Eng yaxshi mijozlarga xizmat ko’rsatish markazi qanday bo’lishi kerak? Hozirgi zamonaviy dunyoda mijozlarga xizmat ko’rsatish biznes rivoji uchun juda muhim rol o’ynaydi. - Birinchi navbatda mijozlar o’zlarini qiynab turgan muammolarga tezda yechim topishni xohlashadi. Buning uchun biz xodimlardan tezkorlik, qisqa vaqt ichida muamoga yechim topish talab etiladi. - Ikkinchi navbatda xushmuomalalik talab etiladi. Chunki mijoz bilan chiroyli, hurmat ila suhbat qurilsa, doimiy mijoz darajasiga aylanish ehtimoli juda katta bo’ladi. - Uchinchi navbatda xizmat xodimlaridan o’tkir zehnlilik talab etiladi. Mijoz nimani xohlayotganini tezda ilg’ab, tushunib olish kerak. Mijozlar ham ularni bir jumla gapidan tushunib olishlarini yaxshi ko’rishadi. -To’rtinchi navbatda xizmat xodimidan stress bilan ishlash qobiliyati, javobgar bo'lish qobiliyati, tanqidga munosib javob, shu jumladan.rahbariyatdan, diqqatni jamlash qobiliyati ham talab etiladi. - Beshinchi navbatda turli xil mijozlar bilan ishlash qobiliyati (masalan, turli xil temperamentlar), mijozning manfaatlarini himoya qilish qobiliyati, ishontirish qobiliyati ham talab qilinadi. -Oltinchi navbatda Asosiy ko'nikmalar va xatti-harakatlar: mahsulotni bilish, texnologik tajriba, samarali muloqot qilish qobiliyati, to'g'ri savollar berish qobiliyati, ko'p vazifalar ham talab qilinadi va bu hozirgi kunning eng dolzarb talablaridan bir hisoblanadi. -Yetinchi navbatda ishchanlik, ishga ma’suliyat bilan yondashish ham talab etiladi. Bunday insonlar boshliqlarga ham mijozlarga ham yoqadi. 01.112023 Tuychiyev Abdulla
Do'stlaringiz bilan baham: |