Eng qodimgi davrdan VII asrgacha bo’lgan ta’lim-tarbiya ishlari reja
Aziz Qayumovning “Qadimiyat obidalari”
Download 23.07 Kb.
|
ENG QODIMGI DAVRDAN VII ASRGACHA BO
Aziz Qayumovning “Qadimiyat obidalari” nomli asaridagi pand-nasihatga oid o’gitlar bilan sug’orilgan she’riy parchalar tarjimasi mazmuni orqali ularda ilgari surilgan ma’rifiy g’oyalar asosida o’sha davrda olib borilgan tarbiya mazmuni haqida ma’lumotlarga ega bo’lamiz.
Asarning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi manbalarning aksariyatida Mahmud Qoshg’ariyning qo’shiqlarni xalq orasidan yiqqanligi ta’kidlanadi. Aziz Qayumov esa bu she’r parchalarining asl nusxasida o’sha davrda mavjud bo’lgan badiiy ijodga nisbatan yuksak talabchanlik aniq sezilib turishi, she’rlarni yaratgan shoirlarning juda ma’lumotli ekani, chuqur bilim va nafis badiiy didga ega ekani xususidagi fikrlarni qayd etadi va pand-nasihatga oid qo’shiqlarni alohida guruhga ajratib, ularni tarjima qilib, mazmunini tahlil etadi. SHe’rlarda ilm olishning qadri, bilimli va donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo’stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ’ib etuvchi, o’z manfaatini ko’zlagan molparast, baxil, ochko’z, do’sti va xalqiga xiyonat kabi xislatlarni qoralaydigan she’rlar ko’p uchraydi. Bunday she’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimdan boshlab inson shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligidan darak beradi. Aqlli odamning zehni o’tkir bo’ladi, u har qanday o’git-nasihatni tezda o’z ongiga singdirib oladi. Alloma inson zehnining o’tkirligini, har qanday muammoni hal eta olish layoqatini xuddi yuqorida parvoz etayotgan qushning yerdagi o’ljani ko’rib, unga ega bo’lish ilinjida pastga sho’ng’ishida sodir etadigan tezligiga qiyoslaydi. Oqil odam zehnining tezligi qush parvoziga qiyoslanadi: Qush ov ko’rsa, yuksaklardan pastga cho’kar, Olim kishi o’git bersa darhol uqar (3-t. 53-bet). Bu misolda aqlli, bilimli odamning tabiati, o’ziga xos xislati ifodalangan. Demak, eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarda ifoda etilgan va qadrlangan xislatlar - jasurlik, mardlik, adolat, sadoqat, insoniylik, xushmuomalalikdan iborat bo’lgan. Tabiiyki, ushbu xislatlar insonda o’z-o’zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotidagi o’zgarishlar, ibtidoiy urug’chilikka asoslangan turmush tarzi insonning ana shunday xislatlarga ega bo’lishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi ayovsiz kurash insonda yuqorida qayd etilgan xislatlarning bevosita shakllanishiga turtki bo’lgan. Download 23.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling