Ergashev Javohirbek Raxmonjon o‘g’li Andijon davlat universiteti
Kretiv layoqat quyudagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘ladi
Download 27.52 Kb.
|
BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari.
Kretiv layoqat quyudagi o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat bo‘ladi:
1. Kreativlik maqsad; 2. Ijodiy intilish; 3. Kreativ (ustanovka) qurish, 4. Kreativ yo‘nalish; 5. Kreativ ifodali akt; 6. Kreativ o‘z-o‘zini boshqarish; 7. Kreativ faollik; 8. Kreativ intilishlar darajasi. O‘qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. K.Rodgers “Ijod-o‘z o‘zini kuchaytirish demakdir” degan asarida ijodiy shaxs uchun eng asosiy savollardan birini beradi: “Meni meni hayot tarzim qoniqtiradimi yoki to‘g‘ri talqin etadimi. O‘qituvchining ushbu savolga javobi uning kasbiy va ijodiy cho‘qqilarga intilishi yuqori ijodoy malakali va o‘zini ijodiy tomondan to‘la namoish etishga intilishi kreativ shaxs bo‘lishi”. Shunday qilib kreativlik o‘qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo‘nalishi va o‘zini boshqara olishida ko‘rinadi va uni o‘zini faolligi, o‘zini-o‘zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o‘sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo‘sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo‘ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko‘zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo‘lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan ko‘p savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab-quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish; Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo‘lish uchun bo‘lajak pedagoglar pedagogika oid bilimlarni puxta o‘rganish asosida quyidagi ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy g‘oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy g‘oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogik faktlarni bilish; ta’lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash. Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. Download 27.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling