Er kishi o’zida bor narsani yaqinlari bilan baham ko’radi
Download 11.19 Kb.
|
Life
ER KISHI O’ZIDA BOR NARSANI YAQINLARI BILAN BAHAM KO’RADI Qadimda ikki qo’shni bo’lgan ekan. Boyliklari solishtirilganida aytarli farqi yo’q bo’lgan bu ikki qo’shnining biri doim o’zida bor narsalarga shukur qilar, ikkinchisi esa doim qo’shnisiga hasad ko’zi bilan qarar, unga aziyat yetkazish yo’llarini izlar, qo’shnisining ustiga mazg’ava ag’darish uchun fursat kutar ekan. Kunlarning birida hasadgo’y kishi qo’shnisining eshigi oldiga axlat to’kib ketibdi. Doimo shukur qilguvchi qo’shni esa eshigidan chiqqanida axlatni ko’rib darxol o’zi tozalab olibdi. Haligi hasadgo’y kishi ertasiga yana axlat to’kib ketibdi. Qo’shnisi esa yana tozalab olibdi. Uchinchi kuni yana qo’shnisini eshigiga borganida eshik orqasida qo’shnisi poylab turganini sezmay axlatni to’kib yana uyiga qaytibdi. Endi o’rniga borib o’tirganida eshigi taqillab qolibdi. “Qo’shnim bo’lsa kerak, hoynahoy men bilan urushgani chiqdi, axlat to’kkanimni bilib meni uyimda janjal ko’tarmoqchi shekilli. Endi mendan ko’radi, menga tuxmat qildi, uyimda janjal ko’tardi deb Qoziga arz qilaman, kovushini to’g’rilab qo’yaman hali” deb quvonibdi. Borib eshigini ochsa rostdan ham qo’shnisi. Yuzida g’azabdan asar ham yo’q. Qo’lida qandaydir xalta. Keyin salom berib, bir-biridan hol-ahvol so’rabdilar. Keyin xalta ko’targan kishi hasadgo’y qo’shnisiga qarab: – Qo’shni, manavi xaltadagi behini oling. Er kishi o’zida bor narsani yaqinlari bilan baham ko’rishi darkor, deyishganku mashoyiqlarimiz. Siz uch kundan beri o’zingizda bor narsani biz bilan baham ko’ryapiz. Men oldingizda hijolatdaman. Men ham o’zimda bor biror nimani siz bilan baham ko’ray deb shu behini olib chiqyapmanda. . . – debdi. Download 11.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling