Ergasheva ozodaning


Download 1.8 Mb.
bet1/8
Sana01.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1317660
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ergasheva ozoda uzb kurs ishi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM FAN VA INOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
GEOGRAFIYA TA`LIM YO`NALISHI
4-BOSQICH G419-GURUH TALABASI
ERGASHEVA OZODANING
O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN
Termiz shahrining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi”
MAVZUSIDA YOZGAN
KURS ISHI

TerDU__2022-2023
Topshirdi: ______________

Qabul qildi: ______________

TERMIZ SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHI
REJA:
KIRISH
1.Termiz shahrining tabiiy geografik o‘rni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish omili sifatida.
2.Termiz shahri turizimining Surxondaryo viloyatidagi o`rni.
3.Termiz shahrida ijtimoiy sohalarning rivojlanishi.
4. Termiz erkin iqtisodiy zonasini tashkil etilishi va “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasini yaratilishi
5. Termiz shahrining iqtisodiy va demografik salohiyati.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Termiz shahri Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatidagi shahar. Viloyat markazi Amudaryoning oʻng sohilida, Oʻzbekistonning janubqismida, Afgʻoniston chegarasiga yaqin, oʻrtacha 310 m balandlikda joylashgan. Xalqaro daryo porti. Temir yoʻl stansiyasi. Toshkentdan 708 km. Iqlimi kontinental, issiq va quruq, yozi jazirama issiq (Oʻzbekistondagi eng issiq shahar — eng yuqori temperatura 50-60 °, hozirgi kunda), qishi iliq va qisqa. Yillik oʻrtacha temperatura 16-18°. 
Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,8-3,6, iyulniki 28-32°. Baʼzida, qishda sovuq – 18 va undan ham past boʻlishi mumkin. Yillik yogʻin 133 mm. Termiz shahri logistika uchun strategik nuqta sanaladi. Arxeologik topilmalar, arab va yunon manbalarida keltirilgan maʼlumotlar Termizning Sharqdagi qad. shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik oʻrni, strategik ahamiyatga molik joyda boʻlganligi, sharqni gʻarb, jan.ni shimol bilan bogʻlovchi savdo chorrahasida barpo etilishi, uning tez surʼatlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Buyuk ipak yoʻlinint muhim bir tarmogʻi ham Termiz orqali oʻtgan. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻxna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. T.Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan.
Mil. av. 4-3-asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qadimiy qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi „Taramastxa“ (baqtriycha „narigi sohildagi manzil“) soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (mas., Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), 10-asrdan Termiz deb atala boshlagan. Termiz mil. av. 3-2-asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi. 1894-yil Termiz xarobalaridan 8 km narida joylashgan Pattakesar qishlogʻida ruslarning mahalliy aholi tomonidan „Tuproqqoʻrgʻon“ deb nomlangan qalʼa istehkomi qurilgan. Hozirgi Termiz shu Tuproqqoʻrgʻon atrofida bunyod etilgan. 1916-yil Buxoro-Qarshi-Termiz temir yoʻl qurilish munosabati bilan Termizning iqtisodiy mavqei oʻsdi. 1917-yilgi davlat toʻntarishidan keyingi Sovet imperiyasi davrida ham Termiz oʻzining harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotmadi. Bu davrda Termizda katta-katta inshootlar qurildi. Maʼmuriy binolar qad koʻtardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat va sanʼat ravnaq topdi.
Oʻzbekistonni qoʻshni Afgʻoniston, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlar bilan bogʻlovchi yoʻl Termiz orqali oʻtishi shaharning siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin egallaydi.Termizda dastlabki arxeologik qazishma ishlari B. P. Denike (1926-27), M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936-38) tomonidan olib borilgan. Eski Termizda arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh. Pidayev, T.Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi.
1933-yilda Termizda birgina paxta tozalash zavodi va yana bir necha ustaxonalar boʻlgan. Keyinchalik va ayniqsa, mustaqillik yillarida, sanoat, qurilish, yengil, oziqovqat va boshqa korxonalar ishga tushdi. Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yaxshilandi. Shaharda yangi temir yoʻl vokzali qurildi. Amfiteatr, arxeologiya muzeyi, sanʼat kolleji, akademik litsey, tadbirkorlar markazi, markaziy stadion, „Delfin“ suzish havzasi, kurash saroyi, tennis korti, „Alpomish“ majmuasi, markaziy bozor, „Termizning 2500-yilligi“ nomli xiyobon bor; shoshilinch tibbiy markaz qurilib ishga tushirildi.

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling