Eng yaxshi kitobxon talaba
Download 5.21 Mb.
|
29.09.ikkinchi bosqich bayonnoma2023 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashdilar
- KUN TARTIBI: 1.
- QAROR QILADI
- Yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Qutlimuratov Filologiya va san’at fakulteti tyutori M.Xojayeva
«Tasdiqlayman» Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va tarix fakulteti dekani : _____dots.U.Sheripov INSTITUT MIQYOSIDA O’TKAZILGAN “ENG YAXSHI KITOBXON TALABA” KO‘RIK-TANLOVINING IKKINCHI BOSQICHI BAYONNOMASI 2023-yil 29-sentabr Urganch shahri
KUN TARTIBI: 1. Talaba-yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirish, kitob – eng yaxshi do‘st, maslahatchi ekanligini tushuntirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida targ‘ib qilish. 2. G'afur G'ulomning "Yodgor" qissasi (o‘zbek guruhlar uchun) hamda rus adibi A.P.Chexovning “Палата №6” qissasi (rus guruhlar uchun) asarlari asosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqich natijalari to‘g‘risida ESHITILDI: Kun tartibidagi masala yuzasizdan UrDPI Filologiya va tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Qutlimuratov so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etib, navbatdagi bosqichda qatnashishga huquqiga ega bo‘lgan talabalarni tabriklab, ularga omad yor bo‘lishini tiladi. Shuningdek, u o‘z nutqida so‘nggi yillarda mamlakatimizda kitob mutolaasi va targ'iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitoblar sonini emas, kitobxonlar salmog'ini oshirishga asosiy e'tibor qaratilayotgani haqida ham to‘xtaldi. Shu masala yuzasidan so‘zga chiqqan “O‘zbek va rus tili adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi N.Yakubova ko‘rik-tanlov shartlari bilan tanishtirdi va talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi. Tanlovning navbatdagi bosqichi G'afur G'ulomning "Yodgor" qissasi (o‘zbek guruhlar uchun) hamda rus adibi A.P.Chexovning “Палата №6” qissasi (rus guruhlar uchun) asarlari asosida o‘tkazildi. “Eng yaxshi kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichida quyidagi talabalar yuqori ball to‘plab, diplom bilan taqdirlandilar. "Yodgor” qissasi bo‘yicha: Birinchi o‘rin: Olimova Surayyo – Filologiya va tarix fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi; Ikkinchi o‘rin: Jumaniyozova Mohinur – Filologiya va tarix fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi; Uchinchi o‘rin: Olimboyeva Maftuna – Filologiya va tarix fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi egalladi. “Палата № 6” qissasi bo‘yicha: Birinchi o‘rin: Ro'zmetova Barchinoy – Filologiya va tarix fakulteti O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabasi; Ikkinchi o‘rin: Qadamova Xurshidabonu – Filologiya va tarix fakulteti O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabasi; Uchinchi o‘rin: Yaxshiyeva Gulchiroy – Filologiya va tarix fakulteti O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabasi egalladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, majlis QAROR QILADI: “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlov ishtirokchilari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlansin. Tanlovda 1-o‘rinni egallagan Olimova Surayyo va Ro'zmetova Barchinoylarning final bosqichida qatnashishi ta’minlansin. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash Yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Qutlimuratov zimmasiga yuklatlsin. Yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari S.Qutlimuratov Filologiya va san’at fakulteti tyutori M.Xojayeva ARM direktori G.Samandarov. ARM xodimasi S.Xo`jayeva. Download 5.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling