Ёниш учун зарур шароитлар


Qurilish materiallari va binolarning o‘tga chidamliligi va ularni xavfliligi buyicha toifalarga ajratish


Download 190 Kb.
bet11/12
Sana15.02.2023
Hajmi190 Kb.
#1199787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Хожиакбар ЁПХА

6. Qurilish materiallari va binolarning o‘tga chidamliligi va ularni xavfliligi buyicha toifalarga ajratish
Qurilish materiallari va konstruksiyalari o‘tga chidamlilik darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Yonmaydigan materiallar va konstruksiyalar.
2. Qiyin yonadigan materiallar va konstruksiyalar.
3. Yonadigan material va konstruksiyalar.
QMvaQ 11-A. 5-70 «Bino va inshootlarni loyihalashning yong‘inga qarshi me’yorlari»ga muvofik, devorlari, orayopmalari va boshqa qismlari yasalgan material xamda konstruksiyalariga bog‘liq holda binolar 5 toifaga ajratiladi.
O‘tga chidamlilik darajasi I va II toifali bo‘lgan binolarning hamma asosiy qismlari yonmaydigan bo‘ladi (II darajali binolarning ichki ko‘taruvchi devorlari bundan mustasno), ular qiyin yonadigan bo‘lishi mumkin. Bu binolarning asosiy xususiyati o‘tga chidamlilik chegarasidir (rasm 8.2). Bu vaqt ichida kurilish konstruksiyalarining ko‘tarish qobiliyati yo‘qolmaydi, ularda parron yoriqlar paydo bo‘lmaydi va olovga qarama-qarshi tomondagi harorat 220°S ga etmaydi. Masalan, I darajali binolar ko‘taruvchi devorlarining o‘tga chidamlilik chegarasi 2,5 soatga, II darajalilarda esa 2 soatga teng. O‘tga chidamlilik darajasi III bo‘lgan binolarning hamma qismlari yonmaydigan bo‘ladi. Faqat binolarning pardevorlari, kavatlararo yoki chordoq orayopmalari qiyin yonadigan, yopmalarni (tomlarni) ko‘taruvchi konstruksiyalari esa yonadigan bo‘lishi mumkin. IV darajali binolarda katta binoni qismlarga ajratadigan eshik-derazasiz maxsus yonishga qarshi devorlargina yonmaydigan bo‘ladi. O‘tga chidamliligi IV darajali binolarning ko‘taruvchi devorlari, kolonnalari, pardevorlari va karkasli devorlarining to‘ldirgichlari qiyin yonadigan bo‘ladi, chordoqsiz orayopmalari esa yonadigan bo‘lishi mumkin. O‘tga chidamliligi V darajali binolariing yong‘inga qarshi devorlaridan tashqari hamma elementlari yonadigan materiallar bo‘ladi. Binolarda quyidagi elementlarning yonish xavfi yuqori bo‘lishi mumkin:
Chordoqli binolarda
• deraza tabaqalari; stropilalar;

  • ship;

  • tomning ko‘taruvchi detallari;

  • devorlarning qoplamasi;

  • pardevorlarning ayrim

  • eshiklar (yong‘inga qarshi konstruksiyalarn; devorlardagi eshiklardan pollar; tashqari).




7. Xisob qismi
Drencherli o‘t o‘chirish tizimining gidravlik hisobi quyidagi tartibda amalga oshirilgan.
Yong‘inni avtomatik tartibda o‘chiradigan qurilmaaning suv sarfi q quyidagi formula orqali aniqlanadi.
l/s
bu erda K-qurilmaaning samaradorlik koeffitsienti jadvaldan diametrga mos holda qabul qilinadi. H-o‘t o‘chirish qurilmasi joylashgan joydagi ishchi bosim, H =5 deb qabul qilingan.
Suv sepish jadalligiga bog‘liq bo‘lgan suv sarfi va yo‘qolgan bosim quyidagi formuladan aniqlanadi.
Q = Q2 · B ,
bu erda Q-suv sarfi, B-quvurning ishlash tafsiloti ya’ni, quvirdagi gidravlik bosim yo‘qolishi koeffitsienti
B = K1/e =0,72/200=0,0036, m
bu erda K1-quvurdagi gidravlik yo‘qolishi koeffitsienti, e-hisobli qism uzunligi, m
Boshqarish tugunlaridagi bosim yo‘qolishii quyidagi formuladan aniqlanadi:
N2 = ξ · Q2 = 0,002* 5002 = 500 l/s.
bu erda ξ - bosim yo‘qolishi koeffitsienti, Q2 - boshqarish tuguni orqali okib o‘tadigan suv sarfi, l/s.
Drencher tizimining gidravlik hisobini bajarishda suv manbasidan eng uzoq va eng balandda joylashgan nuqta talab nuqtasi deb qabul qilinadi va barcha hisoblar shu nuqtaga nisbatan bajariladi. Bunday hisobning mohiyati shundan iboratki, agar eng noqulay bo‘lgan talab nuqtasi kerakli hajmdagi va talab qilingan bosim ostidagi suv bilan ta’minlansa, barcha nuqtalarning suv bilan ta’minlanishi to‘liq kafolatlanadi.



Download 190 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling