Epidemiologiya asoslari
Download 22.42 Kb.
|
Epidemiologiya asoslari
Epidemiologiya asoslari. Immunitet R e j a : 1. Yuqumli kasallik haqida tushuncha va uning qisqacha tarixi. 2. Epidemiologiya fani haqida ma'lumot va uning vazifalari. 3. Yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari. 4. Immunitet va uning turlari, immunitetni kuchaytirish yo’llariю Yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamondan ma'lum. Chinchechak, vabo, o’lat kabi xatarli yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab odamlarning yostig'ini quritgan. Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari uzoq vaqt noma'lum bo'lib kelgan. Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’zining “Tibbiyot qonunlari" kitobida "Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi, bular deb yozadi u moxov, qo’tir, chinchechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi xastaliklardir".Yuqumli kasalliklar deb, yuqumli (patogen) mikroorganizm bilan makroorganizm (odam, hayvon) o'rtasidagi tashqi muhit omillari ta'siri natijasida bo'lib o'tadigan munosabatlardan kelib chiqadigan kasallikka aytiladi. Mikroorganizm bilan makroorganizm o'rtasidagi munosabat turlicha yakunlanishi mumkin: 1) mikrob makroorganizm himoya vositalari ta'sirida tezda halok bo'ladi; 2) mikrob o’ziga qulay sharoit topib ko'payadi va organizmning qarshiligiga bardosh berib, uzoq saqlanadi. Organizmda mikrob bor ekan yuqumli kasallikka xos o'zgarishlar oz bo’lsada, yuz beradi, lekin kasallik latent yashirin shakllarda kechadi; 3) patogen mikrob organizmda tez ko'payadi va uning himoya kuchlarini yengib, o'zining patogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Organizmda kasallik avj olib boradi. Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan farqli ravishda o’ziga xos kechish xususiyatlariga ega. l. Yuqumli kasalliklarni tirik patogen (yuqumli) mikroorganizm qo’zg'atadi. 2. Yuqumli kasallikni tarqatuvchi manbai bo'lib, kasallikni boshqalarga tarqatishi mumkin. 3. Yuqumli kasalliklarning yuqish va tarqalish yo’llari mavjuddir. 4. Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan kechadi. 5. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o’tsa, uning organizmida o’sha kasallikka qarshi immunitet hosil bo'ladi. 6.Yuqumli kasalliklar mavsumiy tarzda uchraydi. lnfeksiya so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, "ifloslanish" degan ma'noni anglatadi, tor ma'noda olinganda mikroorganizmning makroorganizmga kirishidir. Infeksion jarayon esa patogen omil kirgan organizmda yuz beradigan fiziologik va patologik o'zgarishlar yig'indisidir.Yuqumli kasalliklarni bakteriyalar, viruslar, sodda jonivorlar, parazitlar, rikketsiyalar kabi mikroorganizmlar qo’zg'atadi.Yuqumli kasalliklar sog’lom odam yoki hayvonga bemor sog’lom mikrob tashuvchilar, rekonvalessentlardan yuqishi mumkin.Yuqumli kasalliklar quyidagi yo’llar bilan tarqaladi: 1. havo tomchi yo'li orqali; 2.alimentar yo’l: 3. fekal-oral yo'li; 4.kontakt yo’l; 5. transmissiv yo’l; 6. parenteral; 7 suv orqali; 8. transplasenlar yo’l orqali. Yuqumli kasalliklarning kechishida davriylik xos bo'lib, ular quyidagilardan iborat: 1. yashirin i inkubatsion davri; 2. boshlang'ich yoki prodromal davri; 3. avj olish davri; 4 tuzalish (rekonvalesensiya) davri; 5. sog'ayish davri; Yuqumli mikroorganizm odam organizmiga tushgandan keyin kasallik alomatlari darxol yuzaga chiqmaydi. Bu davr yuqumli kasalliklarda turlicha bo'lib yashirin davr deb ataladi.Keyingi davr boshlang'ich (prodromal) davri deb yuritiladi. Bunda kasallikning boshlang'ich belgilari yuzaga chiqib rivojlanib boradi. Kasallikning avj olish davrida kasallikka xos bo’lgan klinik belgilar paydo bo'ladi. Kasallik alomatlari kamaya borib, bemor o’zini yaxshi his qila boshlashi bemorda tuzalish (rekonvalesensiya) davri boshlaganligidan darak beradi. Bu davr ko'pincha sog'ayish davri bilan tugallansa, ayrim hollarda kasallik zo’rayishi mumkin.Yuqumli kasalliklarda to’la sog’ayish faqat kasallik alomatlarining butunlay yo’qolishi emas, balki bakteriologik sog'ayish bilan aniqlanadi. Ba'zi kasalliklarda, masalan ich terlamada bemor tuzalib ketgandan keyin ham uning organizmidan yuqumli mikroblar ajralib turadi. Bu holat kasallikdan keyin bakteriya tashuvchilik holati deb ataladi. Bu xolat 3 oygacha davom etsa, o'tkir bakteriya tashuvchilik hisoblanadi.Yuqumli kasalliklardan so’ng bemor organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan immunitet paydo bo’ladi. Bu immunitet orttirilgan tabiiy immunitet bo'lib, himoya xususiyati turli muddatgacha saqlanib qoladi. Yuqumli kasalliklar yil davomida mavsumga qarab ko'payib va kamayib turadi.
Download 22.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling