Modifikatsiyalashdan maqsad – iplarga yupqa plyonka qoplash yo‘li bilan ularning silliqligini va pishiqligini oshirish hamda to‘quvchilik jarayonida ip uzilishlari sonini kamaytirishdan iborat.
Iplarni qoplovchi suyuqlik – modifikator deyiladi. Modifikatsiyalangan iplar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
Modifikatsiyalash jarayonidan keyin iplarning uzilishga bo‘lgan qarshilik kuchi 10–20 %ga ortadi, bu omil asosiy yutuq biri hisoblanadi.
Modifikatsiyalash jarayonida quyidagi asosiy ishlar bajariladi:
modifikator tayyorlash (kimyoviy jarayon).
Iplarga modifikator ni singdirish.
Quritish.
Qurigan iplarni to‘quv g‘altagiga o‘rash.
Modifikatsiyalash jarayoni uchun foydalanilayotgan modifikatsiyalash materiallariga bog‘liq holda to‘quvchilik jarayonida to’qimachilik ipining muqobil xususiyatini ta’minlash uchun modifikatsiyalanish miqdori asosiy omil hisoblanadi. Modifikatsiyalanish miqdori talab etilgan me’yordan kam bo‘lsa, ipning ishqalanishga chidamliligi yetarlicha bo‘lmaydi, natijada ip uzilishlari soni yuqori bo‘ladi. Modifikatsiyalanish miqdorining ko‘paytira borilishi natijasida ip uzilishlari soni kamayadi va eng kam bo‘lgan nuqta muqobil ohorlanish miqdori hisoblanadi. Modifikatsiyalanish miqdorini muqobil qiymatdan yanada orttirib borilsa, ipning egiluvchanlik va cho‘ziluvchanlik xususiyatlari kamayib borib, ip uzilishlari soni ko‘payib ketadi. Shuning uchun muqobil ohorlanish miqdori, bu – ip uzilishlari eng kam bo‘lgan qiymat hisoblanadi.
Muqobil modifikatsiyalanish miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:
Tola turi.
modifikatsiyalash moddalarining turi.
Ip yigirish texnologiyasi turi.
Ipning chiziqli zichligi va buramlari soni.
Ipning tukdorlik darajasi.
To‘quv dastgohi turi va tezligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |