Epik janrlarda nutq obrazlar personajlar ifoda shakillari pafos bilan bog’liq ko’rinishi reja


Uyda o‘qish uchun beriladigan topshiriqlar


Download 0.76 Mb.
bet12/33
Sana15.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1007844
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
EPIK JANRLARDA NUTQ OBRAZLAR PERSONAJLAR IFODA SHAKILLARI PAFOS BILAN BOG’LIQ KO’RINISHI

Uyda o‘qish uchun beriladigan topshiriqlar. Maktab hayotining hamma bosqichida darslik o‘quvchi uchun zarur va asosiy qo‘llanma hisoblanadi. Yuqori sinflarda adabiyot kursini o‘rganishda o‘quvchilarning o‘qishi, ularning badiiy asar yoki asar haqidagi maqolalar ustida ishlashini tashkil etish uchun o‘qituvchi ta’limning quyi bosqichlaridagi shunday faoliyat bilan bog‘liq uy vazifalariga ko‘proq e’tibor qaratishi kerak bo‘ladi. Bunday topshiriqlar darslikdagi adabiy matn mazmunini uyda, mustaqil ravishda o‘zlashtirib olishga, badiiy so‘z mohiyatiga kirishga ko‘maklashadi. Darslik bilan ishlash bo‘yicha uy vazifalarining taxminiy me’yori boshlang‘ich sinflarda 10–15 daqiqa, 5–7-sinflarda 15–20 daqiqa, 8–11-sinflarda 25–30 daqiqani tashkil etadi. Faqat bunday topshiriqlar sinf, vaziyat va alohida o‘quvchilar uchun mos bo‘lishi, har bir o‘quvchining intellektual imkoniyatlari doirasida berilishi, shu bilan birga topshiriqlarning bir xilligi hamda bir birini takrorlashidan qochish kerak.
Ular: savollarga javob berish, matnning ma’lum bo‘limi rejasini tuzish, o‘qilgan matn yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish, o‘qituvchining savollari, qo‘yilajak muammolar ustida ishlashga tayyorgarlik, asar matni asosida tezislar yaratish, sinfda taqdim etilgan reja asosida matndan materiallar ajratish va hk. shakllarda bo‘lishi mumkin. Uyga beriladigan topshiriqlarning barchasi adabiy ta’limning bosh maqsadi asosida tashkil etilishi lozim.
Adabiy ta’lim bo‘yicha sinfda o‘rganilishi lozim bo‘lgan asarlar dastur va darsliklarda o‘quvchining yoshi, intellektual imkoniyatlari inobatga olingan holda taqdim etiladi. Ko‘rsatilgan asarlarni o‘rganish uchun vaqt ham o‘quv rejasi asosida belgilangan, ularning talqini ham adabiy ta’limning bosh maqsadiga yo‘naltirilgan tarzda dasturda o‘z ifodasini topgan. Lekin adabiyot darsida dasturda taqdim etilgan barcha asarlarning to‘liq matnini o‘qish imkoni bo‘lmaydi. O‘qituvchi darsliklardan o‘rin olgan asarlarning to‘liq matnini yozda o‘qish uchun topshirishdan avval ularni darsda to‘liq o‘rganish imkoniyati yo‘qligini, darslikda taqdim etilgan parchalar asosida asarning mohiyatiga hamisha ham chuqur kirib bo‘lmasligini o‘quvchilarga anglatmog‘i maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘qituvchilar 5-sinfda O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Andersen ertaklari, N.Dumbadze hikoyalari va O‘.Umarbekov “maktublar”idan; 6-sinfda X.To‘xtaboevning “Sariq devni minib”, CH.Aytmatovning “Oq kema” asari, J.Rodari ertaklari, J.Sviftning “Gulliverning sarguzashtlari”, Z.A’lamning “Afandining qirq bir pashshasi”, T.Murodning “Yulduzlar mangu yonadi”, G‘.G‘ulomning “SHum bola” asarlarini, Said Ahmad hikoyalari; 7-sinfda “Ravshan” dostoni, A.Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani, SH.Xolmirzaev, A.Qahhor hikoyalarini; 8-sinfda Oybekning “Navoiy” romani, SHayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi, A.Muxtorning “CHinor” romani, Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi, SH.Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi, R.Thokurning “Nur va soyalar”, Firdavsiyning “SHohnoma” asarlarini; 9-sinfda “Alpomish” dostoni, A.Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, Oybekning “Qutlug‘ qon”, O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanlarini, Ch.Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asarini yozda sinfdan tashqari o‘qish uchun topshirishlari mumkin.
Navoiyning “Xamsa”si, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”i singari asarlarni, Muqimiy, Furqat, Fitrat, Cho‘lpon she’rlari, Hamzaning “Maysaraning ishi”, “Boy ila xizmatchi” dramalarini, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani,O.Yoqubov qissalari va hk.lar tavsiya etiladi.
Shunda o‘quvchilar maktabga sinfda o‘rganiladigan asarlar haqida yoki uni yozgan muallifning ijodi va uslubi haqida ma’lum darajada tasavvur hamda tushunchaga ega bo‘lgan holda keladilar. Yirik asarlarning o‘quvchilar tomonidan oldindan o‘qib chiqilishi nafaqat ularning o‘quv yili davomidagi vaqtini tejaydi, balki o‘qituvchining ish faoliyati uchun ham katta qulaylik tug‘diradi. O‘quvchilar tomonidan avval o‘qilgan asar matniga tayanib darslikdagi parchaning kengroq tahliliga erkin kirishish mumkin bo‘ladi. Asar matni yuzasidan suhbatlar tashkil etishda darslikda bo‘lmagan, lekin o‘quvchilarga tanish bo‘lgan lavha asarning o‘zidan ham olinishi mumkin. Bu ham, o‘z navbatida, o‘quvchilarga asardagi fikrlarni, haqiqatlarni to‘laroq anglash imkonini beradi. Shunday asarlar borki, ularni o‘quvchilar o‘qituvchining yordamisiz o‘zlashtirishlari qiyin. Ular hajman uncha katta bo‘lmagan, lekin til xususiyati jihatidan murakkab bo‘lgan asarlar – har sinfda taqdim etiladigan o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari hisoblanadi.
G‘azallarni bevosita o‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qib berishi kerak. Ularning badiiy tahlili o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati asosida amalga oshiriladi. Sinfda asarlar sharhi haqida bilim va tasavvurga ega bo‘lgan o‘quvchiga uy vazifasi sifatida boshqa g‘azallarni lug‘at yordamida sharhlab o‘rganishni tavsiya etish mumkin bo‘ladi. Buni ham hamma o‘quvchidan birday talab qilish metodik jihatdan uncha to‘g‘ri bo‘lmaydi.
O‘quvchilarning uyda o‘qishlari uchun beriladigan vazifalarga, ayniqsa ular mumtoz adabiyot bilan bog‘liq bo‘lganda, juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Mumtoz asarlar nafaqat tili bilan, balki yaratilish davri, aks ettirilgan ijtimoiy muhiti bilan ham bugungi o‘quvchidan ancha yiroq. Lekin qiyin deb ularni o‘rganmaslik yoki ularni bugungi o‘quvchi saviyasi darajasiga moslashtirish, jo‘nlashtirish ham noto‘g‘ri. Ya’ni darslarda asarlarning tabdili bilan ishlash yoki uy vazifasini tabdillar asosida bajarish o‘quvchini chalg‘itadi. O‘quvchiga ularni anglatish uchun bolada mumtoz ma’naviyat namunalariga muhabbat hissini shakllantira bilish lozim.
Bobolar so‘ziga ichki ehtiyojsiz, muhabbatsiz ularning bitiklarini o‘rganib bo‘lmaydi. Buning uchun so‘zning mohiyatiga kirish kerak. Mohiyatga kirishda obzor mavzular o‘quvchiga ma’lum darajada ko‘maklashadi. Obzor mavzularni o‘rganishga monografik mavzularni o‘rganishga qo‘yilgan talablar bilan yondashib bo‘lmaydi, albatta. Ular darsliklarga o‘quvchilar tarixiy ma’lumotlardan, asarlarning yozilgan davri, xalqning o‘sha davrdagi turmush tarzi, madaniy-ma’rifiy hayotidan xabardor bo‘lishlari uchun kiritiladi.
O‘quvchilarning uyda o‘qishlari uchun beriladigan topshiriqlar, birinchi navbatda, dasturdagi o‘quv materiallarini o‘quvchilar chuqurroq, kengroq o‘zlashtirishlarini nazarda tutadi. O‘quv yilining oxirida o‘quvchilarga yozda o‘qish uchun topshiriq berilayotganda dastur doirasiga kiradigan, u yoki bu adibning ijod yo‘lini, uslubini aniqroq bilishga imkon beradigan asarlar tavsiya etiladi. Ular shunchaki sinfdan tashqari o‘qish uchun material emasligi, topshiriqning o‘z nazariy, ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati borligi, bu faoliyatning amaliy ahamiyati nimalardan iborat ekani o‘quvchilarga etkaziladi. Bunday paytlarda o‘quvchilar quyi sinfda o‘rgangan asarlari ham qamrab olinishi mumkin. O‘quvchining avval o‘qigan asarlarini oradan ma’lum vaqt o‘tgach qayta o‘qiganda olgan taassurotlari avvalgilari bilan taqqoslanib, ular haqida ham alohida suhbatlashish mumkin. Bu ham o‘quvchining ma’naviy kamolotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday asarlar bo‘yicha o‘quvchilarning umumiy tarzda asar mavzusi, undagi etakchi fikrlarni bilishi, asar qahramonlariga tavsif bera olishi kifoya.
Asar matni ustida ishlaganda undagi qahramonlarga individual, qiyosiy va guruhiy tavsiflar berish vazifasi umumiy o‘rta ta’limning 5-sinfidan boshlanadi. Sinflar yuqorilab borgani sari o‘quvchilar tomonidan bajariladigan ishlarning mazmuni bilan birga fikrlar bayonining tizimliligi, mantig‘i va mustaqillik darajasi hisobga olinib, baholanadi. Har bir fikrni asoslash uchun asardan keltirilgan misollar va iqtiboslar o‘quvchining faollik, ziyraklik va bilimlilik darajasini ko‘rsatadi. Asar qahramonlariga tavsif berishda o‘quvchidan avval timsolning etakchi xususiyatlarini ajratib olish talab qilinadi. So‘ng uning boshqa timsollar bilan aloqasi, bog‘liq tomonlari ko‘rsatish so‘raladi. Qahramon tabiatidagi jihatlarning voqealar rivojiga ta’siri, oqibatning sabablari aniqlanadi. Qahramonga xos bo‘lgan individual va tipik xususiyatlarni aniqlash, uning xatti-harakatlarini tahlil qilish, berilgan tavsifni matndan misollar keltirib asoslash o‘quvchida puxta ishlash ko‘nikmasini shakllantiradi.
Yuqori sinf o‘quvchilariga timsolni tahlil qilishni uy vazifasi qilib topshirishdan oldin darsda ular bilan birgalikda qahramonning shaxsi, dunyoqarashi, asardagi o‘rni aniqlanib, uning hayotga, jamiyatga, odamlarga munosabati belgilab olinadi. Bunday uy vazifalarining darsdagi tahlili har bir o‘quvchining aniq o‘z xulosasi bilan yakunlanishi kerak. SHundan so‘ng berilgan uy vazifalari timsollarning yashirin qirralariga, qahramon xatti-harakati tahliliga, oqibatlarning sabablarini aniqlashga, qahramon tushib qolgan qiyin vaziyatlarning echimiga, tuyg‘ular sharhiga qaratiladi.
Adabiy ta’limda uyda o‘qish uchun beriladigan topshiriqlar darslikdagi o‘quv materiallari bilan cheklanib qolmasligi kerak. Uyda o‘qish uchun beriladigan asarlar boshlang‘ich maktabning 3–4-sinf o‘quvchisi uchun bir yilda 12–14ta kitobni tashkil qiladi. Yuqori sinflarda bir yilda o‘qilishi lozim bo‘lgan adabiyotlar soni tahminan: 5sinfda 13–15ta, 6-sinfda 15–18ta, 7-sinfda 19–22ta, 8-sinfda 22–25ta, 9-sinfda 25– 30tagacha taklif etiladi.Bu raqamlar sirasiga darslikda parcha berilgan asarlarni ham kiritish mumkin. O‘qituvchi taxminan bir oyda ikki marta sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar ustida ishlash uchun (ayrim asarlarni o‘rganishdan chegirilgan soatlar hisobidan) vaqt topa bilishi kerak. Bunday darslarda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida asarlarni tahlil qiladilar, ularga taqriz beradilar, munosabat bildiradilar va asarlar haqidagi fikrlarini uning matniga tayanib asoslaydilar. Bunday darslarga ota-onalarni ham taklif qilish katta samara beradi. O‘qituvchi sinfdan tashqari o‘qish uchun darslikda parcha berilgan asarlarni to‘liq o‘qishni tavsiya etishi, ayrim qo‘shimcha asarlardan boblar o‘qib o‘quvchilarni qiziqtirib olishi va shu asnoda ularni uyda o‘qishga berishi mumkin.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling