Ёниш учун зарур шароитлар


Download 190 Kb.
bet10/12
Sana15.02.2023
Hajmi190 Kb.
#1199787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Хожиакбар ЁПХА

5.1. Yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalari.
Yong‘inni aniqlashni avtomat vositalari (YOAAV) va yong‘inni o‘chirishni avtomat vositalari (YOO‘AV), agar yong‘in tashkilotning barcha ishlariga ta’sir etishi hamda katta moddiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan hollarda ko‘llaniladi. Bunday ob’ektlarga energetik «qurilmalar, markaziy gaz stansiyalari, engil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar stansiyalari, xom-ashyo omborlari va yoqilg‘i materiallarini solishtirma sarfi 100 kg/m2 dan ortiq bo‘lgan binolar kiradi.
YoO‘AV lari yong‘in joyini aniqlash va trevoga signalini berish hamda yong‘inni o‘chirish qurilmasini ishga tushirish moslamalaridan iborat bo‘ladi. Bu qurilmaning ishlash prinsipi ko‘riklanadigan ob’ekt muhitidagi noelektrik fizik miqdorlarni elektrik signallarga aylantirib berishga asoslangan. YOng‘in sodir bo‘lgan taqdirda avtomat yong‘in xabar beruvchi qurilmasida elektrik signal hosil bo‘ladi va bu signal sim orqali qabul qilish stansiyasiga uzatiladi.
Yong‘inni avtomat o‘chirish qurilmalari foydalaniladigan o‘t o‘chirish moddalarining turiga bog‘liq holda suv bilan o‘chiruvchi, suv-ko‘pikli, havo-ko‘pikli, gazli) uglerod ikki oksidi, azot va yonmaydigan gazlar), ku kun li va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi. Bu qurilmalar harakatga kelish vaqtiga qarab esa quyidagilarga bo‘linadi: o‘ta tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 1 sekunddan ortiq emas), tez harakatga keluvchi (harakatga kelish vaqti 30 sekund), o‘rta inersiyali (harakatga kelish vaqti 31-50 sekund), inersiyali (harakatga kelish vaqti 60 sekunddan yuqori). Ularning ish vaqtini davomiyligiga bog‘liq holda qisqa va ta’sir etuvchi (15 minutgacha), o‘rta davomiylikda ( 15-30 min) va uzoq vaqt ishlovchi (30 min dan ortiq) turlarga bo‘linadi.
Yong‘in aloqasi va signalizatsiyasi. YOng‘in aloqasi va signalizatsiyasi yong‘inni o‘z vaqtida sezish, aniqlash va u to‘g‘risida yong‘in o‘chiruvchilarga xabar berish uchun ishlatiladi. Ularga tele va radio aloqa, yong‘in signalizatsiyasi qurilmalari, elektrik signallar, qo‘ng‘iroqlar va transport vositalarining signallari kiradi.
A, B va V kategoriyasidagi yong‘inga xavfli ob’ektlarda yong‘in haqida xabar beruvchi datchiklar o‘rnatiladi.Ular yong‘in bo‘lgan taqdirda qabul qilish apparatiga signal yuboradi.Bunday sistemalar yong‘in signalizatsiyasi deb ataladi.Yong‘inni avtomatik signalizatsiya qurilmasi(YOASK)to‘gri va aylanasimon sxemada o‘rnatiladi.Ular ishlatiladigan datchiklarturiga bog‘liq holda issiqlik, tu tun muhofazalovchi va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.Bu qurilmalar yong‘in va muhofaza-yong‘in turlariga bo‘linadi.Yong‘indan muhofaza sistemalari qimmatbaho materiallar saqlanadigan omborlarda, turar joy kvartallarida ishlatiladi. Yong‘in va uning muhofaza signalizatsiyasining asosiy elementlariga yong‘in to‘g‘risida xabar beruvchi qurilma qabul qilish stansiyasi, aloka tarmog‘i, kuchlanish manbai, tovushli yoki yorug‘likli signal qurilmasi kiradi.
Yong‘in avtomatik signalizatsiyasiga APST-1, signalizatsiyali issiqlik yong‘in qurilmasiga-STPU-1 lar misol bo‘la oladi. Ushbu qurilmalardagi yong‘in to‘g‘risida avtomatik xabar beruvchi moslamalar muhitdagi issiqlik o‘zgarishi, tutun va issiqlik o‘zgarishi hamda yorug‘lik energiyasining o‘zgarishini qayd etish asosida ishlaydi

Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling