Ergasheva DilshodaHalimovna


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.03.2020
Hajmi1.08 Mb.
  1   2   3   4   5   6

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Navoiy shahar 



12-davlat  ixtisoslashtirilgan   umumta`lim   maktabi 

ona  tili va adabiyot   fani   o`qituvchisi 



Ergasheva  DilshodaHalimovna

ning 


ona tili faniga ixtisoslashtirilgan 9-sinf  o`quvchilari uchun o`quv 

yili davomida  olinadigan nazorat ishlari materiallari

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


                                                            

So`zboshi            

Ushbu  metodik  qo`llanma  ona  tili    faniga  ixtisoslashtirilgan  umumta`lim      maktabining  9- 

sinf  o`quvchilariga mo`ljallangan.Qo`llanmada o`quv  yili  davomida DTS talablari asosida 

ona  tili  va  adabiyot  fanlaridan  9-sinf    o`quvchilari  uchun  nazorat    ishlari    materiallar  :  

diktant  matnlar,bayon  matnlari,insho  mavzulari  hamda  ularni  yozish  bo`yicha  metodik 

tavsiyalar berilgan. 

     9-sinflarda  ona  tili  va  adabiyot  fani  bo`yicha  uzviylashtirilgan  o`quv  dastur  asosida 

tuzilgan taqvim mavzu reja asosida o`quvchilarning har bir dars oxirida o`zlashtirishi zarur 

bo`lgan  BKMlari  o`tkaziladigan    nazorat  ishi    turlari,  test  topshiriqlari  namunaviy  bo`lib, 

o`qituvchi  unga  ijodiy  yondashgan  holda  tegishli  o`zgartirishlar  kiritishi  yoki  muqobil 

variantlarini ishlab chiqishi mumkin. 

       Metodik tavsiyada keltirilgan namunaviy  nazorat  materiallaridan foydalanish mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Inson o’z umri davomida

qanday yutuq va

natijalarga erishmasin, 

qayerda, qanday

lavozimda ishlamasin,  

maktab dargohida



olgan

ta’lim-tarbiyasi uning

yetuk shaxs va malakali

mutaxassis bo’lib

shakllanishida ulkan

ahamiyatga ega.

Inson qalbiga yo’l  avvalo ta’lim tarbiyadan 

boshlanadi

.

• Inson o’z umri davomida qanday



yutuq va natijalarga

erishmasin,qayerda, qanday

lavozimda ishlamasin, maktab

dargohida olgan ta’lim –tarbiyasi

uning yetuk shaxs va malakali

mutaxassis bo’lib shakllanishida

ulkan ahamiyatga ega.

• Agarki dunyo imoratlari ichida

eng  ulug’i maktab bo’lsa , eng 

sharaflisi o’qituvchilik va

murabbiylikdir.

Islom Karimov

 



              9-sinf  ona tili fanidan DTS  talablari 

BILIMLAR: 

Qo`shma gap turlari.Bog`langan qo`shma gapning tuzilishi va uni bog`lovchi 

vositalar: ohang va teng bog`lovchilar.  

  Ergashgan qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasidagi ma`noviymunosabat.  

Har xil birikkan gaplardan tuzilgan qo`shma gaplar . Maqola,  ma`ruza, referat, 

ish qog`ozi. Bog`lanishli nutq, matn, mavzu,asosiy fikr, mazmun, muhokama- 

matnlar, batafsil bayon, epigraf. Sodda reja, murakkab reja .Nutq madaniyati , 

nutqiy muomala, inversiya: 



KO`NIKMALAR: 

O`rganilgan atamalarni eslay olish .Grammatik atamalarga 

asoslanib kerakli qoidani darslikdan topa  bilish . Umumxalq so`zlari bilan 

qo`llanish doirasi cheklangan so`zlarni, so`zlashuv leksikasi bilan  kitobiy 

leksikani,adabiy til me`yori bilan shevaga xos xususiyatlarini ajrata olish , 

lugatlarning turlarini farqlay bilish, so`zning  lug`aviy va grammatik ma`nolarini,  

so`zning turlanishi  bilan tuslanishini, tub so`zlar bilan yasama so`zlarni ; sodda, 

qo`shma va juft so`zlarni, so`z turkumlarini, mustaqil so`z bilan yordamchi 

so`zni, so`z birikmasi bilan gapni, gap bo`laklarini, gapning maqsadga ko`ra 

turlarini, sodda gaplarning turlarini   farqlay olishlari, nutq uslublari me`yorlariga 

rioya qilish; 

MALAKALAR:

Fikrni yozma shaklda bayon etish: Miqdoriy ko`rsatkich 25-30 

gapdan iborat bo`lgan tugal matn(fikr ehtiyoji bilan bog`liq mavzu 

asosida)yaratish.Sifat ko`rsatkichlar—matndagi gaplarni mazmunan o`zaro 

bog`lash, fikr izchilligini ta`minlash,o`rganilgan ifoda vositalarini o`rinli qo`llash 

va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish ish 

qog`ozlari(ariza,ma’lumotnoma, ishonch xati,ixcham hisobot, axborot, taqriz   

kabilar)ni  yozish. Muhokama matn yaratish.  

   Fonetik, lug`aviy,morfologik, sintaktik, uslubiy tahlil qilish. 

Bayon, insho yozish, yozma ish uchun material to`plash, to`plangan materialni 

tizimga solish, sodda va murakkab  reja tuzish,yozma ishga epigraf va ma`lum 

asarlardan sitatalar tanlash, qiziqarli epizod qo`shish, xatboshilarni to`g`ri 

belgilash, dialoglarni to`g`ri ajratish, dialogning muallif so`zi qismida 

qahramonning ruhiyatini ochuvchi, uni tavsiflovchi so`zlarni berish,gaplarni va 

matn parchalarini o`zaro bog`lovchi leksik- grammatik vositalarni to`g`ri 

qo`llash.Matnni  tahlil  qilish. 

 

 



  

 

9-sinf o`quvchilari uchun   ona tili fanidan  ijodiy  bayon va diktant  yozishda 



belgilangan vaqt va so`zlar miqdori 

Nazorat turi 



Belgilangan vaqt 

So`zlar miqdori 

Diktant 


1 soat 

170-200  ta  so`z 

Ijodiy bayon 



2 soat 

350-400 ta so`z 

 

 

Ona tili faniga ixtisoslashtirilgan 9-sinf o`quvchilari uchun o`quv yili davomida ona tili 



fanidan olinadigan nazorat ishlar jadvali 

t/r  I chorak 

II chorak 

III chorak 

IV chorak 

 

1-NI: 



Ijodiy bayon 

4-NI: 


Insho 

7-NI: 


Nazorat diktanti 

10-NI: 


Ijodiy bayon 

 



2-NI: 

Insho 


5-NI: 

Ijodiy bayon 

8-NI: 

Ijodiy bayon 



11-NI: 

Insho 


 

3-NI: 



Test  sinovi 

6-NI: 


Test  sinovi 

9-NI: 


Test  sinovi 

12-NI: 


Test  sinovi 

 

                                     1-nazorat   ishi .Ijodiy bayon  



                                        Chekishning  zararli   oqibati 

  Tamakida nikotin degan zaharli modda bo`lib, ayniqsa, yosh  o`smirlar  uchun   juda zararli  

hisoblanadi. Tajribadan ma`lumki, ikki tomchi nikotin  itni shu ondayoq o`ldiradi. Akademik 

M.A.Belenkovning ta`kidlashicha, bir necha tomchi nikotin katta yoshdagi sog`lom odamni 

ham o`ldiradi. 

    Tamakida nikotindan tashqari yana boshqa qator zaharli moddalar ham bor. Ular is 

kislotasi, sinil kislotasi, serovodorod, ammiak, limonli va efir moylaridir . Bular qonga, og`iz 

shilliq pardalariga, tomoq, o`pka, qon tomirlariga salbiy ta`sir  qilib, turli –tuman 

kasalliklarni keltirib chiqaradi… 

    Nikotin zahari dastlab  bosh miya,  markaziy  nerv sistemasi, yurak, o`pka, buyrak, 

oshqozon-ichak, hazm organlariga ta`sir qilib, keyinchalik sil,zotiljam(o`pka kasali), 

bronxit,astma kasali(nafas siqish) yurak kasalliklari, oyoq og`rig`i,gastrit,oshqozon  yarasi, 

rak va boshqa turli –tuman kasalliklarni vujudga keltiradi . Shunga ko`ra bu kasalliklarga  

kashandalar ko`proq uchraydi.  

     Mashhur yozuvchi Gyote 50 yil tamaki chekib shu xulosaga keldi:”Tamaki aqlni 

kamaytiradi, tamaki   faqat   ishyoqmas,dangasalar  uchun   kerak “. 

        Mashhur  shaxmatchi Alyoxin shunday deydi:”Nikotinning miyaga ta`siri orqasida aql 

pasayadi, kishining  mehnat  qobiliyati  yo`qoladi .Dunyo miqyosida bo`lgan shaxmat 

o`yinlarida  birinchi  bo`lib g`olib  chiqishimning asosiy sababi chekishning tashlaganimning  

oqibatidir”. 



   Besh marta jahon chempioni I.Y.Anikov shunday deydi:”Mening sog`lom bo`lishimning 

bosh  sababi tamaki chekmaganligimda  deb  bilaman. Hamma  sportchilarning chekishdan 

bosh tortishlarini tavsiya  qilaman . O`n ming  metr masofaga chopishda  birinchilikni olgan 

V.Kuti chekishdan ongli ravishda bosh tortgan. Aks holda  sportda muvaffaqiyat 

qozonmagan   bo`lar  edi”. 

                                                                TOPSHIRIQLAR: 

        1.Matn rejasini tuzing. 

        2.Chekishning  zararli  oqibatlariga  oid bilganlaringizdan  foydalanib, bayon  

yozing. 

                                REJA: 

    1.Chekish –inson hayotining  kushandasi. 

   2.Chekishdan voz kechish  inson sog`ligining garovi. 

   3.Mashhurlar  hayotiy  tajribalaridan xulosa. 

 

                                             

2-nazorat ishi     insho     

                            INSHO  MAVZUSI  “VATAN    TUYG`USI” 



MAQSAD:O`quvchilarning  yozma nutqi, mustaqil va ijodiy  fikrlash  ko`nikma-malakalari, 

imlo va uslubiy savodxonliklarini  aniqlash.  



                                                METODIK TAVSIYA : 

O`quvchilar insho mavzusiga mos  epigraf  tanlay olishlari va  reja tuza olishlari ;insho 

mavzusini reja asosida to`liq va izchil yoritishi;jumlalarni ifodalash  usulida  so`z 

boyligining rang–barangligi, so`zlarni to`g`ri tanlashi va o`z  o`rnida  qo`llashi, uslubiy 

izchillikka  rioya qilishlari;insho mazmuniga badiiy vositalarni singdirilganligiga;inshoni 

mustaqil fikrlab, dalillar asosida,ravon va savodli, teran mushohada qilib, inshoni xulosalay  

olishga jiddiy e’tibor qaratishlari tavsiya qilinadi .  

                                            VATAN    TUYG`USI 

Reja: 

1.Vatanda yashamoq-ulkan saodat. 

                                             2.Mustaqil yurtim jamoli . 

       3.O`zbekiston-- nomi   dunyoda  doston. 

                                            4.Vatanim   bilan  faxrlanaman. 

Ona xalqim, ona yurtim, jon-tansan, 

Istiqlol nuridan yorug` maskansan. 

Olam ichra o`xshash yo`q chamansan, 

O`zbekiston, mulki a’lo Vatansan! 

(B.Bobomurod) 

 


                   Vatan-bu kindik  qonimiz to`kilgan muqaddas  zamin. Uning har burchagi bizga 

aziz,  mo`tabar.  Vatanda  erkin,  hur  yashash    baxti  berilgan  ekan,  undan  oqilona  foydalanib  

shu  aziz  Vatanga  munosib  farzand  bo`lmog`imiz  lozim.  O`zbekiston--ona  yurtim. 

Vatanimning go`zal tabiati, mehmondo`st,  mehnatsevar xalqi,  buyuk ajdodlari, qadimiy va 

navqiron  baland  binolari  butun  jahon  hamjamiyatida  tanilgan  desak,  also  mubolag`a  

bo`lmaydi. 

     Vatanimiz  25  yildan  buyon  mustaqil    davlat  sifatida  har  sohada  yutuqlarga  erishib 

kelmoqda.  Yurtboshimizning  oqilona,  to`g`ri  siyosati  tufayli  Vatanimiz  kundan    kunga 

gullab  yashnab  bormoqda.  Yoshlarga  berilayotgan  imkoniyatlar,  zamonaviy  turar  joylar,  

ta`lim  muassasalari,sport    majmualari  –barchasi  xalqimizning  kelajagi  hamda  farovon 

turmushi uchundir.  

            O`zbekiston  nomi  bugungi  kunda  chet  ellarda  ham  ma`lum-u  mashhur  bo`lib 

bormoqda.Sport  sohasida  iste’dodli    yosh    sportchilar  erishyotgan  yutuqlar,iqtidorli 

yoshlarning yaratgan ixtirolari    yurtimiz nomini  dunyo qadar tanilishiga sabab bo`lmoqda. 

O`zbekiston  bilan    hamkorlik  qilayotgan  mamlakatlar  soni  talaygina  .  Ularda  ham  o`zbek 

xalqining mahsulotlari kirib bormoqda.  

      Biz  hamishaVatanimiz  bilan  faxrlanamiz.  Bunday  bebaho  yurtga  hamisha  sodiq 

bo`lishimiz    lozim.  Uning  har  bir  giyohi  ko`zimizga  to`tiyo.Yurtimiz  ravnaqiga  hissa 

qo`shish uchun   yaxshi  kasb-hunarlarni  egallab  yetuk  mutaxassis bo`lib yetishimiz  lozim. 

Yurtimiz go`zalligi shoirlar   madhida  doimo  doston bo`lib kelgan. Vatanimiz  go`zalligiga 

also ko`z tegmasin……...     

 

                              3-nazorat ishi          



TEST  SINOVI

 

                        9-SINF              TEST              1-CHORAK        1-VARIANT 



1. Umumlashtiruvchi so‘z qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanishi mumkin?  

A .Ko‘makchi.    B. Yuklama     C. Olmosh.      D. Bog‘lovchi. 

2.Ajratilgan bo‘lak yozuvda qanday ajratiladi? 

A. Izohlanayotgan bo‘laklarning ma’nosini izohlaydi. 

B.Izohlanayotgan birikmali bo‘lak holida keladi. 

C. Izohlanayotgan bo‘lakdan oldin keladi. 

D. Izohlanayotgan bo‘lakdan keyin kelib, vergul, tire va qavs qo‘yiladi. 

3.Ajratilgan izohlovchilar ko‘proq qaysi boiakka ta`luqli bo‘ladi? 

A. Kesim.          B. Ega          C. Aniqlovchi.          D. Hol. 

4.Ajratilgan izohlovchi ishtirok yetgan gapni aniqlang. 

A. Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam! 

B.Bir vaqtlar siz ham, Temur Akbarovich, xato qilishdan qo‘rqmasdik, deb dadil gapirar 

edingiz. 

C. Orqada tikka turgan yoshgina yigit, Mamadali, o‘zini odamlarning orasiga oldi. 

D. Dadam shu atrofdan-qishloqning o‘rtasidan do‘kon qidirdi. 


5.Kiritmalarga xos bo‘lmagan fikr qaysi javobda berilgan? 

A. Matnning umumiy mazmuniga aloqador bo‘ladi. 

B. Gapdagi biror bo‘lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi. 

C. So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga munosabatini ifodalaydi.  

D. Gaplarda ajratib ko‘rsatilmaydi. 

6.Kiritma gaplar qaysi sohada ko‘p qollaniladi? 

A. Og‘zaki nutq          B. Yozma nutq      C. Dramatik nutq       D. She’riy nutq 

7.Qaysi gapda ajratilgan bo‘laklar mavjud? 

A. Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l. 

B. Muloyimlik — rizq sari yetaklovchi kalit. 

C. Nabiram- Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti. 

D. Belbog‘lariga mehr-muhabbat baytlarini yozganlar. 

8.Kirish so‘zlar ishtirok etgan gaplarni aniqlang. 

A. Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk. 

B. Xullas, qars ikki qo‘ldan chiqadi. 

C. Muammoni hal qilish kerak. 

D. Hamma ham do‘stlari ko‘p bo‘lishini istaydi. 

9.Sodda gap qaysi qatorda berilgan? 

A. Men istardimki, do‘stim hamisha yonimda bo‘lsa. 

B. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt. 

C. Tiling bilan dilingni bir tut. 

D. Shuni bilki, odamlar do‘stlik tufayli baxtiyordir. 

10.Mavhum ot ishtirok etgan javob qaysi javobda berilgan? 

A.Bir kishining bir necha o‘g‘illari bor edi. 

B. Farzandlarimizga til, kasb o‘rgatishning payida bo‘laylik. 

C. Do‘stlik qanchalar xilma-xil imkoniyatlarni o‘zida jamlagan. 

D. Men do‘stim kelganini eshitdim. 

11.Bitishuv munosabatli so‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan? 

A. Kasb-hunar egallamoq.         B. Bilimsiz kishi.  

C. Kishining ko‘ngli.                 D. Ibodatdan afzal. 

12.Hokim so‘z tobe so‘zga moslashuv munosabati bilan bog‘langan so‘z birikmasini toping. 

A. O‘zaro nizo qilmoq.    B. O‘g‘illariga bermoq.  

C. Sizning ahvolingiz.      D. Cho‘plarni sindirmoq. 

13.Odamlar aybini ko‘rma, o‘z aybingni ko‘r. Aniqlovchi vazifasidagi so‘zni aniqlang. 

A. Aybini.     B. Odamlar, o‘z.    C. Ko‘rma     D. O‘z aybingni. 

14.Har bir odam do‘stlaridan shuni, burchlarini ado etishni talab qiladi. -Gapdagi ajratilgan 

bo‘lakni toping. 

A. Ega          B. To‘ldiruvchi       C. Aniqlovchi    D. Hol 

15.So‘z birikmasini aniqlang. 

A. Tez-tez.               B. Sindira olmadilar.  

C. Hech kim.           D. Ittifoqda bo‘lmoq. 


16.Ega ishtirok etgan gap qaysi javobda berilgan? 

A. Bir kuni yozuvchilar do‘konida Abdulla Qahhorni uchratdim. 

B. - Zarifaxon, asal bermoqdalar, lekin menga kerak emas 

C. - Menga tegishli asalni siz oling. 

D. Oybekni astoydil hurmat qilar edi. 

17.Berilgan gaplar orasidan qaysi biri bosh gap hisoblanadi? 

A. Agar fikr tiniq bo‘lsa  B. Chunki men oilamizning kenjatoyiman. C. Shu sababli mo‘l 

hosil oldik. D. Kimki taqdirga tan bersa

18.Qaysi ergashgan gapda bosh gap ergash gapdan avval kelgan? 

A.Giyohvandlik —insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash 

olib bormoqda. 

B.Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. 

C. Kim harakat qilsa, u baraka topadi. 

D. Bir narsa aniqki, ahvol yomon. 

19.Berilgan gaplar orasidan sodda gapni aniqlang. 

A.Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q. 

B.Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo‘lmaydi. 

C. Saxiylikni odat qilgan kishining qo‘lidan davlat hech qachon ketmaydi. D. Kim ko‘p 

bilsa, u kamgap bo‘ladi. 

20.Ko‘rsatish olmoshli ergashgan qo‘shma gap bosh gapga qaysi vosita yordamida 

bog‘lanadi? 

A. -deb so‘zi. B. shuning uchun ko‘makchili qurilm C. -ki bog‘lovchisi. D. agar, chunki 

bog‘lovchisi 

21.Hol ergash gapli qo‘shma gap berilgan qatorni aniqlang. 

A.O‘simlikni qancha parvarish qilsang, shuncha mo‘l hosil olasan. 

B.Kim izlansa, u, albatta, maqsadiga erishadi. 

C. Qizig‘i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim edi. 

D. Shunga ishonch hosil qildimki, ko‘p uxlagan oz yashaydi. 

22.Bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘ladigan voqea — 

hodisalarni ifodalansa, qanday tinish belgi qo‘yiladi? 

A. Ikki nuqta    B. Vergul    C. Tire    D. Nuqtali veigul. 

23.Qaysi qo‘yilgan tinish belgilari noto‘g‘ri? 

A.Yurgan daryo-o‘tirgan bo‘yra  B. Istiqlol davri bolalari g‘ayratli, shijoatli,ko‘zida chaqini, 

ko‘ksida yolqini bor. 

C. Oyim endi o‘rnidan turayotgan edi:eshik shahd bilan ochildi. 

D. Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz 

24.Sodda gaplarning orasiga bog‘lovchi vositalaridan qaysi birini qo‘ysa, qo‘shma gapga 

aylanadi 

A. Va     B. Chunki    C. Bo‘lsa       D. –Yu,va . 

25..Biriktiruv bog‘lovchisi qo‘shma gapning qanday munosabatlarida bo‘lgan qismlarini 

bog‘lab keladi? 


A. Zidlik    B. Ketma-ketlik   C. Qiyoslash    D.  payt ,sabab-natija 

 

1  2  3  4  5  6  7  8  9  1



1



1

1



1



1

1



1



1

1



2



2

2



2



2

2



S  D  S  S  S  B  S  B  S  S  B  S  B  B  D  S  S  D  S  B  A  B  S  D  D 

 

                          9-sinf  ona tili     1-chorak     2-variant 

1.Berilgan bog‘langan qo‘shma gaplardan qaysi birida qiyoslash va zidlash munosabati 

mavjud? 

A.Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat kamol toptiradi. 

B) Polvonlar epchillikda bir-biridan o‘tadi, kurashda goh unisi, goh bunisi yutadi. 

C) Anor so‘zlar va Zaynab qalbi tol barg‘iday dir-dir qaltirardi. 

D) Dono aybni o‘zidan axtaradi, axmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. 

2.Berilgan gaplar orasidan qaysi biri bosh gap hisoblanadi? 

A) Agar fikr tiniq bo‘lsa  B) Chunki men oilamizning kenjatoyiman. C) Shu sababli mo‘l 

hosil oldik. D) Kimki taqdirga tan bersa, 

3.Qaysi ergashgan gapda bosh gap ergash gapdan avval kelgan? 

A)Giyohvandlik —insoniyat kushandasi, shu tufayli unga qarshi dunyo ahli ommaviy kurash 

olib bormoqda. 

B)Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. 

C) Kim harakat qilsa, u baraka topadi. 

D) Bir narsa aniqki, ahvol yomon. 

4.  Hozirgi kunda yer yuzida necha xil til mayjud? 

A) 2600 dan ortiq.       B) 5000 dan ortiq.  

C) 2700dan ortiq.        D) 2000 dan ortiq. 

5.O‘zbek tili qaysi tillar oilasiga mansub? 

A Hind-evropa       B) Turkiy      C) Xom-som.     D) Oltoy. 

6.Bitishuv munosabatli so‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan? 

A) Kasb-hunar egallamoq.         B) Bilimsiz kishi.  

C) Kishining ko‘ngli.                 D) Ibodatdan afzal. 

7.Hokim so‘z tobe so‘zga moslashuv munosabati bilan bog‘langan so‘z birikmasini toping. 

A) O‘zaro nizo qilmoq.    B) O‘g‘illariga bermoq.  

C) Sizning ahvolingiz.      D) Cho‘plarni sindirmoq. 

8.Odamlar aybini ko‘rma, o‘z aybingni ko‘r. Aniqlovchi vazifasidagi so‘zni aniqlang. 

A) Aybini.     B) Odamlar, o‘z.    C) Ko‘rma     D) O‘z aybingni. 

9.Har bir odam do‘stlaridan shuni, burchlarini ado etishni talab qiladi. -Gapdagi ajratilgan 

bo‘lakni toping. 

A) Ega          B) To‘ldiruvchi       C) Aniqlovchi    D) Hol 

10.So‘z birikmasini aniqlang. 

A) Tez-tez.               B) Sindira olmadilar.  



C) Hech kim.           D) Ittifoqda bo‘lmoq. 

11.Qaysi gapda sifatlovchi-aniqlovchi ishtirok etgan? 

A) Yuzida bilinar-bilinmas chechak o‘rni qolgan ayol sekin o‘rnidan tuidi.  

 B ) Ko‘rganni yeshitgan yengibdi. 

C) Birni birov beradi, ko‘pni mehnatD) Jismoniy tarbiya darsi maktab hovlisida o‘tkazildi. 

12.So‘zlarning teng boglanishi nimani hosil qiladi? 

A Tobe bog‘lanish.          B) So‘z qo‘shilmasi.        C) So‘z birikmasi.           D) To’liq  

bog‘lanish. 

13.Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari qaysi uslubda yoziladi? 

A) Badiiy  uslub       B) llmiy uslub         C) Rasmiy  uslub      D) Publitsistik uslub 

14.Faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar qatorini aniqlang. 

A) Kuz, biz, ertalab                          B) O‘tir, o‘ntacha, buyuk.        C) Borma, sakkizinchi, 

hech kim.     D) Havo, uyqu, chiroy. 

15.Olmoshning boshqa turkumlardan ajralib turadigan xususiyati qaysi javobda berilgan? 

A Gap bo‘lagi bo‘lib keladi.B) Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘ladi.C) Yasalish xususiyatiga 

ega emas.D) Ma’no jihatdan turlarga bo‘linadi. 

16.Modal so‘zlar qatorini aniqlang. 

A) Ehtimol, eh, g‘ir-g’ir           B) Ofarin, shekilli, evoh       C) Yalt-yult, afsuski, ham      D) 

Albatta, shubhasiz, demak 

17.Qaysi olmoshga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilsa tovush 

ortadi? 

A) Men.         B) Sen         C) Biz          D) U   

18.Har so‘zi o‘rniga hech so‘zi qo‘yilsa, olmoshning qaysi turi hosil bo‘ladi? 

A) Gumon.    B) O‘zlik.       C) So‘roq.       D) Bo‘lishsizlik. 

19.O‘timli fe’lni aniqlang. 

A) Esdi.        B) Supurdi.      C) Sovimadi.     D)Shoshilmadi 

20.Ajratilgan hol berilgan gapni toping. 

A) Onam hovlidan- ishkom tagidan- yo‘qolgan uzukni izladi. 

B) Maktubni faqat menga keltirib bering. 

C) Bizning, olimlarning , o‘zimizga loyiq nufuzimiz bo‘lishi kerak. 

D) Xonaga shoshilib, Dilbar opa, tarbiyachimiz kirib keldi. 

21.Tufayli ko‘makchisi qanday hol  tarkibida bo‘ladi? 

A) Sabab holi.            B) Ravish holi.        C) Maqsad holi           D) Miqdor —daraja holi. 

22.Rejasiz ish - qolipsiz g‘isht. -Mazkur gap qanday gap bo‘laklaridan tuzilgan? 

A) Ega, to‘ldiruvchi, kesim     B) Ega, kesim.         C) Ega, aniqlovchi, kesim      D) 

Aniqlovchi, ega, aniqlovchi. 

23.Halol odamni badnom qilib bo‘lmaydi. -Bu gap qanday gap hisoblanadi? 

A Atov gap.                               B) So‘z gap.         C) Shaxsi yashiringan gap.       D) Shaxsi 

topilmas gap. 

24.Salom, xayr, xo‘p, uzr so‘zlari bilan ifodalangan gaplar qanday nomlanadi? 

A) To‘liqsiz gap.             B) So‘z gap.               C) Atov gap.                  D) To‘liq gap. 


25.Berilgan gaplar orasidan sodda gapni aniqlang. 

A)Shuni bilingki, dunyoda tinchlikdan ulug‘roq ne’mat yo‘q. 

B)Kimki qanoat qilsa, uning yaxshi-yomon bilan ishi bo‘lmaydi. 

C) Saxiylikni odat qilgan kishining qo‘lidan davlat hech qachon ketmaydi. D) Kim ko‘p 

bilsa, u kamgap bo‘ladi. 

1  2  3  4  5  6  7  8  9  1

1



1

1



1



1

1



1



1

1



2



2

2



2



2

2



A  S  D  B  B  B  S  B  B  D  A  B  S  D  S  D  D  D  B  A  A  A  D  B  S 

 

                                   4-NAZORAT  ISHI  



                                             INSHO 

                  

KONSTITUTSIYA   -BAXTIMIZ   QOMUSI 

                                          REJA: 

1.Bosh  qomusimiz  ahamiyati. 

2.Konstitutsiya-jamiyat    tayanchi. 

3.Adolatparvarlik-vijdon amri. 

4.Qomusimiz-inson   huquqlari  aks  etgan  xalq  tafakkuri  mahsuli .

 

Konstitutsiya davlatning qiyofasi va nufuzini belgilab  



beradi. Ana shu qonunlar majmuyi orqali jahon                                                                      

davlatni  davlat   millatni  esa millat sifatida tan oladi… 

(Islom Karimov)  

 

 



 

MAQSAD:O`quvchilarning  yozma nutqi ,  mustaqil va ijodiy  fikrlash   ko`nikma-

malakalar, imlo va uslubiy savodxonliklarini   aniqlash.  



                          METODIK   TAVSIYA : 

O`quvchilar insho mavzusiga mos  epigraf  tanlay olishlari va  reja tuza olishlari ;insho 

mavzusini reja asosida to`liq va izchil yoritishi ;jumlalarni ifodalash  usulida  so`z 

boyligining rang –barangligi, so`zlarni to`g`ri tanlashi va o`z  o`rnida  qo`llashi  , uslubiy 

izchillikka  rioya qilishlari;insho mazmuniga badiiy vositalar ni singdirilganligiga;inshoni 

mustaqil fikrlab , dalillar asosida ,ravon va savodli , teran mushohada qilib, inshoni 

xulosalay  olishga jiddiy   e`tibor  qaratishlari tavsiya qilinadi .  

BKM   elementlari : 


O`quvchilar Konstitutsiyaning  inson hayotidagi  muhim ahamiyatini, undagi modda, 

boblarning   mazmun –mohiyatini hamda konstitutsiyaning farovon hayotimiz yuksalishidagi 

muhim o`rni  insonlarning mehnat qilish , dam olish, ta’lim-tarbiya olish , ota-onalar, 

farzandlar burch-majburiyatlari, sog`liqni saqlash haqidagi  huquqlarimiz haqida ham ijodiy 

yondashib insho yozishlari mumkin.Inshoda Konstitutsiya  farovon hayotimiz poydevori  

ekanligini  to`la-to`kis  namoyon  etishlari   tavsiya   qilinadi. 

 

 

                                              5-NAZORAT  ISHI 



                                               IJODIY    BAYON 

                                          MEHMON      IZZATI 

 

                   Agar sizni  hurmat qilib to`y, ziyofat, ma’rakaga   chaqirsalar qabul qiling. Biror 



zarur ishga band bo`lib  borishingiz mumkin bo`lmasa, uzr so`rab, hurmat qilib aytgani 

uchun  tashakkuringizni   bildiring . 

   Taklif qilinmagan biror kishini o`zingiz bilan to`y, ziyofatga birga olib bormang.. To`y, 

ziyofatga bormasdan ilgari  ozgina ovqatlanib oling, u yerda ochko`zlik qilib, taomni hadeb  

tushira berish  ayb sanaladi. Mezbon qanday  ovqat qo`ysa,yeng, e’tiroz bildirmang. 

Dasturxonga  qo`yilgan  noz-u  ne’matlarning    bir qismini mezbonning ruxsatisiz  olib  

ketmang, uyatli ish qilgan bo`lasiz.  

          Mehmonlarning qolgan ovqatlarini   zo`rlab yoki tabarruk   deb  bir-birlariga   

yedirishlari yaramaydi,  bunday ishdan saqlanish kerak. Ziyofat tamom bo`lgandan keyin 

ko`p ezmalik qilib  so`zlashib o`tirmang, mezmonga tashakkur  aytish  va   ketmoqqa  ijozat  

so`rash  lozim.  

 

  (“Oz-oz o`rganib   dono  bo`lur”kitobidan) 



                                       TOPSHIRIQLAR: 

1.Bayon matni  asosida reja tuzing. 

2.Matn mazmunini kengaytirib , hayotiy misollar, kuzatishlaringiz asosida  bayon yozing. 

                                                REJA: 

1.Mehmonga  borish  qoidalari. 

2. Dasturxon odobi



3.O`zbek  xalqining   mehmondo`stligi. 

 

                       6--NAZORAT  ISHI     

TEST  SINOVI

 

9-SINF   ONA TILI    2-CHORAK           1-VARIANT 



1.Qanday holda ega ergashgan gap bosh gapdan keyin keladi? 

A) Gap qismlari nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda    B) Gap kesimi shart mayli 

shaklidagi fe’llar bilan ifodalanganda  


C) Bosh gapning egasi vazifasida ko‘rsatish olmoshi qo‘llanganda  D) Gap qismlari —ki 

yordamida bog‘langanda  

2.Kim yalqov bo‘lsa, uning qo‘lidagi obod yer ham xarob bo‘ladi. - Mazkur gap ergashgan 

qo‘shma gapning qaysi turiga mansub?     A) To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap.  B) Hol  

ergash gapli qo‘shma gap. 

C) Ega ergash gapli qo‘shma gap.      D) Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. 

3.Qalbingiz nimani buyurgan bo‘lsa, siz menga shuni buyuring. - Bosh gap tarkibidagi 

ko‘rsatish olmoshining qanday gap bo‘lagi vazifasida kelgan?  A)  Aniqlovchi.      B) Ega            

C) To‘ldiruvchi.        D) Hol. 

4.To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga qanday vositalar yordamida bog‘lanadi? 

A) Bog‘lovchi, debso‘zi.              B) Nisbiy so‘zlar,-ki yuklamasi.  C) Ko‘makchili 

qurilmalar          D) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar. 

5.Nima ro‘zg‘orga kerak bo‘lsa, dadam o‘shani bozordan keltlraverar edi. -Mazkur gap 

tarkibidagi  ko‘rsatish olmoshi qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?A) Ega          B) 

Aniqlovchi.           C) Hol.             D) To‘ldiruvchi. 

6.Qaysi qatorda qo‘shma gap berilgan? 

A) Kishilar mehnatni qadrlaydilar, ulug‘laydilar.  B) Dasturxon yozib, nonlarni ushatdi. 

C) Tabobot olami bo‘lmasa, hayotning o‘zi bo‘lmaydi.   

D) Hamma stollarning usti turli-tuman qog‘ozlar, loyihalar, qo‘llanmalar bilan to‘lib ketgan. 


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling