Эр-хотиннинг мулкий щу=У= ва мажбуриятлари


Er-xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi


Download 91.5 Kb.
bet3/5
Sana26.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1123446
1   2   3   4   5
Bog'liq
er va xotin huquq va majburiyatlari

Er-xotinning majburiyatlar bo‘yicha javobgarligi
Er-xotindan birining qarzi uchun haq uning o‘z xususiy mulkidan, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lganida esa unga tegishli bo‘lgan hissadan undirilishi mumkin. Umumiy qarz er-xotinning ikkalasi yoki ulardan bittasi (ikkinchi tomon bilan kelishilmagan bo‘lsa-da), yoki butun oila manfaatiga qaratilgan bo‘ladi.
Shaxsiy qarzlar esa bunday belgilarga ega bo‘lmaydi. Qarzlar bo‘yicha javobgarlik er-xotinning umumiy mulkini bo‘lishda, undan tashqari ham qo‘llanishi mumkin.
Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari harakatlari tufayli zarar ko‘rgan tomonning talabi er-xotinning mulkidan haq undirishning alohida turi hisoblanadi. Ota-onalarning moddiy javobgarlik masalasi fuqarolik qonun hujjatlari normalari asosida hal qilinadi.
Yetkazilgan zararni er-xotindan bittasining xususiy mulkidan, shuningdek, ularning birgalikdagi umumiy mulkidan ham undirish mumkin. Masalan, agar er-xotin qayd etilgan nikohda bo‘lib, alohida yashayotgan bo‘lsalar, ularning voyaga yetmagan bolalari moddiy zarar keltirsa, bu holat ulardan birining aybi bilan bevosita bog‘liq bo‘lsa, uning xususiy mulkidan yoki unga tegishli umumiy mulkidan haq undirish mumkin. Biroq er-xotinning nikohdan ajralib alohida yashashi yoki ota-onalarning bolalardan alohida yashashi er-xotinning yoki ulardan birining voyaga yetmagan o‘z bolalari keltirgan zararni to‘lashdan ozod qilish uchun asos bo‘lmaydi. Agar nizo chiqsa, sud bolaga yetkazilgan zarar uchun ota-onaning har ikkalasini ham javobgar qilib, yetkazilgan moddiy zararni ularga to‘latishi mumkin. Aksariyat hollarda esa, bola yetkazgan zarar uchun bola bilan birga yashaydigan ota yoki ona javobgar hisoblanadi.
Er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki hisoblangan mulkidan haq undirishga, ulardan bittasi tomonidan sodir qilingan jinoyat tufayli keltirilgan zararni undirishga, agar bu mol-mulk jinoyat sodir qilish yo‘li bilan topilgan mablag‘ga olinganligi aniqlansa va bu boyicha jinoyat ishi materiallari, sud hujjatida (qaror, ajrim) mavjud bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.
Zararni undirish to‘g‘risidagi da’voni ko‘rayotgan sud er-xotindan har biri yetkazgan zararning aniq miqdorini belgilash masalasini hal qiladi.
Sud bunday ishlarni ko‘rishda, avvalo, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkdagi tegishli qismini aniqlab, qarzdorga tegishli bo‘lgan mulkni belgilaydi. Shundan so‘ng, agar bunga yetarli asos bo‘lsa, ikkinchi tomonga tegishli mol-mulklar taqiqdan chiqariladi.6

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling