Energomenejment tizimini ichki auditi
Ichki va tashqi audit o‘rtasidagi farqlar
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq14-mavzu
Ichki va tashqi audit o‘rtasidagi farqlar
4.1-jadval Audit turlari Ta’rifi Maqsadi Vazifalari Ma’lum otdan foydalan uvchilar 1 2 3 4 5 Ichki audit Korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, ta’sis hujjatlari va ichki hujjatlarga rioya Korxona boshqar uv tiziminin g samarad orlig ini baholash - kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga Korxona kuzatuv kengashi qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to‘liqligi va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tamoyillari, aktivlar-ning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo‘yicha korxona tarkibiy bo‘linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati doir takliflarni tayyorlash; - ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish Tashqi audit Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish va qonunda nazarda tutilgan professional xizmatlar ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi Korxona moliyavi y hisobotla rdagi ko‘rsatki chlarning ishonchli ligini ta’minlas h -korxona moliyaviyxo‘jalik muomalalarini hisobda to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish; - aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berish Aksiyad orlar, investorl ar soliq organlari , banklar Ushbu jadvalga ko‘ra, tashqi audit “3-shaxslar”, ya’ni aksiyadorlar, investorlar, soliq organlari, banklar va shu kabilarga ma’lumot berish uchun o‘tkazilsa, ichki audit korxonaning kuzatuv kengashiga ma’lumot berish uchun shu jumladan korxona faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash va samaradorligini oshirish uchun amalga oshiriladi. Bu esa tashqi audit o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarning qisman kamayishi va korxona daromadining oshishiga olib keladi. Bundan korxonalarda ichki auditni tashkil qilish muhimligi kelib chiqadi. Ichki auditorlar ishini tashkil qilish qoidalari bir qancha xalqaro auditorlik standartlari(XAS)da belgilangan, xususan, ichki auditorlar ishidan foydalanish tegishli №610-XASda belgilangan. Mamlakatimizda ichki auditni tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrda 215-son qarori tasdiqlangan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida”gi nizom va O‘zbekiston Respublikasi adliya Vazirligi tomonidan 2012 yil 12 mayda 2361-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qabul qilingan “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom bilan tartibga solinadi. “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan ichki auditor bo‘lib faoliyat yuritish uchun O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan beriladigan “Ichki auditor malaka sertifikati”ga ega bo‘lish kerak. Ushbu sertifikatga ega bo‘lish uchun bir qancha talablar qo‘yilgan bo‘lib, 2012 yilda birinchi bor imtihon o‘tkazilganda 33 kishidan 23 kishi sertifikatni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, birgina O‘zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Assotsiatsiyasi tomonidan berilgan ichki auditor malaka sertifikati 172 tani tashkil qiladi[3]. Ichki auditning xalqaro hamda milliy auditorlik standartlari bo‘yicha tavsifi 1-rasmda keltirilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda va butun dunyoda ichki audit rivojlanishi va takomillashuviga katta e’tibor qaratilmoqda, chunki ichki audit korxona faoliyatining samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan instrument deyish mumkin. Boshqacha aytganda, ichki audit korporativ boshqaruv natijasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonida ichki nazorat tizimining samaradorligini ta’minlash va ishonchliligini baholash funksiyasini bajara boshladi. 14.1-rasm. Ichki auditning tavsifi Tashkiliy-huquqiy jihatdan ichki audit moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining xususiyatlariga bog‘liqligi sababli har bir tashkilot uchun individual hisoblanadi. Iqtisodchi olim A.I. Xaritonchik ichki auditning quydagi tashkiliy shakllarini keltirib o‘tgan[4]: - tashkilotning o‘zida ichki audit xizmatini tashkil qilish; - autsorsing; - kosorsing. Tashkilotning o‘ziga tegishli ichki audit xizmatini tashkil qilish tashkilot o‘z kuchi bilan amalga oshiriladi va bunda xodimlar tashkilot ichki tizimi va tarmoq xususiyatlari to‘g‘risida to‘la ma’lumotga ega bo‘ladilar. Autsorsing ichki audit funksiyalarining to‘laligicha yoki bir qismini tashqi tashkilot yoki tashqi konsultantga o‘tkazilishini nazarda tutadi. Ko-sorsing - ba’zi holatlarda boshqa ekspertlar va tashqi konsultantlar jalb qilinishi mumkin bo‘lgan tashkilotda ichki audit bo‘limining tashkil qilinishini nazarda tutadi. Autsorsing va ko-sorsingning potensial afzalliklari sifatida A.I. Xaritonchik quyidagilarni keltirib o‘tgan: - turli sohalar bo‘yicha ekspertlar xizmatidan foydalanish imkoniyati; - yuqori malakali auditorlar bilan ishlash imkoniyati; - ichki auditni o‘tkazishning ilg‘or texnologiyalari va metodikalaridan foydalanish imkoniyati; - ichki auditni o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlarni qisman tejash imkoniyati va x.k. Fikrimizcha, tashkilotlarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ichki audit turlaridan eng muvofiq keladigani auditning birinchi shakli bo‘lib, tashkilotning o‘zida ichki audit xizmatini tashkil qilish natijasida iqtisodiy samaradorlikning oshishidan tashqari korxonadagi konfidensial ma’lumot chiqib ketishining maksimal darajada oldi olinadi, bu esa korxonada yuz kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlarning ham oldini olish imkonini beradi. O‘zbekistonda ichki auditning birinchi shakli rivojlangan bo‘lib, tashkilotda ichki audit xizmatining tashkil qilinishi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: - material hamda mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanish; - moliyaviy hisobot sifatini oshirish yo‘li bilan samarali shartlarda investitsiyalarni jalb etish; - xarajatlarni qisqartirish; - korxona tavakkalchiligini pasaytirish. Xalqaro ichki auditorlar instituti ma’lumotiga ko‘ra, ichki audit turli darajali korxona va tashkilotlar uchun zarurdir. CHunki ichki audit boshqaruv va tavakkalchilikni boshqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish va baholashda tizimli va tartibli yo‘nalish ishlatish orqali tashkilot rivojlanishining har bir bosqichida qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Iqtisodchi olim E.N. Makarenko korxona va tashkilotlarda ichki audit xizmatning tashkil qilinishining zarurati sifatida quyidagi omillarni keltirgan[5]: - tashkilot tashkiliy-boshqaruv tizimining ko‘p tabaqaliligi; - korxona faoliyati miqyosi kengayishi va uning turi o‘zgarishi; - mutaxassislar maslahatiga talab; - xorijiy investitsiiyalarni jalb etish ehtiyoji; - aksionerlik jamiyatlari mulkdorlarining menedjerlar ishini baholashga talab va x.k Ichki auditning xizmatining samarali faoliyat yuritishida uning boshqa bo‘limlardan mustaqilligi katta rol o‘ynaydi, bunda ichki audit xizmati to‘g‘ridan- to‘g‘ri korxona boshqaruviga bo‘ysunadi. Ichki audit xizmati o‘z vazifalari va funksiyalarini bajarishi uchun esa unda tajribali mutaxassislar faoliyat yuritishlari talab qilinadi. Bu bo‘yicha talablar O‘zbekiston Respublikasi “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda ham keltirilgan. Ushbu nizomga asosan ichki audit xizmati asosan quyidagi uch element birgalikda ishlatilganda tashkilotning moliyaviy faoliyatida, shuningdek, buxgalteriya hisobida tavakkalchilikning pasayishini ta’minlaydi: - nazorat muhiti; - hisob tizimi; - nazorat jarayonlari; Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling