Эр-хотиннинг мулкий щу=У= ва мажбуриятлари


Download 91.5 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1123446
1   2   3   4   5
Bog'liq
er va xotin huquq va majburiyatlari

Nikoh shartnomasi
Nikoh shartnomasi ko‘p asrlardan beri xorijiy va milliy amaliyotda amal qilib kelmoqda. Qadimgi Rimdayoq bo‘lg‘usi er-xotinlarning mol-mulkiga oid bitimlar tuzilgan. Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida XVI-XIX asrlarda aholining turli qatlamlari o‘rtasida keng tarqalgan nikohdan oldingi kelishuvlar mashhur bo‘lgan.
O‘rta Osiyo xalqlarida tarixda mavjud bo‘lgan davlatlarning amaliyotida ham bunday kelishuvlar ma’lum bo‘lgan. XX va XXI asrlar oralig‘ida Samarqand viloyatida arxeologlar tomonida 4 ming yillik tarixga ega bo‘lgan, bo‘lg‘usi er-xotinlarning mulkiy huquqlarini belgilovchi yozuvlar topilgan. Bu yozuvlarda nikoh tugatilganda er-xotindan har birining mulkiy huquqlari haqida qaydlar o‘z ifodasini topgan.
Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy rejimini tartibga soluvchi huquqiy vosita sifatida nikoh kontrakti institutining shakllanishi XVIII asrning oxiri – XIX asrning dastlabki yillarda Fransiya, Angliya, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlarda boshlangan. Adabiyotlarda qayd etilishicha, xorijiy mamlakatlar qonunchiligida nikoh shartnomasining paydo bo‘lishi, birinchi navbatda, o‘sha paytdagi ijtimoiy rivojlanish tusi bilan, ya’ni turli qatlamlar o‘zlarining mulkiy muammolarni har xil yechimlariga ehtiyoj sezishganligi bilan asoslanadi. Fransiya va Angliyada uning paydo bo‘lishi nikohga kirishayotgan xotin va uning qarindoshlariga nikohgacha bo‘lgan mol-mulkni boshqarish va mazkur mol-mulkdan olingan daromadlardan foydalanish huquqini saqlab qolish zaruriyatidan kelib chiqqan. Aynan ana shu maqsadda “adolat sudlari” xotin mol-mulkining bir qismi erning hukmronligidan tashqarida qolgan nikoh shartnomalarini haqiqiy deb topa boshlashdi. “Adolat sudlari” tomonidan ishlab chiqilgan barcha qoidalar oilaning odatdagi mol-mulki tarkibiga kirmaydigan, faqat sarmoyaning u yoki bu ko‘rinishi bo‘lgan mulkka nisbatan qo‘llanilgan. Shu sababli XIX asr oxirigacha Angliyada er-xotin mol-mulkining amalda ikki tartibi: aholining katta qismi uchun – “common law” va yuqori qatlam mulkdorlar sinfi uchun – “equity” mavjud bo‘lgan.7
AQSh qonunchiligi bo‘yicha nikoh kontraktida amalda hamma narsa, nafaqat er-xotinning mulkiy huquqlari, balki majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin. Faqat bolalar tarbiyasida ishtirok etish va ajralishdan so‘ng bolalar er-xotindan qaysi biri bilan qolishini belgilash mumkin emas, xolos. Binobarin, adabiyotlarda qayd etilishicha, Amerika sudlari nikoh kontrakti shartlari qanchalik adolatli ekanligini hal qilish huquqiga ega.
Zamonaviy tushunishda nikoh shartnomasi (kontrakt) atamasi ko‘pchilik holatlarda, birinchi navbatda, aholining iqtisodiy jihatdan yaxshi ta’minlangan qatlami o‘rtasida keng tarqalgan oilani, er-xotinlar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etishning g‘arbcha (Yevropacha) uslubi sifatida ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida ilk bor nikoh shartnomasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Oila kodeksida nikoh shartnomasiga 29-36-moddalar ajratilgan. Ularda nikoh shartnomasi tushunchasi, shartnomasini tuzish asoslari, nikoh shartnomasining mazmuni, nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish, nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish, haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish, nikoh shartnomasi tuzish, uni o‘zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari va er-xotin o‘rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar bayon etilgan.
Nikoh shartnomasi taraflari faqat nikohga kiruvchilar va nikohdagi er-xotindan iborat bo‘lishi mumkin. Nikoh shartnomasi notarial kontoralarda tuziladi.
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishiuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Endilikda qonuniy mulk tartibini saqlab qolish bilan bir qatorda mulkni shartnomaviy tartibga solish mumkinligi qonunlashtirildi. Er va xotin nikoh shartnomasiga binoan ihtiyoriy va kelishgan holda nikohda bo‘lgan davrida yoki ular nikohdan ajratilgan paytlarida o‘z huquq va majburiyatlarini aniqlab olishlari mumkin. Nikoh shartnomasi taraflari nikohga kiriuvchilar va nikohdagi er va xotindan iborat bo‘lishi mumkin. Bu shartnoma er-xotin o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni sud amaliyotida to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar ham, shuningdek nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.8
Nikoh davlat ro‘yxatiga olinguniga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuziladi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Nikoh shartnomasini tuzish ixtiyoriy. Bu to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida “Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarda ko‘rsatib qo‘ylgan hollar bundan mustasno” deb yozilgan.9 Nikoh shartnomasi o‘z mazmuniga quyidagilarni kiritadi:

  • er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumkiy mulkining qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, unig ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir

  • nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin

  • nikoh shartnomasi muayyan muddat bilan cheklanishi mumkin

Nikoh shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish asoslariga quyidagilar kiradi:

  • Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin

  • Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi.

  • Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning xal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno.10 Nikoh shartnomasiga asosan er-xotin qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha mulkiy shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga xaqlidir.
Nikoh shartnomasida er va xotin quyidagi qoidalarni kiritishga haqlidirlar:
- o‘zaro moddiy ta’minot berish;
- oila хarajatlarini taqsimlash;
- bir-birining daromadida ishtirok etish;
- boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish;
- birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olish;
- nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mol-mulkni aniqlab olish;
- er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar.
Nikoh shartnomasida bir-birini ta’minlash bo‘yicha huquq va majburiyatlarni belgilar ekan, er-xotin nikoh shartnomasida Oila kodeksining 117-118-moddasida nazarda tutilgan er va xotin (sobiq er-xotinlar)ning bir-biriga moddiy ta’minot berishini rad etish haqida emas, balki to‘ldirish haqida shartni belgilashlari mumkin. Jumladan, nikoh shartnomasi bo‘yicha qonunga muvofiq, ta’minot olish huquqiga ega bo‘lmagan (Oila kodeksining 117-moddasiga ko‘ra, mehnatga layoqatsiz, muhtoj er-yoki xotin ta’minot olish huquqiga ega) er yoki xotin ta’minot olishi mumkin. Nikoh shartnomasida er va xotin bir-biriga nikoh davrida ham u bekor bo‘lgandan keyin ham ta’minot berish asoslari, miqdori, tartibi va muddatlarini nazarda tutishlari mumkin. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishi yoxud kelmasligiga bog‘liq qilib qo‘yilishi mumkin. Masalan, er va xotin nikoh shartnomasining muddatini farzand ko‘rish yoki nevarali bo‘lish paytigacha belgilashlari mumkin.
Oila qonunchiligida nikoh shartnomasiga kiritilishi mumkin bo‘lmagan shartlar to‘g‘risidagi qoida belgilangan. Xususan, Oila kodeksining 31-moddasi 5-qismiga binoan, nikoh shartnomasida quyidagi shartlar belgilanishi mumkin emas:
- er-xotinning huquq layoqati yoki muomala layoqatini, ularning o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqlarini cheklashni;
- er-xotin o‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy munosabatlarni;
- er-xotinning bolalarga nisbatan bo‘lgan huquq va majburiyatlarini tartibga solishni;
- mehnatga layoqatsiz ta’minot olishga muhtoj er yoki xotinning huquqini cheklovchi qoidalarni;
- er va xotindan birini o‘ta noqulay holatga solib qo‘yuvchi yoxud oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normalariga zid keluvchi boshqa shartlarni.
Nikoh shartnomasida er-xotinning majburiyatlariga oid muayyan qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin. Agar nikoh shartnomasida majburiyatlar bo‘yicha haq undirish er-xotindan har birining mol-mulkiga alohida qaratilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish faqat uning mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Ushbu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratish uchun kreditor qarzdor er (xotin) ulushini er-xotinning umumiy mol-mulkidan ajratib undirib berilishini talab qilishga haqlidir.
Agar sud er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha orttirilgan barcha ashyolar oila ehtiyojlari uchun ishlatilganligini aniqlasa, er-xotinning umumiy majburiyatlari bo‘yicha, shuningdek, er (xotin)ning majburiyatlari bo‘yicha haq undirish er-xotinning umumiy mol-mulkiga qaratiladi. Bu mol-mulk yetarli bo‘lmagan taqdirda er-xotin ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar yuzasidan ularning har biriga qarashli mol-mulk bilan sherik javobgar bo‘ladilar.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling