§ 1 ТУКИМАЧИЛИК ИПЛАРНИНГ ТУРИ ВА ТУЗИЛИШИ.
1.1 To‘qimachilik iplari
To‘qimachilik ipi – to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mustahkam, nisbatan ingichka va katta uzunlikdagi jism.
Monoip – uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan va bevosita to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yakka ip.
Elementar ip – uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan va kompleks iplarning tarkibiga kiradigan yakka ip.
Kompleks ip – ikkita yoki undan ko‘p elementar iplarni eshish bilan yoki yelimlab olingan to‘da ip.
Yigirilgan ip – to‘qimachilik tolalarini eshish yoki yelimlab olingan ip.
Pishitilgan ip – ikkita yoki undan ko‘p kompleks iplarni qo‘shimcha eshib olingan ip.
Pishitilgan yigirilgan ip – ikkita va undan ko‘p yigirilgan iplarni pishitib olingan ip.
Qo‘shilgan iplar – ikkita va undan ko‘p kompleks iplarni yoki yigirilgan iplarni qo‘shib pishitilmagan holatdagi iplar.
Tabiiy ip – tabiiy tolalardan olingan ip.
Kimyoviy ip – sun’iy yoki sintetik yuqori molekulali moddalarni shakllantirish usuli bilan olingan ip.
Sun’iy ip – tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan kimyoviy ip.
Sintetik ip – yuqori molekulali sintetik moddalardan olingan ip.
Jgut – eshilmagan bir qancha (10. 000÷20. 000) kimyoviy elementar iplar yig‘indisi. Jgut 32–100 mm uzunlikda kesilsa, shtapel tola hosil bo‘ladi.
Shakldor ip – ipning ustida takrorlanuvchi mahalliy o‘zga- rishlarning mavjudligi (tugunchalar, halqalar, yo‘g‘onlik va h. k.)
Chirmoviqli ip – o‘zak ip atrofida uning uzunligi bo‘yicha tola
yoki qo‘shimcha ipning chirmashidan hosil bo‘lgan ip.
Teksturlangan ip – kimyoviy iplarga qo‘shimcha mexanik yoki termomexanik ishlov berib, ipning chiziqli shaklini o‘zgartirib, katta hajmli cho‘ziluvchan xususiyatga ega bo‘lgan ip.
Do'stlaringiz bilan baham: |