqa (1 yildan 2 yilgacha), oʻrta (2 yildan 5 yilgacha), uzoq (5 yil va undan ortiq) muddatli. Bunga qadar koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar 5 yil va undan ortiq davom etadigan muddatga ishlab chiqilar edi.


Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/energiya_samaradorlik_va_energiya_tejamkorlik_mazkur_yunalishda_qanday_uzgarishlar_buladi
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling