Eng uzun bo`g`oz – Mozambik. Bo`g`oz 950 km uzunlikka ega, u Afrika materigi va Madagaskar oroli oralig`ida joylashgan.
Eng keng bo`g`oz – Dreyk. Mazkur bo`g`oz Janubiy Amerika va Antarktida materiklari oralig`ida joylashgan. Tinch va Atlantika okeanlarini birlashtirib turadi. Kengligi 820 km. Bog`oz nomi Frensis Dreyk sharafiga qo`yilgan.
Eng serqatnov bo`g`oz – La-Mansh bo`g`ozidir. Bog`ozdan sutkasiga 500 dan ortiq kema o`tadi.
Eng baland suv qalqishi – Atlantika okeanidagi Fandi qo`ltig`ida kuzatilgan. Suv to`lqinining balandligi 18 metrga yetgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |