Eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish


Download 44.71 Kb.
Sana20.09.2023
Hajmi44.71 Kb.
#1682283
Bog'liq
Yengil atletika


Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga yugurish, sportcha yurish, balandlikka sakrash, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp bilan, nayza uloqtirish, lappak, bosqon, yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 48 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiri-tilgan (2000-yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil atletikaning 23, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, taʼlim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning „Alpomish“ va „Barchinoy“ sport sinovlari dasturidan joy olgan. Gomerning „Iliada“Ibn Sinoning „Tib qonunlari“ va boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid maʼlumotlar uchraydi. Qadimiy Olimpiada oʻyinlarida (mil. av. 776-yildan mil.avv. 394-yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-asrda Angliyada (1837-yildan) musobaqalar, Afinada (1859-yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896-yildan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912-yilda Xalqaro havaskor Yetakchilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat aʼzo (2001-yil; Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993-yildan aʼzo). IAAF 1977-yildan jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983-yildan jahon birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi. Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885-yilda Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902-yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919-yildan mamlakat birinchiliklari, 1927-yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan.
Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952-yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo oʻyinlarida 1994-yilda Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998-yilda Oleg Veretelnikov (oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan taqdirlangan Yengil atletika AQSHBuyuk BritaniyaGermaniyaKubaXitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan[1].
“Alpomish” va “Barchinoy ”test majmualari, ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat bo‘yicha DTS larida yengil atletikaning o‘rni va ahamiyati. O‘zbekiston axolisining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi «Alpomish va Barchinoy» maxsus testlari tug‘risida «Alpomish va Barchinoy» maxsus testlari (bundan keyin testlar) O‘zbekiston axolisining jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida axolining o‘qish mexnat faoliyati va harbiy xizmatga bo‘lgan jismoniy tayyorgarligini umumiy darajasini aniqlaydi. Testlar salomatlikni mustaxkamlash, ijodiy va mexnat faoliyatini oshirishga yordam beradi.
«Alpomish» maxsus testlari O‘g‘il bola (erkaklar), «Barchinoy» maxsus testlar esa Qiz (ayollar uchun mo‘ljallangan).
Testlar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, axolini jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarga jalb etish, o‘z sog‘ligini
mustaxkamlashdagi extiyojni qondirish hamda xayotning turli bosqichlarida jismoniy tayyorgarlikni oshirib borish vositasi sanaladi. Shuningdek, testlar jismoniy mashqlar Bilan mustaqil shugullanishga doir asosiy bilimlar va Amaliy ko‘nikmalarni egallash, o‘qish, mexnat qilish va dam olish kun tartibida jismoniy mashqlarning xilma-xil shakllaridan foydalanish, istedodli sportchilarni yadro va tarbiyalash maksadida ommaviy sportni rivojlantirishga yordam beradi.
Axolini jismoniy tayyorgarligini YAdro maqsadiga qaratilgan testlar egiluvchanlik tezkorlik, kuch, chidamlilik va chaqqonlik aks etuvchi sinov turlari o‘z ichiga oladi.
«Alpomish» testlari 3 bosqichdan iborat bo‘lib 5 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Xotin-Qizlar uchun muljallangan.
«Alpomish» testlari
1-bosqich-5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan Qizlar uchun (umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9 sinf o‘quvchilari hamda kollej va litsey o‘quvchilari)
2-bosqich-18 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lgan xotin Qizlar uchun (oliy o‘quv yo‘rtlarining talablari, harbiy xizmatchilar ishlab chikarishda band bo‘lgan yoshlar va boshqalar)
3-bosqich-35 yoshdan 60 va undan katta yoshdagi Xotin-Qizlar uchun (xalk xujaligida band bo‘lgan, nafakaxo‘rlar va boshqalar)
Mashg‘ulot axolining o‘qish, xizmat joylari, turar joylarida tashkil etiladi. Me’yorlarni qabul qilish ishlari ma’mo‘riyatning bo‘yruklari Bilan tasdiklanib, joylardagi tegishli sport ko‘mitalari bilan kelishilgan xolda maxsus testlar bo‘yicha tegishli maxalliy komissiyalar tomonidan o‘tkaziladi.
«Alpomish» va «Barchinoy» testlari jismoniy mashqlar Bilan mustaqil shugullanishga doir bilimlar, ko‘nikma va malakalarni egallash, shuningdek gigiena va fukorolar mudofasi YUzasidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘zda tutadi.
«Alpomish» va «Barchinoy» testlari asosida ko‘p ko‘rash sport turiga ishtirokchining yoshi va jinsi xisobga olingan xolda olti turi kiritiladi. K o‘p
ko‘rash musobaqalari sport turlari bo‘yicha bo‘ladigan musobaqalar qoidalariga muvofik o‘tkaziladi.
Testlar asosidagi sinovlarni tayyorlash, o‘tkazish shartlari va tartibi.
Testlar asosida musobaqalar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha sinflari, kollej, litsey va oliy o‘quv yo‘rtlarining barcha ko‘rslarida ilm oluvchi talabalar o‘rtasida (tibbiy go‘ruxga kiruvchilardan tashkari) hamda mazko‘r muassalarda faoliyat yo‘ritayotgan o‘qituvchi, mo‘rabbiy va boshqa xodimlari o‘rtasida o‘tkaziladi. Boshqa soxalarda mexnat qilayotgan yoshlar uchun sog‘lomlashtirish YUnalishidagi musobaqal ar tashkil etiladi. Harbiy
xizmatchilar va xukukni muxofaza qiluvchi tashkilot xodimlari uchun maxsus o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar uYUshtiriladi.
Testlar sinov topshirishga Yuqori nomlari zikr etilgan barcha kontintent jalb etiladi. Bundan tashkari shifokorning ruxsatnomasiga ega bo‘lgan, tashkiliy so‘ratda yoki mustaqil ravishda sport bilan shug‘ullanadigan barcha xoxlovchilar ishtirok etishlari mumkin.
Testlarning sinov turlari bo‘yicha musobaqalardagi mashqlarning bajarish shartlariga hamda sport turlari musobaqalar koidalariga muvofik shahar (tuman) sport kumitalari tomonidan tasdiqlangan hakamlar xay’ati o‘tkazadi. Hakamlar xay’ati tarkibiga tibbiy xodim ham kiritiladi.
Testlarni topshirishga tayyorgarlik ishlari o‘quvchilar talabalar, uchun o‘quv yo‘rtlarida o‘quv mashg‘ulotlari hamda o‘qishdan tashkari jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport mashg‘ulotlari jarayonida turli yordam mexnat qilayotgan yoshlar uchun sport seksiyalari umumiy jismoniy tayyorgarlik go‘ruxlar sixat salomatlik go‘ruxlarida hamda mustaqil shugullanishlar uchun tashkil etiladi.
Testlar bo‘yicha ishlarni tashkil etish
Respublika, viloyat, shaxa rva tumanlarda test me’yorlarining bajarilishiga raxbarlik va bu ishlar ustidan nazorat tegishli xokimiyat, sport kumitalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalk ta’lim vazirliklari va ularning joylardagi bo‘limlari korxona va tashkilotlarning kasaba uYUshmasi kumitalari, harbiy kismlarning raxbarlari tomonidan amalga oshirilsin. Testlar o‘zlashtirish ishlarini tashkil etish ma’suliyati o‘quv yo‘rtlarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga korxona va muassasalarda esa sport bo‘yicha instruktor- metodistlar, mo‘rabbiy va tibbiyot xodimlariga, harbiy kismlar va xukukni muxofaza qilish tashkilotlaridagi jismoniy tayyorgarlik raxbarlar zimmasiga YUklatilsin.
Testlar bo‘yicha sinov turlarining bajarish shartlari.

  1. 60,100,1000,2000 va 3000 metrlarga Yugurish, o‘yingoxning Yugurish yo‘lkalarida o‘tkaziladi.

  2. Joydan turib va Yugurib kelib o‘zunlikka sakrashlar maxsus joylarda o‘tkaziladi.

  3. Baland turnikda tortilish-oyoqlar yerga tegmay Yuqoridan qo‘l bilan ushlab osilgan xolatda bajariladi. Agar engak turnikning grifini kesib o‘tgan bo‘lsa, mashq xisobga olinadi. 5 soniyadan ortik tuxtashga ruxsat berilmaydi, mashq osilgan xolatda to‘lik tuxtaganda boshlanib, tebranishga ruxsat etilmaydi.

  4. Gavdani ko‘tarish chalqancha yotgan xolatda bajariladi, kul kaftlari bosh orkasiga kuyilgan bo‘lib, oyok kaftidan ushlab turiladi.

  5. Nishonga tupni (koptokni) uloqtirish istagan tekis maydonchadan 150 sm, balandlikdagi 100x100 sm li shitga 8, 10, 12, 15, 20 m masofadan, granata uloqtirish-uloqtirish sektoridan yoki har kanday tekis joydan (700 gr. Erkaklar, 500 gr. Xotin - Qizlar uchun) bajariladi.

  6. Kichik kalibrdagi miltikdan 6 sonli nishonga pnevmatik miltikdan 8 sonli nishonga qarab UK otish.

  7. Suzish xavzasida yoki maxsus jixozlangan joydagi suv xavzasida xafsizlik koidalariga rioya qilgan xolda o‘tkaziladi.


Download 44.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling