Epidemiologiya nima?


Download 22.18 Kb.
bet1/6
Sana22.12.2022
Hajmi22.18 Kb.
#1041877
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Epidemiologiya


Reja:

  1. Epidemiologiya tushunchasi

  2. Fаvquloddа holаtlаr sodir boʼlgаndа yuqumli kаsаlliklаrni oldini olish

  3. Deratizatsiya, Dezinfeksiya, Epidemiya, Pandemiya

Epidemiologiya nima?
Epidemiologiya, (yunoncha "epi", "haqida;" demos "," odamlar "; va" logos "," fan "dan) - aholi orasida sog'liqni saqlash bilan bog'liq hodisalar, holatlar va jarayonlarning paydo bo'lishi va tarqalishini o'rganadigan fan. . Demak, Bu tibbiyot fani haqida, umuman olganda kasalliklar va ularning evolyutsiyasini o'rganadi. Epidemiologlar odamlar guruhidagi kasalliklarning tarqalishini, chastotasini va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan omillarni o'rganadilar.
Epidemiologiya (epidemiya va ...logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infeksion kasalliklarnit kelib chiqish sabablari, tarqalishini oʻrganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. E. biol., mikrobiologiya, virusologiya, genetika, biokimyo, fizika va boshqalar fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Umumiy va xususiy E. farqlanadi.
Umumiy E. yuqumli kasalliklar tasnifining evolyutsion asoslari, epidemik jarayon, E.ning kategoriya va qonuniyatlarini oʻrganadi; xususiy E. har bir yuqumli kasallikning oʻziga xos tarixi, qoʻzgʻatuvchisi, epidemiologiyasi, infeksiya manbai, yuqish yoʻllari va vositalari, unga qarshi kurash va oldini olish usullarini oʻrganadi.
E. tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestoda diniy va falsafiy masalalar bilan birga tibbiyotga, xususan, yuqumli kasalliklarning tarqalishiga va ularning oldini olishga oid fikrlar bitilgan.
Ayrim kasalliklarning hayvonlardan yuqishi, shuningdek, bemor bilan muloqotda boʻlganda kasallik yuqishi mumkinligi va uning qoʻzgʻatuvchisi organizmga turli yoʻllar — ogʻiz, burun va jinsiy aʼzolar orqali kirishi oʻsha davrdayoq maʼlum boʻlgan. Yuqumli kasalliklarni ilmiy jihatdan asoslashga urinishlar Gippokrat, oʻrta asrlarda Roziy, ibn Sino va boshqalarning asarlarida oʻz ifodasini topgan. Abu Ali ibn Sino oʻzining "Tib qonunlari" asarida kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar, ularni qoʻzgʻatuvchi omillar, kasallik alomatlari va ularning oldini olish haqida fikrlar bildirgan. Unda bir qancha xavfli yuqumli kasalliklar (vabo, oʻlat, chin chechak, sil va boshqalar)ning koʻzga koʻrinmas qoʻzgʻatuvchilari va ularning mexanizmi, shuningdek, yuqumli kasalliklarning vujudga kelishida ifloslangan suv, havo kabi tashqi omillar muhim rol oʻynashi haqida maʼlumotlar keltirilgan.
ArRoziy chin chechak, koʻkyoʻtal kasalliklarini taʼriflab bergan. U oʻz asarlarida birinchilardan boʻlib chin chechak kasalligining oldini olish uchun sogʻlom kishilarni bemorlarning chechak (pustula) pufakchasidan olingan suyuklik bilan emlash toʻgʻrisida fikr yuritgan.

Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling