Ergasheva aziza farmonovna “turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 4602 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dissertatsiya ishi bo`yicha chop etilgan ilmiy ishlar
- Dissertatsiya tarkibi.
Ilmiy ishning amaliy ahamiyati.
Dissertatsiya ishida yoritilgan barcha uslubiy va amaliy tavsiyalar turizm sohasida hunarmandchilik va hunarmandchilik mahsulotlarining o’ziga xos xususiyatlarini ochib berish orqali turizm samaradorligini oshirish yo’nalishlarini aniqlash uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, Buxoroning turistik destinatsiyaga aylanishida undagi mavjud barcha imkoniyatlardan to’laqonli foydalanib, noodatiy innovatsion loyihalarni taklif etish orqali turistik tashriflarning yillik oqimini ta’minlash imkoniyatiga ega bo’linadi. Dissertatsiya ishi bo`yicha chop etilgan ilmiy ishlar: Ilmiy tadqiqot natijasi bo`yicha 4 ta ilmiy maqolalar, shu jumladan, 2 ta xorijiy ilmiy-amaliy anjuman to`plamida, 1 ta respublika ilmiy-amaliy anjuman to`plamida va 1 ta Buxoro davlat universiteti, magistirlarning maqolalar top`lamida chop etilgan. Dissertatsiya tarkibi. Qo`yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqgan holda dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan tarkib topgan. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning o`rganilganlik darajasi, ishning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog`liqligi, tadqiqot maqsadi, nazariy, metodologik va uslubiy asoslari, predmeti, obyekti, ilmiy yangiligi, natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy qilinishi bo`yicha ma`lumotlar bayon qilingan. Dissertatsiyaning“Turizm biznesida samaradorlikning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida turizm biznesida samaradorlikning iqtisodiy mohiyati, samaradorlik ko`rsatkichlarining turlari, samaradorlikni ifodalovchi ko`rsatkichlar 16 tizimi, turizm biznesida samaradorlikni oshirish yo`llari kabi masalalar ochib berilgan. Dissertatsiyaning “Milliy hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rni” deb nomlangan ikkinchi bobida hunarmandchilikning turizm sanoatida tutgan o`rni, Hindiston va Iordaniyada milliy hunarmandchilikning o`ziga xos xususiyatlari haqida to`xtalib o`tilgan. Dissertatsiyaning “Turizm biznesi tizimida milliy hunarmandchilikning samaradorligini oshirish yo`nalishlari” deb nomlangan uchinchi bobida Buxoro viloyatida milliy hunarmandchilikning turizmda tutgan o`rni haqida xususan milliy hunarmandchilik turlari haqida, milliy hunarmandchilik bilan shug`ullanayotgan hunarmandlar haqida, milliy hunarmandchilikning samaradorligini oshirish bo`yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va shuningdek milliy hunarmandchilik samaradorligini oshirish yo`llari to`g`risida takliflar berilgan. Dissertatsiyaning xulosa qismida tadqiqot jarayonida olingan asosiy xulosa va takliflar berilgan. Ilovalar qismi jadval, rasm va ilmiy maqolalardan tashkil topgan. Dissertatsiyaning xulosa qismida tadqiqot jarayonida olingan asosiy xulosa va takliflar berilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling