Ergasheva diloromning
Download 335.38 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbek nutqining oziga xos xususiyatlari
1. Til va nutq
F.de Sossyur nutqiy faoliyat (Languege) ning individuallik va sotsiallik belgilarini o„zida mujassam etgan butunlik ekanligi va uning til (Langue) – nutq (parole) munosabati birligidan tashkil topishini ta‟kidlaydi. Nutqiy faoliyat doirasida ikki asosiy tushunchani-til (langua) va nutq (porole) ni ajratdi. Shu asosda lingvistikani ham ikki turga -
til lingvistikasiga e‟tiborini qaratdi. Garchi til-nutq dixotomiyasi F.de Sossyurgacha V.Gumboldt, yosh grammatikachilar maktabi va Boduen tomonidan bayon qilingan bo„lsa ham, lekin F.de Sossyur uni lingvistik sistemasining markaziga aylantirdi. Sossyurning fikricha, nutqiy faoliyatning ikki tomoni mavjud: individual va sotsial. Ularni bir-birisiz tasavvur qilish mumkin emas. “Til nima? degan savolga javob berar ekan, u “til”
“til” “nutqiy faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligi, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud bo„lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini ta‟kidlaydi. F.de Sossyur tilning belgilar sistemasi ekanligini e‟tirof etish bilan birga, uning tuzilishi haqida ham qimmatli fikr bayon qiladi. U tilni munosabatlar yig„indisi sifatida ijtimoiy hodisalar qatorida o„rganar ekan, uning boshqa ijtimoiy hodisalardan farqi belgilik xarakteri ekanligini, “til g„oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasi” ekanligini bayon qiladi. Bugungi kunda bunday farqlanish, darhaqiqat, har qanday lingvistik tadqiqot uchun tayanch nuqtaga aylanib qoldi. Hozirgi davrda bu farqlanishni e‟tirof etmagan biron-bir tilshunos topilmasa kerak.
Shunday bo„lishiga qaramasdan, til-nutq dixotomiyasi olg„a surilgandan buyon bu farqlanishga yondashuv, uning talqini tilshunoslar o„rtasida bir xil bo„lgan emas. O.Yespersenning fikricha, til va nutq o„rtasidagi farqlanish individ va jamiyat o„rtasidagi lingvistik odat farqlanishining gavdalanishidir. Xususan, u “til” va “nutq” o„rtasidagi farqlanishda men individual «ong»ga qarama-qarshi qo„yilgan “xalq ongi” “jamoa ongi” yoki “to„da ongi” nazariyasining variantidan boshqa hech narsani ko„rmayman, deb yozadi. Ana shu fikrlar asosida muallif shunday xulosa qiladi: har bir individ o„zining nutqi uchun tashqaridan beriladigan me‟yorga ega bo„ladi. Amalda u boshqalarning individual nutqlarini kuzatish yo„li bilan qo„lga kiritiladi. Shu asosda aytishimiz mumkinki, til (la langue) go„yo nutqning (la parale) ko„pligidir. Bu xuddi “ko„p otlar” “bir necha” otlardan tashkil topganiga o„xshaydi. Ya‟ni ot 1 - ot 2 - ot
3
munosabatida ot 2 ot
1 dan, ot 3 esa ot
2 dan ma‟lum belgilari bilan farq qiladi. Xuddi shunga o„xshash barcha individual tillar jamlanib milliy tilni hosil qiladi. Ana shu asosda O.Yespersen Sossyurning til va nutq farqlanishi haqidagi nazariyasini o„zicha izohlaydi. Uning ta‟kidlashicha, individning oniy lingvistik funksiya bajarishi nutqdir yoki nutq individning lingvistik odatlari yig„indisidir. A.Gardinerning fikricha, har qanday lug„at va har qanday
makon bilan bog„liq. U betakrorlik xususiyatiga ega. Bir sintaktik model asosida yuzaga chiqqan har bir jumla konkret bir makon va zamonda muayyan shaxs tomonidan yuzaga chiqariladi. U betakrorlik xususiyatiga ega bo„ladi. Ko„pchilik an‟anaviy tilshunoslik tarafdorlari o„rtasida til va nutqni farqlashning lingvistika uchun nima ahamiyati bor? degan savol tug„ilishi mumkin. Alan Gardiner bu savolga birinchi darajali ahamiyatga ega deb javob beradi. Uning fikricha, har qanday real gapda ikki qatordagi hodisa mavjud bo„ladi. Ulardan birinchi qatordagisi so„zlovchi shaxsga qadar uning til xotirasida mavjud bo„lgan leksik birliklar va grammatik sxemalardir. Bular “til” fakti hisoblanadi. Ayni paytda,
har bir real gap ma‟lum so„zlovchi sub‟ektning ijod mahsuli va u ma‟lum maqsadda muayyan bir makonda va zamonda bayon qilinadi. Gapda o„z ifodasini topgan ana shu belgilar “nutq” fakti sanaladi. Shunday qilib, “til” va “nutq” zidlanishi o„zida mohiyat-hodisa dialektikasini namoyon etadi va til sistemasining barcha sathlarini qamrab oladi. F.M.Berezin F.Sossyurning til-nutq dixotomiyasida ikki asosiy nuqtaga tayanganini bayon qiladi: a) sotsiallik va individuallik belgisi; b) farqlovchilik va farqlanmaslik belgisi. L.Yelmslev esa sotsiallik va individuallik belgisini soqit qiladi. U faqat tilning o„zidagi munosabatlarni o„rganishga asosiy e‟tiborni qaratganligi uchun ikkinchi zidlanish, ya‟ni farqlovchi va farqlanmaydigan belgilar zidlanishi asosiy tayanch nuqta hisoblanadi, deydi. Xullas, til-nutq dixotomiyasida tilni “narsa - o„zida” sifatida uning ichki strukturasini o„rganishda L.Yelmslevning xizmati katta bo„ldi. Til va nutq hodisalari umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, invariant-variantlilik tushunchalari bilan uzviy bog„lanadi. Umumiylik va xususiylik dialektikasi to„g„risida gapirganda, Gegelning bir iborasini eslash o„rinlidir. Biz gilos, olma, o„rikni yeymiz, hech qachon mevani yeya olmaymiz. Yoki V.M.Solnsev ta‟kidlaganidek, yilqi ichidagi qaysi otni boshqa otga nisbatan invariant deb hisoblash mumkin. Tabiiyki, hech qaysisini, faqat ularning bittasini «namuna» deb e‟tirof etish mumkin.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling