Gomologiya - Agar ikki yoki undan koʻp turlarda kompleks suyak strukturasi yoki tana tuzilishi kabi bir xil umumiy xususiyatlar boʻlsa, ular bunday xususiyatlarni umumiy ajdoddan meros qilib olgan boʻlishi mumkin. Evolyutsiya tarixi natijasida umumiy ajdod turdan olingan bunday fizik xususiyatlar gomologlar deb ataladi.
- Klassik misol sifatida tashqi tomondan boshqacha koʻrinadigan itning old oyoqlari, odamning qoʻllari, qushning qanotlari va kitning old suzgichlarini olamiz. Bu aʼzolardagi farqlar hayvonlar yashaydigan muhitlarning turlicha boʻlishidandir. Agar siz bu aʼzolar suyaklariga eʼtibor qaratsangiz, ular turlar orasida juda oʻxshash ekanini koʻrasiz. Bunday oʻxshash struktura har bir turda alohida paydo boʻlishi dargumon. Bunday suyak strukturasi kit, odam, it va qushlarning umumiy ajdodida borligi tufayli hammasida oʻxshash boʻlishi ehtimolga juda yaqin
Baʼzi gomologik strukturalar faqat embrional davrda mavjud boʻladi. Masalan, barcha umurtqali hayvonlar (jumladan, odam ham) embrionlarining dastlabki rivojlanish davrida ularda jabra yoriqlari va dum boʻladi. Bu turlarning rivojlanish jarayonlari keyinchalik farq qilib ketadi (mana nima uchun sizning embrionlik davridagi dumingiz dum suyagiga va jabra yoriqlaringiz jagʻlar va ichki quloqqa aylanib ketgan)^22squared. Embrion davridagi gomologik strukturalar umurtqali hayvonlar rivojlanishi bilan oʻzgarib boradi va bu struktura ajdod turda ham boʻlganini anglatadi. - Baʼzi gomologik strukturalar faqat embrional davrda mavjud boʻladi. Masalan, barcha umurtqali hayvonlar (jumladan, odam ham) embrionlarining dastlabki rivojlanish davrida ularda jabra yoriqlari va dum boʻladi. Bu turlarning rivojlanish jarayonlari keyinchalik farq qilib ketadi (mana nima uchun sizning embrionlik davridagi dumingiz dum suyagiga va jabra yoriqlaringiz jagʻlar va ichki quloqqa aylanib ketgan)^22squared. Embrion davridagi gomologik strukturalar umurtqali hayvonlar rivojlanishi bilan oʻzgarib boradi va bu struktura ajdod turda ham boʻlganini anglatadi.
- Baʼzan, organizmlar boshqa organizmlarning muhim strukturalariga gomologik boʻlgan, ammo ajdodlarga xos vazifalarini yoʻqotgan tuzilmalarga ega. Aksariyat hollarda kichil oʻlchamga ega ushbu strukturalar rudimentar tuzilmalar deyiladi. Bunga odamdagi dum suyagi (rudimentar dum), kitlarning orqa oyoq suyaklari va ilonlardagi chala rivojlangan oyoqlar (oʻng tarafdagi rasmga qarang) misol boʻla oladi^33cubed.
Do'stlaringiz bilan baham: |