Ёниш учун зарур шароитлар
Download 190 Kb.
|
Хожиакбар ЁПХА
N0=T0 S,
bu erda S-ishlab chiqarish xonasining yuzi, m2; T0-1 m2 maydonga norma bo‘yicha belgilangan o‘t o‘chirgichlar soni. Bu ko‘rsatkich materiallar ombori, garajlar, chorvachilik binolari, bug‘- xonalar, tegirmonlar, oshxona va magazinlar uchun 100 m2 maydonga 1 ta, elektr payvandlash sexlari, temirchilik sexlari, labaratoriyalar uchun 50 m2 maydonga 2 ta qilib qabul qilinadi. O‘t o‘chirish qurilmalari yong‘inni boshlang‘ich fazada to‘lik bartaraf etish va yong‘in bo‘linmalari kelguncha yong‘in tarqalishini cheklash maqsadida ishlatiladi. Ular statsionar, yarim statsionar va ko‘chma bo‘ladi. O‘t o‘chirgichlarning turi va tarkibiga ko‘ra suvli, bo‘g‘li, gazli (uglekislota), aerozol (galoiduglevodorod), suyuqlikli va kukun li bo‘ladi. Bundan tashqari o‘t o‘chirishda ATS-30(66), ATS-40(131 ), ATS-40(130 E) markali mashinalar va MP-600, MP-900, BMP-1600 markali motopompalardan ham keng foydalaniladi. Yong‘inni o‘chirishda professional va kungi lli o‘t o‘chirish jamiyatlari faoliyat ko‘rsatadi. Professional yong‘in muhofazasi harbiylashtirilgan va harbiylashtirilmagan turlarga bo‘linadi. Tashkilotlar, korxonalar va tashkilotlarda yong‘in muhofazasini tashkillashtirish va ob’ektlarning yong‘inga qarshi holatini taminlash ushbu tashkilotlarning rahbarlariga yuklatiladi.Ular har bir ishlab chiqarish bo‘limi uchun buyruq bilan javobgar shaxsni belgilashlari va ularning ishini nazorat qilib borishlari zarur. Korxona va tashkilotlarning ma’muriy-texnik xodimlari o‘zlariga tegishli ob’ektlarni kurish va ulardan foydalanish davrida yong‘inga qarshi barcha tadbirlarni to‘lik amalga oshishini taminlashlari, yuqori yong‘in muhofazasi tashkilotlarining ko‘rsatmalari hamda qarorlarini bajarilishini nazorat qilib borishlari, yong‘in-korovul muhofazasini, yong‘in-texnik komissiyasini va kungi lli o‘t o‘chiruvchilar drujinalarini tashkil etishlari, ularning ish faoliyatlarini doimiy nazorat qilib borishlari zarur. Yong‘in-texnik komissiyasi tarkibiga bosh mutaxassislar, muhandis-quruvchilar, mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis va kungi lli o‘t o‘chirish drujinasining boshlig‘i kiradi. Komissiya bino va inshootlardan foydalanishda yong‘in muhofazasi qoidalariga amal qilinishini, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni, texnikalardan foydalanishdagi yong‘in muhofaza holatini tekshirib boradi hamda zarur holda tegishli choralar ko‘radi. Download 190 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling