Eng, Eng, Eng… (Litosfera bo`yicha) Eng katta materik


Download 50 Kb.
bet3/16
Sana04.11.2021
Hajmi50 Kb.
#170455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Eng, eng, eng

Eng qurg`oqchil materik – Avstraliya. Ushbu eng kichik materikda bunday iqlim xususiyatining tarkib topishida tropik iqlim mintaqasi hukmronlik qilishidadir. Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog`in yog`adi. Yog`ingarchilikning asosiy qismi Katta Suvayirg`ich tizmasining sharqiy qismiga tushadi.

Eng sovuq materik – Antarktida. Ushbu muzli materik geografik o`rniga mos ravishda muz va qor bilan qoplangaligi boisdan unda sovuq iqlim xususiyatlari tarkib topgan. Bu yerda dunyodagi eng sovuq harorat kuzatilgan.

Eng baland materik – Antarktida.

Eng katta qit`a – Osiyo. Maydoni – 44 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining sharqiy qismidagi katta hududlarni egallaydi. Yevropa qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.

Eng kichik qit`a – Yevropa. Maydoni - 10 000 000 km.kv. Qit`a Yevrosiyo materigining g`arbiy qismidagi hududlarni egallaydi. Osiyo qit`asidan Ural tizmasi orqali bo`linib turadi.

Eng katta orol– Grenlandiya. Maydoni – 2 175 600 km.kv. Orol Tabiiy geografik jihatdan Shimoliya Amerika materigi hududining bo`lagi hisoblanadi. Siyosiy-ma`muriy jihatdan Daniyaga qarashli. Aholisi soni 57 000 kishi. Poytaxti – Nuuk shahri.


Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling